O'zbekistonda sug'urta sohasining samarali faoliyat ko'rsatishini yo'lga qo'yish uchun qator yangi vazifa va muammolarni hal etish zaruratini keltirib chiqaradi
-jadval Majburiy sug’urtada umumiy sug’urta mukofotlari va sug’urta to’lovlari.6
Download 225.61 Kb.
|
course work
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani rivojlantirish muammolari va istiqbollari
2-jadval
Majburiy sug’urtada umumiy sug’urta mukofotlari va sug’urta to’lovlari.6
Yuqorida ko'rib turganimizdek, 2021-yil majburiy sug'urta turlarida umumiy sug'urta mukofotlari summasi qariyb 4mln so'mga yetgan, 2022-yilda esa bu ko'rsatkich 67% ga o'zgarib deyarli 6,5 mln so'mga yetganini ko'rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan majburiy sug'urta turlari orasida eng katta o'zgarishni tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi turida ko'rishimiz mumkin, chunki barcha majburiy sug'urta turining sug'urta mukofotlari summasi ko'payayotgan paytda bu turda esa 36% ga kamaygan. Qurilish-montaj qaltisliklari turida esa sug'urta mukofotlari summasi ijobiy natija berib 41 875 mln.so'mdan deyarli 59mln.so'mga oshgan. Shuningdek, jadvalda majburiy sug'urta turlarida sug'urta to'lovlarining 2021-2022- yillardagi o'zgarishlariga ham guvoh bo'lishimiz mumkin. 2021-yilga ko'ra majburiy sug'urtada sug'urta to'lovlari 1,2 mln so'mdan ziyod bo'lgani ko'rsatilgan, bu ko'rsatkich 2022-yilga kelib 110,3% ga o'zgarib, deyarli 2,6 mln.so'mga oshgan. Ammo barcha majburiy sug'urta turlarida ham o'sish kuzatilmagan, bunga misol qilib xavfli ishlab chiqarish obyektlarini va tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalarini aytishimiz mumkin. 3.O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani rivojlantirish muammolari va istiqbollari Respublikamizda sug‘urta munosabatlarida uchrayotgan asosiy muammolarga sug‘urta summasini to‘lashni rad etish, sug‘urta xizmatlarida zamonaviy yondashuvning yo‘qligi, davlat aralashuvining ko‘pligi, majburiyatlarning tomonlar kelishuvsiz belgilanishi, sug‘urtalovchini tovon to‘lash majburiyatidan ozod qilinishi qonunda belgilab qo‘yilganligi, nizolarni hal qilishning alternativ usullarining taklif qilinmasligi, shartnoma erkinligi ta’minlanmaganligi va undagi munosabatlarda cheklovlarning ko‘pligi kabilar kiradi. Aynan ushbu muammolar, tomonlar orasida turli kelishmovchiliklarga, munosabatlardagi keskinlikka va pirovardida sug‘urta tashkilotining ishonchsizligiga olib kelmoqda. Ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar tahlilini ko‘rib chiqamiz. Fuqarolik kodeksidagi tegishli normalarni takomillashtirish zarur Xususan: 1) Ma’lumki, respublikamizda elektron hujjat aylanishi fuqarolik munosabatlari sohasida ham rivojlanmoqda, ammo sug‘urta sohasida informatsion-kommunikatsion tizimdan foydalanish uchun qonunchilik bazasi yaratilmagan, natijada bunday qulay imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Misol uchun, Fuqarolik kodeksining “Sug‘urta shartnomasining shakli” 961-moddasida sug‘urta qildiruvchi faqat yozma yoki og‘zaki arizasi bera olishi ko‘rsatilgan xolos. Shuningdek, sug‘urtalovchi imzolagan sug‘urta polisi (shaxodatnomasi, sertifikati, kvitantsiyasi)ni faqat kelib topshirish imkoniyati berilgan. Vaholanki, ushbu jarayonlar elektron pochtaga yuborish orqali ham tuzilishi mumkin. Bunday holat 930-moddada ya’ni sug‘urta qoidalarini sug‘urtalanuvchiga yetkazishga oid normada ham ko‘rish mumkin. Sug‘urta qoidalarini sug‘urtalanuvchilarga yetkazish uchun turli usullar qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, shunday imkoniyatlardan biri internet orqali amalga oshirishdir. Ammo mazkur moddaning amaldagi tahririda bunday imkoniyat chegaralangan. Shuningdek, kodeksning 951-moddasida sug‘urta hodisasi yuz bergani to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qilish shartnomada ko‘rsatilgan usulda amalga oshirlishi lozimligi belgilangan. Vaxolanki, bu yerda ogohlantirishning mavjud har qanday usulidan foydlanish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etish maqsadga muvofiq. 2) Fuqarolik kodeksining 929-moddasida sug‘urta shartnomasining muhim shartlari keltirilgan bo‘lib, mulkiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Vaxolanki, sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi munosabatlarda shartnomaning amal qilish muddati emas, balki sug‘urta muddati muhim ahamiyatga ega, chunki sug‘urta qildiruvchi sug‘urta muddati davomida sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli, shartnomaning amal qilish muddatini sug‘urta muddatiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3) Fuqarolik kodeksining “Sug‘urta mukofoti va sug‘urta badallari” 942-moddasining uchinchi qismida qonunda nazarda tutilgan hollarda sug‘urta mukofotining miqdori davlat sug‘urta nazorati organlari tomonidan joriy etilgan yoki tartibga solinadigan sug‘urta tariflariga muvofiq belgilanadi deb ko‘rsatilgan. Bu yerda davlat aralashuvi mavjud bo‘lib, davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi narxlash masalalariga aralashmasligi va ushbu munosabatlar tomonlarning kelishuvi bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 4) Fuqarolik kodeksining 946-moddasida sug‘urta qildiruvchini almashtirishda (qayta tashkil etishda) sug‘urtalovchining roziligi talab qilinadi. Vaholanki, mulkka egalik huquqini topshirish paytida mulkning o‘zi o‘zgarmaydi, shartnomaning predmeti o‘zgarmaydi hamda sug‘urtalovchining manfaatlariga umuman ta’sir ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun sug‘urtalovchining roziligi olish talabi mantiqsiz hisoblanadi. 5) Fuqarolik kodeksining “Sug‘urta shartnomasining muddatidan ilgari bekor bo‘lishi” 948-moddasining to‘rtinchi qismida “Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaytarib berilmaydi” deb belgilangan. Vaholanki, tomonlarning xarajatlarini adolatli qoplanishini ta’minlash nuqtai nazaridan sug‘urtalovchi sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda sug‘urta mukofotining bir qismini olishga haqli bo‘lishini belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 6) Fuqarolik kodeksining “Sug‘urta hodisasidan ko‘riladigan zararni kamaytirish” 952-moddasining beshinchi qismida “Sug‘urta qiluvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar ko‘rmagani oqibatida ko‘rilgan zararni qoplashdan sug‘urtalovchi ozod qilinishi” ko‘rsatilgan ya’ni amaldagi tahrirga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini taqdim qilishi mumkin va buni sug‘urta qildiruvchi choralar ko‘rishi shart bo‘lgan, ammo chora ko‘rmaganligi bilan asoslashi mumkin. Bunday majburiyat qonun bilan emas, balki, tomonlarning kelishuvi bilan belgilanishi lozim . 7) Amaldagi Fuqarolik kodeksida sug‘urta tovonini to‘lashda kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradigan qoidalar mavjud. Misol uchun “Sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz berishining oqibatlari” 953-moddasining birinchi qismida agar sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilinishi keltirilgan. Bu yerda qasd qilish tushunchasi amaliyotda sug‘urta tovonini to‘lashda turli tortishuv va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, mazkur qismda qasd qilish tushunchasini “sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasd qilish” ko‘rinishida tahrir qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, mazkur moddaning ikkinchi qismi bilan sug‘urtalovchini tovon to‘lash majburiyatidan ozod qilish to‘g‘risidagi normaning amal qilishi juda ko‘p hollarda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lashni asossiz rad etish holatlarini keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi. Vaholanki, ushbu masalalar shartnoma tomonlarining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lishi kerak, tomonlar o‘zaro kelishgan holda teng huquqlilik asosida amalga oshirishi maqsadga muvofiq. 8) Xuddi shunday sug‘urtalovchining sug‘urta summasini hamda sug‘urta tovonini to‘lashdan asossiz ravishda rad etish imkoniyatini “Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish hollari keltirilgan” 955-modda normalarida ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, mazkur moddaning uchinchi qismida sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan faqat sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan e’tiroz bildirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Vaholanki, hozirda nizolarni hal qilishning alternativ usullari (mediatsiya va boshqalar) mavjud. Bu imkonyatlardan foydlanish qonun bilan cheklangan. 9) Bundan tashqari, qayta sug‘urta qilishda tez-tez sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasida sug‘urta tovonini to‘lash yuzasidan kelishmovchiliklar paydo bo‘lib turadi. Bunday noxush hollarni bartaraf etish hamda milliy sug‘urtalovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik kodeksining 959-moddasiga qayta sug‘urtalovchi asosiy sug‘urta shartnomasi qoidalariga muvofiq qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lashni rad qilishga haqli emas normasini kiritish maqsadga muvofiq. 10) Xalqaro kooperativ va o‘zaro sug‘urta federatsiyasi (IKMIF) tomonidan e’lon qilingan “Global Mutual Market Share 10” hisobotining10 yillik maxsus nashriga ko‘ra, o‘zaro va kooperativ sug‘urta bozori global moliyaviy inqirozdan keyingi 10 yil ichida (2007-2017 yy) global sug‘urta sanoatining eng tez rivojlanayotgan qismidir. Misol uchun, moliyaviy inqiroz boshlangandan keyingi 10 yil ichida o‘zaro sug‘urta mukofotlari umumiy sug‘urtaning o‘sishiga (17%) nisbatan 30% ga o‘sgan. Amaldagi Fuqarolik kodeksining 960-moddasidagi ikki tomonlama sug‘urta iborasi o‘zaro sug‘urta tushunchasining to‘liq mazmunini aks ettirmaydi. Ushbu modda ikki tomonlama sug‘urta jamiyatlarining imkoniyatlarini cheklaydi va ularning faoliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shmaydi. Chunki o‘zaro sug‘urta nafaqat ikki tomon o‘rtasida balki odatda bir nechta shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladi. Shu sababli, ikki tomonlama sug‘urta tushunchani “o‘zaro sug‘urta” deb nomlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbekistonda bor yo‘g‘i 3 ta ikki tomonlama sug‘urta jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 11) Fuqarolik kodeksining 961-moddasida majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Vaholanki, majburiy davlat sug‘urtasi har qanday mulkchilik va tashkiliy huquqiy shakldagi sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi imkon berish zarur. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, respublikada sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning normativ-huquqiy bazasini xalqaro talablarga javob beradigan darajada shakllantirish davlatimiz uchun ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi va berilgan takliflarni amalga oshirish jarayonida davlat va tegishli organlarning faol ishtiroki talab qilinadi.7 Download 225.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling