O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1094570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi

Ekologiyaning maqsadi hozirgi va kelajak avlodlar uchun barcha 
organizmlar yashash muhiti xavfsizligini ta’minlash. Ekologik xavfsiz yashash 
muhiti – organizmlar, jumladan insonlarning muayyan ekotizimlarda normal 
holatda ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy 
muhit holati demakdir. Ushbu maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: 

ekologiyaning umume’tirof etilgan nazariy asoslari ishlab chiqish; 

uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini belgilash; 

Er planetasi tabiiy resurslari va boyliklarini hisobga olish, baholash va 
monitoringini olib borish; 

davlatlarning ekologik boshqaruv talablarini keng joriy qilish;

lokal (mahalliy), milliy, regional (mintaqaviy), global (kurraviy) miqyosda 
ekologik xavfsizlik monitoringni olib borish; 

davlat, davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan ekologik nazoratni 
tashkil etish va ularni ishlash mexanizmini yaratish; 

atrof-muhit muhofazasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo‘lga 
qo‘yish, nodavlat tashkilotlari va jamoat uyushmalari nazoratini o‘rnatish va ularni 
tavsiya kuchidagi ma’lumotlaridan ekologik boshqaruvda keng foydalanish 
mexanizmini ishlab chiqish; 

istiqbolga yo‘naltirilgan ekologik reja va dasturlarni mamlakat, mintaqa va 
global miqyosda ishlab chiqish, qabul qilish va amalga tadbiq etish; 

mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda ekologik-huquqiy me’yorlarni ishlab 
chiqish, qabul qilish va ishlash mexanizmini yaratish 

ekologik huquqbuzarliklar va ularning javobgarligini belgilovchi regional va 
global miqyosdagi ixtisoslashgan tergov, prokuratura va sud organlarini tizimini 
yaratish; 

mahalliy, milliy, regional va global miqyosda faoliyat yurituvchi «ekologik 
tez yordam» tashkilotlari, jamg‘armalari, guruhlarini tuzish yoki ular faoliyatini 
faollashtirish; 



ekologik tanglikdagi quruqlik hududlari (Orolbo‘yi, CHernobil, Markaziy 
Afrika...) va suv akvatoriyalarini (Orol dengizi, Balxash va CHad ko‘llari...) 
insonlarning birgalikdagi harakatlari orqali hal qilish; 

ekologik terrorizmni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish; 

jamiyatni tabiatga nisbatan ekologik yoinki ekologik-iqtisodiy munosabat 
shakllarini o‘rnatish va hokazo.
Hamma jumboq shundaki, biz Sizlar bilan ushbu risolada ekologiyani boshqa 
fanlar o‘rtasida tutgan o‘rnini aniqlashtirib olishimiz kerak bo‘ladi. CHunki, biz 
taniqli Amerika ekolog olimi E.Makfedenni fikriga qo‘shilgan holda, ekologiyani 
boshqa fanlar va ayniqsa biologiyadan ajratib olishimiz, jumboqni «kalavasi»ni 
topish bilan tengdir.
Hammamizga ma’lumki, biologik fanlar–zoologiya, botanika, sitologiya
bioximiya, genetika, morfologiya, embriologiya, fiziologiya kabilar asosan tirik 
organizmlarga tegishli bo‘lgan holat, jarayon va 
2-rasm. Hozirgi zamon ekologik fanlar tizimi

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling