O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari
Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya
Download 41.65 Kb.
|
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi-fayllar.org
Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy
morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya – tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir. E.Gekkel buyuk ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik organizmlarning evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik(ichki) va morfometrik(tashqi) ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi. E.Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iboralari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini u ifoda etmoqchi edi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi. YUqorida keltirilgan tushunchada E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Evropa uchun «iqtisodning tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. CHunki qadimgi qita vakillari ekologik talofat va inqiroz nima ekanlligini allaqachonlar tushinib etganlar. Nima uchun ekologiya fani aynan Evropada, XIX asrning ikkinchi yaramida va biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. CHunki XIX asr o‘rtalarida Markaziy Evropada “ilmiy-texnikaviy inqilob” kishilarni tabiatga nisbatan bosimini Germaniyaning Sileziya va Rur sanoati rivojlangan havzalarida, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolyusion 1 tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida, organizmlar yashash muhitini, u esa organizmlar turi, populyasiyasi va jamoasiga keskin ta’sir etdi. O‘sha davrdagi Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti “Reyn daryosining suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan. Bunday holat aynan Evropada ilk bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib (1972 yil “Atrof-muhit muhofazasi”ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan so‘ng), ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda 80 ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ular deyarli barcha fan tarmoqlariga kirib borgandir (2-rasm). E.Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga taqiqotchilar tomonidan ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qolindi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda biz ekologiyani – muayyan tabiat tizimida (ekotizimda) organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyishimiz mumkin. 1 Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение (дарвинизм).-М.: Высшая школа, 1997. Download 41.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling