O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari
Download 41.65 Kb.
|
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Hozirgi zamon ekologik fanlar tizimi
Ekologiyaning maqsadi hozirgi va kelajak avlodlar uchun barcha
organizmlar yashash muhiti xavfsizligini ta’minlash. Ekologik xavfsiz yashash muhiti – organizmlar, jumladan insonlarning muayyan ekotizimlarda normal holatda ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holati demakdir. Ushbu maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: ekologiyaning umume’tirof etilgan nazariy asoslari ishlab chiqish; uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini belgilash; Er planetasi tabiiy resurslari va boyliklarini hisobga olish, baholash va monitoringini olib borish; davlatlarning ekologik boshqaruv talablarini keng joriy qilish; lokal (mahalliy), milliy, regional (mintaqaviy), global (kurraviy) miqyosda ekologik xavfsizlik monitoringni olib borish; davlat, davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan ekologik nazoratni tashkil etish va ularni ishlash mexanizmini yaratish; atrof-muhit muhofazasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nodavlat tashkilotlari va jamoat uyushmalari nazoratini o‘rnatish va ularni tavsiya kuchidagi ma’lumotlaridan ekologik boshqaruvda keng foydalanish mexanizmini ishlab chiqish; istiqbolga yo‘naltirilgan ekologik reja va dasturlarni mamlakat, mintaqa va global miqyosda ishlab chiqish, qabul qilish va amalga tadbiq etish; mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda ekologik-huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ishlash mexanizmini yaratish ekologik huquqbuzarliklar va ularning javobgarligini belgilovchi regional va global miqyosdagi ixtisoslashgan tergov, prokuratura va sud organlarini tizimini yaratish; mahalliy, milliy, regional va global miqyosda faoliyat yurituvchi «ekologik tez yordam» tashkilotlari, jamg‘armalari, guruhlarini tuzish yoki ular faoliyatini faollashtirish;
Afrika...) va suv akvatoriyalarini (Orol dengizi, Balxash va CHad ko‘llari...) insonlarning birgalikdagi harakatlari orqali hal qilish; ekologik terrorizmni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish; jamiyatni tabiatga nisbatan ekologik yoinki ekologik-iqtisodiy munosabat shakllarini o‘rnatish va hokazo. Hamma jumboq shundaki, biz Sizlar bilan ushbu risolada ekologiyani boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rnini aniqlashtirib olishimiz kerak bo‘ladi. CHunki, biz taniqli Amerika ekolog olimi E.Makfedenni fikriga qo‘shilgan holda, ekologiyani boshqa fanlar va ayniqsa biologiyadan ajratib olishimiz, jumboqni «kalavasi»ni topish bilan tengdir. Hammamizga ma’lumki, biologik fanlar–zoologiya, botanika, sitologiya, bioximiya, genetika, morfologiya, embriologiya, fiziologiya kabilar asosan tirik organizmlarga tegishli bo‘lgan holat, jarayon va 2-rasm. Hozirgi zamon ekologik fanlar tizimi Download 41.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling