O'zbekistonda ta'lim To‘ldiruvchi: Latipov Zafarbek
Download 1.56 Mb.
|
Латипов Зафарбек
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALIM TIZIMI
Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya jarayonini yangi talablar asosida tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat aholining umumiy savodxonligini oshirish bilan chegaralangan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi. Mamlakatimizdagi 9,5 ming yoki deyarli barcha maktablar ta’mirlandi, kapital ta’mirlandi, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi. O‘quv jarayonining sifati va metodikasini to‘liq yangilash borasida katta ishlar amalga oshirildi.
TA'LIM TIZIMI
O‘zbekistonda ham ta’lim sohasidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab davlat nazoratida”. 42-moddada “har kimga ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlari huquqi kafolatlanadi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”.
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bir qator hujjatlar qabul qilindi. Konstitutsiya (1992-yil 8-dekabr), “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun (1997-yil), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-yil) shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarda umumta’lim maktabi ishining mazmunini o‘zgartirish, umuminsoniy qadriyatlar va milliy-madaniy an’analar tarixiy tajribasi asosida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni barpo etuvchi milliy maktab yaratish kabi vazifalar belgilangan . O'zbek xalqi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling