O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili Kirish I. Bob


Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish


Download 27.75 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi27.75 Kb.
#1170169
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili

1.1 Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish,
Davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi o‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni istaydi. Kasallikni aniqlash, uning oldini olish va davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash inson hayotini saqlab qolish, shuningdek, ilgari davolab bo‘lmaydigan kasalliklarni davolash imkonini berdi.
Lekin tibbiyot o‘z oldiga qo‘ygan hamma maqsadlariga erishdi, deb bo‘lmaydi. Hali ham kishilar orasida uzoq umr ko‘rmay, og‘ir xastaliklar va uning yomon oqibatlaridan bevaqt nobud bo‘lish, barvaqt qarish hollari uchrab turibdi. Ma’lumki, kishining sog‘lig‘i ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liq, chunki kasallikka ko‘pincha kishi hayot tarzining noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, o‘z salomatligini himoya qila bilmaslik, salomatlikka zararli omillarga bilar-bilmay ruju etish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi omillar sabab bo‘ladi.
Tibbiyotning qanday ahvolda bo‘lishi va rivojlanish darajasi, mazmuni va usullari, avvalo, ijtimoiy tuzum va moddiy sharoitlar bilan belgilanadi. Tibbiyot fanlari umumiy biologiya, genetika, anatomiya, fiziologiya kabi tabiiy fanlar va shuningdek, fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Tibbiyot o‘zining ko‘p asrlik tarixida juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu asosan, kasallikni aniqlash, oldini olish, davolash, uning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, har bir shaxs yoki butun jamoa sog‘lig‘ini saqlash va mustah- kamlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni takomillash- tirishga oid talaygina bilim va tajribalardan iboratdir.
Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi uzoq tarixiy davrlarni va turli qarashlarni o‘z ichiga olib, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan xalq ommasining tajriba va kuzatishlariga bog‘liq bo‘ladi. Tabobat kurtaklari odam paydo bo‘lgan davrdan boshlab vujudga kelgan. «Tibbiy faoliyat — dastlabki odam bilan tengdosh», deb yozgan edi I.P. Pavlov.
I davr. Ibtidoiy odam yashagan davr tibbiyoti. Ibtidoiy odam yashagan joylar va qabrlarni qazish, tarixiy davrni o‘ziga xosligi tufayli hozir ham taraqqiyotning eng oddiy bosqichida bo‘lgan ayrim etnik guruhlarni o‘rganish uzoq o‘tmishdagi kasallik va uni davolash haqidagi bilimlar manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan minglarcha yillik kuzatish va tajribalar evaziga tabiblik yuzaga kelgan. Og‘riqni qoldirish, qon oqishini to‘xtatish, qayd qildirish kabi tasodifiy qilingan muolaja va vositalarning nafi bo‘lgan. Qo‘llanilgan vositadan og‘riq qolgan, qon oqishi to‘xtagan yoki qayd qildirilgan bemor biroz yengil tortgan, bora-bora odamlar bu ishni bajargan tabibdan yordam so‘rashga odatlanishgan.
Kasallikni davolash va undan saqlanishga oid topilgan empirik muolajalar ibtidoiy odamning odatiy tusiga kira borgan, natijada sekin-asta xalq tabobati shakllangan. Ana shu davo va oldini oluvchi tadbirlar ichida dorivor o‘simliklar va tabiiy omillar (suv, havo, quyosh)dan foydalanish, uncha katta bo‘lmagan jarrohlik (badanga kirgan yot jismlarni olib tashlash, qon chiqarish) usullari va boshqalarni qo‘llash rusum bo‘lgan.
II davr. Quldorlik jamiyatidagi tibbiyot. Quldorlik jamiyatida, asosan, uqalash, suv muolajalari, badantarbiya va boshqalarga ko‘proq e’tibor berilgan. Jarrohlik usullari, masalan, kesarcha operatsiya (qorin devori va bachadonni yorib homilani olish) hamda boshqa uncha og‘ir bo‘lmagan operatsiyalar qilingan. Bu davr shifokorlik san’atining shakllanishida tibbiyotning otasi sanalmish Gippokratning (milloddan avvalgi 460-377-yil) hissasi nihoyatda katta, u ko‘pgina kasalliklarning tashqi belgilarini, xastalikning kelib chiqishida turmush tarzi, atrof-muhit va iqlimning ta’sirini tavsif etdi. Temperament va gavda tuzilishi tiplari haqidagi ta’limoti bilan bemorni davolash va unga tashxis qo‘yishda individual yondashishga asos soldi.
Albatta, o‘sha davrda davo ishlari hali ilmiy asosda bo‘lmagan, davo ayrim organlar va ularning fiziologik funksiyasini aniq bilishga asoslanmay, organizmdagi to‘rt xil xilt (shilliq, qon, sariq va qora safro)ning o‘zgarishiga qarab belgilangan. Odam tanasining tuzilishi va funksiyasini o‘rganishga oid dastlabki o‘rganishlar miloddan avvalgi III asrdayoq paydo bo‘lgan. Aleksandriyalik hakim Gerofil va Erasistrat murdani yorib ko‘rishib, hayvonlarda turli tajribalar o‘tkazishgan.
Tibbiyotning taraqqiyotida Rim hakimi Galenning xizmatlari nihoyatda katta. U anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, terapiya, akusherlik, gigiyena, dorishunoslikka oid ma’lumotlar to‘plagan va tibbiyotni ilmiy tizimga solishga harakat qilgan.
IIIdavr. O‘rta asr taraqqiyotida tibbiyot. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada tibbiyot ilmiy tomondan deyarli taraqqiy etmadi. Bu davrda jamiyatda nasroniylik cherkovining mavqeyi ortdi. Toat-ibodat dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq davolash vositasi deb qaralar, jasadni yorib o‘rganish esa gunohi azim hisoblanar edi. Lekin shunga qaramay, bu davrda ham tibbiyotga oid amaliy tajribalar to‘plana bordi.
O‘rta asrlarda tabobat ilmi Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda rivojlana boshladi. Yunon, sanskrit va boshqa qadimiy sharq tillarida yozilgan tibbiy asarlarni ko‘pchiligi, jumladan, Aristotel, Dios- korid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari shu davrda suryoniy va arab tiliga tarjima qilindi. Abu Hanifa ad-Dinavoriy, Abu Mansur Somoniy, Muhammad ibn Yusuf Iloqiy, Muhammad ibn Bahrom Kolonisiy, Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy kabi mashhur tabib va hakimlar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davosiga hamda dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
Sharqning mashhur tabibi, ensiklopedist olimi Abu Bakr ar- Roziy (865—925)ning tabobat sohasidagi asarlari, umuman, jahon tibbiyotining rivojlanish va boyishida g‘oyatda ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tabobat qobusnomasi hisoblangan 25 jildli «Al-Hoviy» nomi bilan tanilgan katta to‘plam («Al-Jomi’ al-Kabir va qad urifa bi-l Hoviy») kitobi hozirgacha G‘arb va Sharq tibbiyotida mashhurdir. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)ning «Tibbiyotda dorishunoslik» («Kitob al-saydana fi-t-tib») asari esa o‘sha davr tabobatining eng katta yutug‘idir. Bu asar O‘rta Osiyo dorishunoslik ilmiga asos bo‘ldi.
O‘rta asrning buyuk tabibi, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali) (980—1037) G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sinoning tabo- batda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog‘ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o‘zigacha o‘tgan turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to‘plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o‘z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning «Tib qonunlari» va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqeyi hamda qozongan shuhrati yorqin dalildir.
Ibn Sinoning ilmiy ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha asrlarga ilgarilatib, ayrim sohalarda, hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqin- lashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan, Gippokrat, Galen Diaskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino o‘tkir diagnost sifatida nom qozondi. Uning ba’zi tashxis usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Perkussiyani, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda qo‘llangan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so‘ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o‘rganib, ulardan tashxisda foydalangan.
Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand moddasi bo‘lishini 1775-yilda ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o‘latni farq- lagan, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajralgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov, zaxm, qizamiq, suvche- chak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini to‘g‘ri tasvirlab bergan.

Bemorlarni davolashda olim uch narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon olish, banka qo‘yish, zuluk solish, huqna va h.k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi.




Download 27.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling