O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili Kirish I. Bob
Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish
Download 27.75 Kb.
|
O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili
2.1 Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish.
Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish, ayniqsa, muhim. TFAga qarashli Butunittifoq kardiologiya markazi bu sohadagi yagona ilmiy markaz hisoblanadi. Kardioxirurgiyaning rivoj topishi A.N. Bakulev, A.P. Kupriyanov, B.V. Petrovskiy, A.A. Vishnevskiy, E.N. Meshalkin va boshqalarning nomlari bilan bog‘liq. N.N. Petrov va P.A. Gersen onkologiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shishgan. VI davr. Mustaqil O‘zbekistonda «Ichki kasalliklar» fanining rivojlanishi va taraqqiyoti. Odamlarda uchraydigan kasalliklar, ularni davolash va oldini olishni o‘rganadigan klinik fanlar asosiy davolash uslubiga ko‘ra, terapiya va jarrohlikka bo‘linadi. Tibbiyotning bu qismlari ham o‘z navbatida, ayrim a’zo, sistemalar kasalliklarini o‘rganish, davolashi, ba’zi kasalliklarning ko‘p uchrashi, o‘ziga xosligi hamda qo‘llaniladigan asosiy tekshirish va davolash uslubiga ko‘ra, yana bir necha sohalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, terapiya, kardiologiya, revmatologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, gema- tologiya, endokrinologiya, geriatriya, ftiziatriya, nevropatologiya, psixiatriya, kurortologiya, fizioterapiya, davo fizkulturasi, tibbiyot radiologiyasi va rentgenologiya qismlariga bo‘linib rivojlandi. O‘zbekistonda ichki kasalliklarni o‘rganishda tibbiyotga oid tadqi- qotlar ko‘lami kengaydi. Ateroskleroz, gipertoniya, miokard infarkti, stenokardiya, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi, yurak porogi kabi yurak-tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (gastrit, kolit, enterit, enterokolit va boshq.), gepatit, chillashir, pellagra va boshqa kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishi, davosi va oldini olish masalalari chuqur o‘rganildi. Punksion biopsiya, laparoskopiya, radiogematografiya, ichki a’zolar kasalliklarini maxsus apparat yordamida aniqlash tufayli ichki kasalliklarning yangi klassifikatsiyasi tuzildi. To‘qimalarda parazitlik qiladigan lyambliyalarni topish va u keltirib chiqaradigan kasallik — lyambliozni kompleks davolash usuli ishlab chiqildi. O‘tkir va surunkali pnevmoniya, bronxial astma kabi kasalliklar alohida e’tibor bilan o‘rganilmoqda. Anemiya, leykoz kabi kasalliklarni o‘rganish va ularni davolashda talaygina yutuqlarga erishildi. Olimlardan M.I. Slonim, I.A. Kassirskiy, N.V.Danilov, A.N. Kryukov, M.F. Mirochnik va boshqalar bergan tadqiqotlarni keyinchalik Z. I. Umidova, A.X. Xo‘jayev, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoi- lov, A.A. Asqarov, A.S. Mnushkin, M.H. Hamidova, R.A. Abdul- layev, R.A. Katsenovich, O.B. Bahodirov, K.B. Bahodirov, G.S. Su- laymonova, K.Y. Yo‘ldoshev, T.M. Qoriyev, R.A. Qoraboyeva, X.I. Yanboyeva, A.M. Ubaydullayev, U.A. Asqarov va boshqalar davom ettirib kelishmoqda. Endokrinologiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar (Y.H. To‘ra- qulov, S.A Ma’sumov, P.I. Fyodorova, R.K. Islombekov, E.G. Qayu- mov, Sh.Sh. Ilyosov) natijasida respublikamizning ayrim tuman- larida tarqalgan qalqonsimon bez kasalliklari (xususan, buqoq) keskin kamaydi. Ichki sekretsiya bezlari, diabetoldi holatidagi kishilarda lipidlar almashinuvi va gemodinamikasi o‘rganildi. Fizio- terapiya va kurortologiyaga oid olib borilgan tadqiqot va izlanishlar natijasida respublikada ko‘pgina mahalliy ma’danli suv va shifo- baxsh iqlimli joylar — «Chimyon», «Chortoq», «Toshkent» mineral suvi, Sitorayi Mohi Xosa ishlab turibdi. Bu sohada Y.K. Mo‘minov, Z.A. Dolimov, R.A. Katsenovichlarning xizmatlari katta. Tibbiyotimizda birinchi o‘rinda zaxira kadrlarni tayyorlash kerak. Oxirgi 10 yil ichida talabalarning ideal shifokorlardek bo‘lishga intilishi kuzatilmay qoldi. Chunki yaxshi shifokorlar xususiy klinikalarga o‘tgach, ular haqidagi ma’lumotlar yo‘qoldi. Talabalik paytlarimda “katta bo‘lsam, falon shifokorga o‘xshab hirurg bo‘laman”, degan idellarimiz bo‘lardi. Shunday ideallarni hozirdan yana qayta tashkil qilish zarur. Xususiy klinikalar bilan ham o‘qitish va malaka almashishni yo‘lga qo‘yish kerak. Xususiy klinikalar bilan davlat kilinikalarini do‘st qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘yinidagi eng katta vazifalardan. Chunki hozir xususiy va davlat klinikalarining orasida jarlik va hasad bor. Zaxira kadrlarni yig‘ib, ularni brend darajaga olib chiqa olsak, katta natijalarga erishamiz. Men Isroilda o‘qidim va malaka oshirdim. U yerda shifokorlarni bizdan ortiq bilimi yo‘q. Lekin ular tibbiyotni brend darajasiga olib chiqdi. Sababi ular bitta kasb egalarini bir-biri bilan do‘st qilish tizimini yaratdi. Bizdachi? Klinikaga kelib, bir shifokordan dorilar retseptini olingda, ikkinchi bir shifokorga boring. U avval yozilgan dorilarni chizib, o‘chirib yuboradi. “Bular bo‘lmaydi”, deb boshqa dorilar yozib beradi. Ikkala shifokor yozib bergan dorilarni solishtirsangiz, tarkibi bir xil, firma nomi turlicha dorilarni yozib bergan bo‘ladi. Ya’ni holat shu darajagacha yetgan. Ko‘chada afisha ko‘tarib “tibbiyotimiz zo‘r”, deb maqtaning, foydasi yo‘q. Undan ko‘ra, siz ikki nafar bemorni yaxshi davolab qo‘ying. Keyin ular “men yaxshi shifokorni taniyman”, deb ortidan o‘nlab, balki yuzlab odamlarni olib keladi. Tibbiyotning reklamas shu. Boshqa yo‘l yo‘q. Natijasiz har qanday reklama, tibbiyotda nolga teng. Davlat shifoxonalari bilan xususiy shifoxonalar o‘rtasida raqobat kuchli. Atrofimizdagi odamlarni kuzatsak, ular ko‘proq xususiy klinikalarga murojaat qilishga intiladi. Bu davlat klinikalariga nisbatan ishonchsizlik organini anglatadimi yoki boshqa sabablari bormi? 1996-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda odamlar xususiy klinikalarni sifati eng past, hamma ishdan quvilgan yoki qo‘lidan ish kelmaydigan shifokorlar yig‘ilgan, faqat pul shilish uchun ochilgan muassasalar deb tushunardi. Undan keyingi davrda xususiy klinikalar borgan sari o‘zini o‘zi moddiy tomondan qoplab, obro‘ yig‘a boshladi. Buning birinchi sababi – tibbiyot shaxsga bog‘liqligida. Xususiy klinikalar davlat klinikalarida ishlayotgan eng mashhur, o‘qimishli, natija beruvchi shifokorlarni o‘ziga yig‘ib oldi. Ularga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Keyin o‘sha shifokorlar ikki baravar effekt bilan ishlay boshladi. Davlat klinikasida har kuni boshiga urib ishlatgan bo‘lsa, xususiy klinikada boshini silab ishlatdi. Bu berkitadigan gap emas. Sharoit va motivatsiya bo‘lgani uchun xususiy klinikalardagi shifokorlar kerak bo‘lsa ishxonada yotib qolib ishladi. Natijada ham shifoxonaning, ham shifokorning obro‘si ko‘tarildi. Bu yerda 2 ta tizimni solishtirsa bo‘ladi. Masalan, davlat klinikalaridan biriga ginekolog direktor bo‘ldi. O‘sha klinikaning ginekologiyasi yaxshi rivojlanib, qolgan yo‘nalishlarning hammasi o‘ladi. Davlat klinikalarda balandparvozlik, haybarakallachilikni yo‘qotish kerak. Majlisda boshliq rejalarni aytsa, biror xodim “bu xato, buni mana bunday qilish kerak”, desinchi, u o‘sha kuni ishdan haydaladi. Bunga haqiqiy sovet tuzumidan qolib ketgan vertikal boshqaruv deyiladi. Keling, shuni gorizontal boshqaruvga o‘tkazaylik. Biror shifkor shifoxonadagi muammoni bemalol vazirga ham ayta oladigan bo‘lishi kerak. Download 27.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling