O’zbekistonda Turizm bozorining o’ziga xos jihatlari


Download 1.72 Mb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1640731
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda Turizm bozorining o’ziga xos jihatlari — копия

Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog‘liq (shakllanadi) bo‘ladi. Turistik aylanma harakat iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib berad

Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: 1.Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‘laydi. 2.Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi. 3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik industriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistik mahsulotni sotib oladi. 4.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.

Turizm bozori turlari

Turistik mahsulot iste’molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‘ra uch xil turdagi turizm bozorlari ajratiladi: Ommaviy bozor

Mashxur bozor

Individual bozor

Aniq bir rayon (hudud, region) bo‘yicha quyidagi bozorlar ajratiladi: Ichki turizm bozori - o‘z ichiga ushbu rayon aholisining shu region bo‘yicha dam olishi imkonini beradi; Kirish turizm bozori - o‘zga rayon aholisining ushbu rayonga kelib sayohat qilishlari; Chiqish turizm bozori - bir rayon aholisining boshqa bir rayonga borib sayohat qilishlari.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling