CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 1
ǀ ISSUE 1
ǀ 2021
52
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING DAVLAT RIVOJIGA QO'SHGAN
HISSASI
Erkin Mamadali o’gli G’ulomxasanov
Ozodbek Xusniddin o'g'li Rahmatillaev
QarDU o’qituvchisi
QarDU talabasi
erkinteacher@gmail.com
rozodbek040816@gmail.com
ANNOTATSIYA
Bu maqola O'zbekistonda turizm sohasini paydo bulishidan to 2021 yilning 1
martgacha bo'lib o'tgan voqealar haqida so'zlab beradi.
Kalit so’zlar: Turizm, turistik xizmatlar,
sayyohlar, turizm idustiriya, korxona,
mehmonhona, ekskursiya.
THE CONTRIBUTION OF TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF THE
COUNTRY IN UZBEKISTAN
ABSTRACT
This article tells about the events that took place
in Uzbekistan from the
emergence of the tourism industry to March 1, 2021.
Keywords: Tourism, tourist services, tourists, tourism industry, enterprise, hotel,
excursion.
KIRISH
Zamonaviy g’arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida
qaraladi, qaysiki turist turistik industriya jamiyat, turistik
siyosat va iqtisodiyot bir
butunlik sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy muammolar turizmning ijtimoiy ekologik
aspektlari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Gap shundaki
bugungi kunda hayotiy
strategiya va hayot uslublari qoida bo’yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida
shakllanadi, ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan yuzaga keladi.
Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining yashash tarzi ahamiyat kasb eta
boshlasa, bu holda ushbu guruhning ahloqiy iste’mol namunalariga mos keluvchi hayot
tarziga o’zini namoyon etish yo’li bilan mansubligini ko’rsatishga tayyor bo’ladi.
Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda.
Boshqa xalq va
davlatlarning
madaniyatini,
san’tini
an’analarini
o’rganishga
intiluvchi
sayohatchilarning katta oqimi yevropaga, Osiyoga va yaqin sharqqa intilmoqda.
Sayohatchilarning sport sog’lomlashtirish, davolash va
boshqa turdagi turizmlarga
siyosiy-madaniy o’rganish motivlarini kengayishi an’anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-
madaniy o’rganish turizm rivojlanishida xukumat va mahalliy ma’muriyatning madaniy