O'zbekistonda turizm sohasining davlat rivojiga qo'shgan hissasi


Download 418.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi418.31 Kb.
#999843
1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda-turizm-sohasining-davlat-rivojiga-qoshgan-hissasi

54 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Ko’rsatilgan xizmatlar hajmi shu yili 1,2 mlrd so’mni, valyuta tushumlari 3,7 mln 
dollarni, foyda 180 mln so’mni tashkil qildi. 1993 yilga nisbatan chet ellik turistlar soni 
birmuncha ko’paydi: respublikaga 1993 yilda 43 ming kishi, 1994 yilda 44,8 ming kishi 
va 1995 yilda 46,3 ming kishi mehmon bo’lib keldi, ammo 1989 yilga nisbatan bu 
ko’rsatkich baribir ancha kamdir.
1996 yilda respublikada qabul qilingan turistlar soni 550 ming kishiga yetdi, 
ulardan 165 ming kishi chet ellik turistlardir. Turizm xizmatlari ko’rsatishning 
valyutadagi (AQSH dollarlarida) hajmi 101,2 mln dollardan 198 mln dollarga ortdi. 
Valyuta tushumlarini milliy valyutada xisoblaganda turizmning barcha xizmat 
ko’rsatish sohalarining yalpi ichki maxsulotidagi ulushi 1996 yilga kelib taxminan 9 
foizni, valyuta tushumlari esa 67,5 foizni tashkil qildi.
Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-
apreldagi 207-sonli “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb 
hisoblash to’g‘risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston 
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to’g‘risida” 2016-yil 2dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi 
faoliyatini tashkil etish to’g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarori)”gi 
qaroriga asosan uz kuchini yo'qotgan.
2016 yilda O’zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. 
Turizm sohasidagi o’zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi.
Xususan, 2016-2019 yillar oralig‘ida O’zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro
sayyohlarning sonida sezilarli o’sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda 
mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo’lsa, 2019 yilda ularning 
soni 3,3 barobarga ko’payib, 6,7 millionga yetdi. 2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 
2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va 
tashkilotlar soni esa 131%ga ko’paydi.
E’tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro’y 
bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni 
yillik o’rtacha 22-25 foiz atrofida ko’paygan bo’lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari 
orasida yillik o’sish 50 foizni tashkil etdi.
Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko’rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd 
etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 
barobarga ko’payib, 14,7 millionga yetdi. Jahon turizm va sayyohlik kengashi 
ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda turizm va sayyohlik sohasining jahon ichki 
mahsulotiga bevosita qo’shgan hissasi 8,9 trillion (jahon


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 1 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021

Download 418.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling