O’zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari


Download 0.85 Mb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1542323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alimardonova Qizlarshoh 9-Mt(1)

Bizning oldimizda yangi ish o‘rinlari, turizmning yangi turlarini yaratish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, monetizatsiyalash bilan bog‘liq katta vazifalar turibdi. Bu esa, shubhasiz, mamlakatimizdagi aholi farovonligi darajasining oshishiga turtki beradi. Ayni paytda biz bor kuchimizni ichki va mahalliy turizmni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Xorijlik sayyohlarni jalb qilish mamlakatimizda sayohat xavfsizligi sharoitlarining yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Muvaffaqiyat Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlarimizga bog‘liq bo‘ladi. Biz guvohi bo‘lgan turizm sohasidagi islohotlarning dinamikasi va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar buni isbotladi. Barchamiz birga O‘zbekistonning tez orada turizm yo‘nalishida dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga bor hissamizni qo‘shamiz.:

  • Bizning oldimizda yangi ish o‘rinlari, turizmning yangi turlarini yaratish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, monetizatsiyalash bilan bog‘liq katta vazifalar turibdi. Bu esa, shubhasiz, mamlakatimizdagi aholi farovonligi darajasining oshishiga turtki beradi. Ayni paytda biz bor kuchimizni ichki va mahalliy turizmni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Xorijlik sayyohlarni jalb qilish mamlakatimizda sayohat xavfsizligi sharoitlarining yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Muvaffaqiyat Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlarimizga bog‘liq bo‘ladi. Biz guvohi bo‘lgan turizm sohasidagi islohotlarning dinamikasi va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar buni isbotladi. Barchamiz birga O‘zbekistonning tez orada turizm yo‘nalishida dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga bor hissamizni qo‘shamiz.:

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko’rsatadi. U mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish,turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling