O’zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari


Download 0.85 Mb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1542323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alimardonova Qizlarshoh 9-Mt(1)

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko’rsatadi. U mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish,turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublika turizmidagi iqtisodiy ahvolni tahlil qilish uchun uning rivojlanishidagi ikki bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:

1 bosqich 1986 yildan 1991 yilgacha bo’lgan davr va 2-bosqich 1992 yildan keyingi davrni uz ichiga oladi. Bunday davrlarga bo’lish respublika turizm taraqqiyotidagi ikki eng muhim davrni ajratib olishga imkon beradi.

1-bosqichda turizm respublika kasaba uyushmasiga buysunar, uning bosh organi STREU - O’zbekiston Respublikasi turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashi edi; bu davr turizm chora-tadbirlarini to’liq xo’jalik xisobi, uz-o’zini qoplash va uz-o’zini moliya bilan ta’minlashga o’tkazish bilan bog’liq bo’ldi. Ikkinchi davr esa O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi, “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tashkil qilinishi va bozor munosabatlariga o’tish bilan 1991 yilda Respublikada turizm sohasida 87 korxona, muassasa va tashkilotlar mavjud bo’lib, 4234 o’rinlik 11 turizm kompleksi, 2928 o’rinlik 12 turizm bazasi va 599 o’rinlik 2 kemping faoliyat ko’rsatar edi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling