O'zbekistonda ushbu yo'nalishda yuzaga kelayotgan tendensiyalar tahliliy bayon eilgan
Download 15.63 Kb.
|
taqriz 2
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Geliofizika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi 70530904-“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Soliyeva Zamira Nurnazar qizining “O'zbekistonda shamol energetik qurilmalaridan foydalanishning ekologik va iqtisodiy jihatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ O'zbekistonda ushbu yo'nalishda yuzaga kelayotgan tendensiyalar tahliliy bayon eilgan. Xususan, muqobil va QTEM dan foydalanish yo'nalishida Qonun va Qonun osti hujatlarini takomillashtirish, me'yor, qoida va standartlami qabul qilish, yashil ta'riflar, iste'molchilar uchun iqtisodiy manfaatdorlik va soliq regulyatorlari tizimini joriy etish, muqobil va QTEM dan foydalanishni targ'ibot qilish, soha bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda ushbu borada maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amaliyotga joriy etish masalalari dissertatsiya ishida tizimli tahlil qilingan. Bugungi kunda insoniyatning energiyaga bo;lgan talabining keskin oshishi hamda QTEM bo’lgan ehtiyoj mavzuning naqadar dolzarb ekaniga yaqqol dalil bo’la oladi.Malakaviy dissertatsiya ishida qo’yilgan vazifalar yani, shamol energiyasi haqida malumotlar to’plash, shamol energiyasidan foydalanishga doir tarixiy ma’lumotlarni o’rganib chiqish, shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha jahon tajribasini o’rganish, shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha O’zbekistonda qilinayotgan ishlarni o’rganish, shamol energiyasining iqtisodiy va ekologik tomonlarini o’rganish va tahlil qilish kabi maqsadlarga tugal erishilgan. Malakaviy dissertatsiya ishining ilmiy jihatdan yangiligi sifatida O’zbekistonda shamol elektrostansiyalarini qurishning ekologik va jihatlari o’rganildi va an’anaviy energiya bilan taqqoslangan.Aniq xulosalar berilgan. Magistrning malakaviy dissertatsiya ishini bajarishdagi faolligi va ilmiy tahlil qila olish qobiliyatini baholab Soliyeva Zamira Nurnazar qizi magistrlik dissertasiyasini bajarish jarayonida turli manbalardan ko’plab ma’lumotlarni jamlashgan va ularni ilmiy jihatdan tahlil qila olgan. Shu bilan birgalikda amaliy natijalarga erishgan. Dissertatsiya mavzusi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar, uning ko'lami, qilingan tahlillar, olingan natijalar va xulosalar magistrlik dissertatsiyalariga qo'yiladigan talablarga hamda 70530904 «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi» mutaxassisligiga to'la mos keladi. Dissertatsiya ishi homoyaga tavsiya qilaman. Ilmiy rahbar - BuxMTI t.f.n dotsenti O.S.Komilov <<___>>2023 y_____________imzo Download 15.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling