O'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari Reja Kirish I. Asosiy qism
Download 0.62 Mb.
|
O\'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari (2)
2021 yilda yuridik shaxslar tomonidan ichki valyuta bozorida
chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi to‘g‘risida MA’LUMOT10 mln. doll.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlarini XIM tizimidagi o‘rnini belgilovchi ikkinchi asosiy omil ularning xalqaro elektron to‘lov tizimiga ulanishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, bank sohasida olib borilgan islohatlar natijasida qisqa muddatda milliy elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida xo‘jalik subektlari o‘rtasida to‘lovlar o‘tkazish vaqti keskin ravishda qisqardi. Ushbu ma’lumotlar quyidagi diagrammada keltirilgan. Bundan tashqari zaxira shakllantirish mumkin bo‘lgan valyutalar (AQSh dollari, fund sterling, fransuz franki, nemis markasi, yapon yeni va boshqalar) bir tomondan kamaygan bo‘lsada (butun yevpopada yevro ning yagona pul birligi sifatida qabul qilinishi natijasida nemis markasi, shvetsariya franki, fransuz franki, fund sterling (qisman) kabi zaxira shakllantiradigan valyutalar muomiladan chiqib ketishi hisobiga), bir tomondan jahon moliyaviy inqirozi davrida neft narxining keskin ko‘tarilishi va neftni eksport qiluvchi yirik mamlakatlarning pul birliklarining jahon bozoriga kirib kelishi natijasida jahon valyutalari ko‘payib ketdi. Konferensiyada qabul qilingan yana bir tamoyilga ko‘ra butun dunyoda erkin valyuta kurslari rejimi amal qilishi kerak edi. Lekin hozirda bor-yo‘g‘i jahonning 23 davlatida ushbu rejim amal qilib, 100 dan ortiq davlatlarda yo qatiy belgilangan valyuta tizimi yoki boshqariladigan rejimdagi valyuta kurslari muomilasi taminlangan. Bu holatlarning barchasi xalqaro valyuta fondini qayta isloh qilishni talab qiladi. Chunki hozirgi kunda xalqaro valyuta fondi moliyaviy va valyuta munosabatlarini to‘liq va izchil nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Masalan xalqaro valyuta bozorlari tizimining yangi ko‘rinishi FOREX tizimini nazorat qilish juda mushkul. Bu bozorni tartibga solib bo‘lmaydi deyish ham mumkin. Bu bozorning malum manzilda joylashmagani qolaversa u butun kun davomida faoliyat olib borishi unda bo‘layotgan operatsiyalarni nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Fikrimizcha, jahon moliya bozori tushunchasiga uslubiy yondashuv ushbu tushunchani bir tomondan izohlashning iloji bo‘lmaganligi tufayli, ko‘p o‘lchamliligini tushunishga asoslanishi kerak. Hatto eng asosiy tushuncha ham bir necha omillarni – bozorda yuzaga keluvchi munosabatlarning iqtisodiy mohiyati, unda aylanuvchi moliya aktivlari, bozorda bitimlarni amalga oshiruvchi sub’ektlar, shuningdek, ularning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini rad etishi mumkin. Shuning uchun turli mualliflarning jahon moliya bozori tushunchasiga tahlil etilgan yondashuvlaridan o‘zaro to‘ldiruvchi sifatida foydalanish mumkin. Jahon moliya bozori rivojlanishining geografik tuzilishi tahlili rivojlangan mamlakatlarning ustunligini ko‘rsatadi. Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSh va Kanada), Evropa Ittifoqi mamlakatlari va Yaponiya umumanjahon bozorining uchdan bir qismini egallaydi. Xulosa Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo‘yicha xorijiy valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir. Jahon moliyaviy markazlari - xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari to‘planuvining markazlaridir. Tarixan ular milliy bozorlar negizida, so‘ng esa jahon valyuta, kredit, moliya hamda oltin bozorlari zaminida paydo bo‘lgan. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. O‘zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori hisoblanadi. Milliy valyutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. Respublikamizda so‘mning nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, O‘RVBga a’zo bo‘lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalarni birjaga beradilar: a) AQSh dollarini sotib olish maqsadida so‘mda berilgan buyurtmalar; b) AQSh dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalarni qabul qilishni to‘xtatish to‘g’risidagi buyruqni bergandan so‘ng har ikkala xildagi buyurtmalar bo‘yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so‘mda berilgan buyurtmalarning jami summasini AQSh dollaridagi buyurtmalar summasiga bo‘lish yo‘li bilan o‘zbek so‘mining 1 AQSh dollariga nisbatan nominal birja kursi aniqlanadi. So‘mning valyuta kursini 1 AQSh dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so‘mning to‘g’ri kotirovka rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar valyuta tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo‘llaniladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSh, Yaponiya, Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb ataladi. Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi tijorat banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali so‘zlashuvlari orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalarni sotish kursi bilan sotib olish kursi o‘rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi aktivlarni qayta baholash, mavjud bitimga qarama-qarshi operatsiyalarni amalga oshirish orqali ham tijorat banklari valyuta operatsiyalaridan daromad oladilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling