O'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari Reja Kirish I. Asosiy qism


O‘zbekistanda valyuta bozorining rivojlantirish


Download 0.62 Mb.
bet4/9
Sana15.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1200942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari (2)

1.3. O‘zbekistanda valyuta bozorining rivojlantirish
Xalqaro tijorat banklari xalqaro miqyosida keng tarqalgan va rivojlangan filial tarmoqlariga va banklararo vakillik hisob varaqlariga ega bo‘lib, bu ikki omil, pirovard natijada, ularning XIM tizimidagi yuqori darajadagi mavqeini ta’minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklarining xalqaro vakillik munosabatlari geografik yo‘nalishi, operatsiya turlari va munosabatlarning xarakteriga ko‘ra farqlanadi. Tijorat banklarining o‘zaro vakillik munosabatlari geografik yo‘nalishiga ko‘ra ichki va tashqi munosabatlarga bo‘linadi. Ichki munosabatlar deganda, bir mamlakat ichidagi tijorat banklari o‘rtasidagi o‘rnatilgan o‘zaro vakillik munosabatlari tushuniladi. Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy qismi tashqi vakillik munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar «Nostro» va «Vostro» vakillik hisob varaqlari orqali amalga oshiriladi.
Ichki valyuta bozorining 2021-yil holati boʼyicha tahlili. Ichki valyuta bozori 2021-yilda chet el valyutasiga boʼlgan talabning ortishi hamda qulay tashqi bozor konyunkturasi va iqtisodiy oʼsishning yuqori koʼrsatkichlari fonida taklifning ham oʼsishi bilan xarakterlandi.
2021-yil davomida tashqi savdo aylanmasining jadallashishi kuzatildi. Xususan, eksport tushumlari hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) oʼtgan yilga nisbatan 34 foizga oʼsib, 11,6 mlrd. АQSh dollariga yetdi. Shuningdek, import toʼlovlari oʼtgan yilga nisbatan 25 foizga oshib, 25,7 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga boʼlgan talabning umumiy hajmi 2021-yilda 26,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga oshdi.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi 2021-yilda 22,9 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oʼsdi (2020-yilda – 14,3 mlrd. АQSh doll., 2019 yilda – 11,7 mlrd. АQSh doll.).

Xususan, mazkur davrda:



  • xoʼjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 11,0 mlrd. АQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020-yilda – 6,7 mlrd. АQSh doll.);

  • banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 7,4 mlrd. АQSh dollarini yoki oʼtgan yilga nisbatan 44 foizga koʼp boʼldi (2020-yilda – 5,1 mlrd. АQSh doll.).


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling