O'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari Reja Kirish I. Asosiy qism


-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi7


Download 0.62 Mb.
bet6/9
Sana15.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1200942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistonda valyuta bozoringing rivojlanish istiqbollari (2)

2020-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi7
foizda

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar. 2021-yil mobaynida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 7,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi (2020-yilda - 4,6 mlrd. АQSh doll.).
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga 4,6 mlrd. АQSh dollari sotildi hamda ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 12 foizga oʼsdi (2020-yilda - 4,1 mlrd. АQSh doll.).
2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi8
mln.АQSh doll.

2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʼlgan taklif hajmi unga boʼlgan talab hajmidan 2,5 mlrd. АQSh dollariga ortiq boʼldi (2020-yil 5 barobar koʼp). Bu oʼz navbatida, ichki valyuta bozorida qoʼshimcha taklif manbai boʼlib xizmat qildi.
2021-yilda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikaga 8,1 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablagʼlari kelib tushgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich 2019 - 2020-yillarga nisbatan 34 foizga oshdi (6,0 mlrd. АQSh dollar).
Xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikadan 1,6 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablagʼlari chetga joʼnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari bilan bir tomonlama tashqi vakillik munosabatlariga ega ekanligi xalqaro operatsiyalar ko‘lamini kengaytirishga salbiy ta’sir qiladi.
Masalaning mohiyati shundaki, Respublikamizning yirik tijorat banklari rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklarida o‘zlarining «Nostro» vakillik hisob varag‘iga ega.
2019 - 2021-yillarda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablagʼlari hajmi9
mln.АQSh doll.

Аlmashuv kursi dinamikasi
2021-yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari hamda tashqi omillar taʼsirida shakllandi.
Xususan, respublikada iqtisodiy va investitsion faollikning tezlashishi natijasida valyutaga boʼlgan talabning oʼsishi oʼz navbatida qulay tashqi sharoitlar va jahonda asosiy eksport tovarlarimizga boʼlgan narxlarning oshishi fonida xoʼjalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan valyuta taklifining koʼpayishi bilan muvozanatlandi.
Natijada, hisobot yilida milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan kursi 3,4 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2020-yilda 10,1 foizni hamda 2019-yilda 13,9 foizni tashkil etgan.
2021-yilda real samarali almashuv kursi indeksi savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi hamda ichki inflyatsiyaning hamkor davlatlar inflyatsiya darajasiga nisbatan yuqoriroroq boʼlishi hisobiga 5,2 foizga mustahkamlandi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari esa, respublikamizning tijorat banklarida o‘zlarining «Vostro» vakillik hisob varag‘iga ega emaslar. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini amalga oshirish doirasini jahon amaliyotiga muvofiq kengaytirishga yordam beradigan O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, manfaatdor organlarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini diqqat bilan o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish lozim. munosabatlarga bo‘linadi.
Mijozlarning operatsiyalariga ularga trast xizmati ko‘rsatish operatsiyalari, mijozlarning tijorat operatsiyalari, ularning majburiyatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari, cheklar, hujjatlashtirilgan akkredetivlar va inkasso vositasida to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq opratsiyalar, ularga kafolatlar berish va boshqa operatsiyalar kiradi. Banklarning o‘z operatsiyalariga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar olish, depozitlar qabul qilish valyutalarni, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining birontasi hozirgi kunga qadar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining listingiga kirmagan. Bu esa, ularning xorijiy valyutadagi yozalgan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘pchilik holatlarda o‘zaro vakillik munosabatlari ikki tomonlama yoki bir tomonlama hisob varaqlari ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda, hisob varaqlari ochmasdan turib ham o‘zaro vakillik munosabatlarini o‘rnatish mumkin. Bunda xalqaro hisob-kitoblar uchinchi bankda ochilgan hisob varag‘i orqali amalga oshiriladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling