O‘zbekistonda yagona davlat axborot siyosati


Davlat idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga


Download 17.96 Kb.
bet4/4
Sana17.03.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1279646
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonda axborot siyosati

Davlat idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga:
ushbu qaror, Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi;
• Konetsepsiya va chora-tadbirlar Dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda Agentlikka hisobot taqdim etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilmoqda.
Agentlik har yarim yillikda taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda tegishli hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Media Ombudsman) lavozimini joriy etish hamda Kotibiyat tuzilmasda cheklangan boshqaruv xodimlari soni 2 tadan iborat Ommaviy axborot vakillari qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish sektorini tuzish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi.
Ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning (Media Ombudsman) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
• ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining, shuningdek, ommaviy axborot vositalari tomonidan axborot sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi masalalarini amaliy ro‘yobga chiqarishni o‘rganish;
• ommaviy axborot vositalari hamda davlat idoralari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etishda ko‘maklashish;
• ommaviy axborot vositalariga ularning huquqlari poymol etilishi, davlat idoralari tomonidan ular faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish;
• ommaviy axborot vositalari faoliyatining mustaqilligini yanada ta’minlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V.Mahmudovlar zimmasiga yuklanmoqda.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling