O‘zbekistonda yagona davlat axborot siyosati


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi


Download 17.96 Kb.
bet3/4
Sana17.03.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1279646
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonda axborot siyosati

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
• xalqaro maydonda davlatning axborot siyosatini amalga oshirish borasida tizimli ish olib boradi, shuningdek O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida xalqaro nufuzini oshirish maqsadida, manfaatdor davlat idoralari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatning tashqi va ichki siyosatni yoritish, tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro moliya, iqtisodiyot va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risida vazirlik, diplomatik va boshqa vakolatxonalar axborot resurslarini mazmunli to‘ldirish va sifatli faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
• O‘zbekistonning chet elda ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, diplomatik va boshqa vakolatxonalar imkoniyatlaridan foydalanib, chet elda O‘zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati, jumladan, amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi hududlarining investitsion salohiyati to‘g‘risida xolis axborot tarqatishga ko‘maklashadi, shuningdek, vazirlik faoliyati doir boshqa vazifalarni bajaradi;
Axborot va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
davlat idoralari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashadi, davlat va boshqa tashkilotlar ma’lumotlar bazasi va rresurslari hamda axborot tizimlariga noqonuniy kirish holatlarini oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik qarorlarni qabul qilish, shuningdek davlat axborot tizimlari va resurslari hamda Internet tarmog‘i milliy segmenti axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
• O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ushbu sohadagi davlat dasturlarini tuzish va ijro qilishda ishtirok etadi, o‘z matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtiradi hamda ularning ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlashda qulay shart-sharoitlarni yaratadi;
• axborot resurslari va ularning faoliyati to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning sifatli to‘ldirilishini ta’minlash, idoralararo axborot almashinuvi samaradorligini oshirish, ishonchli va sifatli axborotni tezkor tarqatish uchun zamonaviy va ommabop veb-resurslar va mobil ilovalardan foydalanish choralarini ko‘radi;
• zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va axborot siyosatini olib borish, shu jumladan, Agentlikning imkoniyatlaridan kelib chiqib matbuot anjumanlari, intervyular va brifinglarni tashkil etish, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jamoatchilik asosida batafsil axborot va tahliliy materiallarni shakllantirish, ommaviy axborot vositalarida va ularning veb-resurslarida tarqatish uchun maxsus eshittirishlar va reportajlar tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturi doirasida ishlab chiqiladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya ushbu qaror asosida belgilangan vazifalar mazmuni, maqsadi hamda amalga oshirilishini yoritish yuzasidan turkum ko‘rsatuv va maqolalar chop etilishini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsepsiyani amalga oshirishga ishtirok etgan davlat idoralari va boshqa tashkilotlarga ilg‘or xorijiy davlatlarning ushbu sohadagi qonunchiligi va tajribasini o‘rganish hamda zarur hollarda chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarini jalb qilishda har taraflama amaliy yordamlar ko‘rsatadi.

Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling