O‘zbekistonda yagona davlat axborot siyosati


Quyidagilar Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturini moliyalashtirish manbai etib belgilanmoqda


Download 17.96 Kb.
bet2/4
Sana17.03.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1279646
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonda axborot siyosati

Quyidagilar Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturini moliyalashtirish manbai etib belgilanmoqda:
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat Fondi, O‘zbekistonda ijod namoyondalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Ilhom” jamoatchilik fondi va boshqa ijrochi - manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari;
• Moliya institutlari va xalqaro tashkilotlarning beg‘araz yordami va grantlari;
• Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik to‘lovlari va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar.


Belgilansinki, Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturi doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
• O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, chora-tadbirlar konsepsiyasi va dasturini bajarish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va axborot resurslarini rivojlantirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda davlat axborot siyosatini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va chora-tadbirlar samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqadi;
• O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi vazifalarini hal etishda milliy ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillarining sa’y-harakatlari va imkoniyatlarini birlashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi;
• mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirish sohasida qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:
• yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni qo‘llash va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda ishtirok etadi;
• milliy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va qo‘llash, raqobatbardosh mahalliy dasturiy mahsullar va xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
• Butunjahon Internet axborot tarmog‘ining milliy segmentini sifatli ishlashi va yanada rivojlantirilishi, zamonaviy veb-resurslar, shu jumladan tarmoq resurslari, aholini intelektual va axborot ehtiyojini qondirishga qaratilgan tizimli ishni amalga oshiradi hamda vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi boshqa vazifalarni bajaradi;

Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling