O‘zbekistonda yuksak malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda milliy va xalqaro tajribalarga asoslanilmoqda. Bunda pedagogik turkumdagi kasbiy fanlarning ahamiyati muhimdir


Talaba bilimini nazorat qilish bo‘yicha savollar


Download 0.77 Mb.
bet25/33
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1511967
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
мустақил таълим 3 курс мавзулар

Talaba bilimini nazorat qilish bo‘yicha savollar:

  1. Kompitentlik tushunchasini izohlang.

  2. Pedagogik faoliyatini tahlil eting.

3.Pedagogigk faoliyatning qanday baholash me’zonlari bor?


Adabiyotlar:
1. D.O.Ximmataliyev va boshq.Pedagogik mahorat.-T.”CHINOR FAYZI BALAND”,2022.
2. J.E.Usarov va boshq. Pedagogik kompetentlik.-Chirchiq, “Fayzay poligraf”, 2021.
3. G.O.Ernazarova., M.Sh.Islamova. Pedagogik konfliktologiya. – T.: “ISHONCHLI HAMKOR”, 2021.
4. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriѐti, 2006.
.



. FSMU
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga ham tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
F – Fikringizni bayon eting, S – Fikringiz bayoniga biror-bir sabab ko‘rsating, M – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring, U – Fikringizni umumlashtiring.


«Fikriy hujum» («Mozgovaya ataka»)
Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang­barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi.
«Fikriy hujum» metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil ­mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
«Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog‘ida tahsil oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling