O’zbekistonda zamonaviy bank tizimining tashkil qilinishi


Download 16.07 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi16.07 Kb.
#1228300
Bog'liq
2-mavzu pul va banklar


2- MAVZU: O’zbekistonda zamonaviy bank tizimining tashkil qilinishi

REJA:
1.Zamonaviy bank tizimi



  1. Hozirgi vaqtda bankning asosiy turlari

Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi


Vazisi va turlari
Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi:
1. Markaziy bank
Markaziy bank („banklarning banki“) (Milliy bank va AQShda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.
2 Tijorat banki Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi.
Mulk shakliga koʻra turlari
Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. . Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi.
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
Download 16.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling