O’zbekistondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar bilan tanishish. Landshaftlar bilan tanishish va ularni farqini belgilash ppt


Download 1.24 Mb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1718930
1   2   3   4
Bog'liq
ATROF

Zarafshon qo’riqxonasi
«Hisor» qo‘riqxonasi
Hisor qo‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatida, Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy qiyaliklarida joylashgan. O‘zbekistondagi eng yirik qo‘riqxonalardan birining maydoni 80,9 ming gektarni tashkil etadi.
Qo‘riqxonada baliqlarning 2 turi, ham suvda, ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning 19 turi, qushlarning 214 turi va sut emizuvchilarning 32 turi yashaydi. Umurtqasizlarning olti turi, qushlarning yetti turi, baliqlarning bir turi va sut emizuvchilarning o‘n turi O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Qor qoploni, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Amudaryo foreli shular jumlasidan.
Rasmda: Tyan-shan qo‘ng‘ir ayig‘I, Sibir tog’ echkisi, Turkiston silovsini, Oq boshli qumoy.

Qo‘riqxonalar - bu tabiat etaloni bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishda qo‘yidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Qo‘riqxonalar - bu tabiat etaloni bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishda qo‘yidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. Qo‘riqxonalar tashkil etish orqali ma’lum bir o‘lka yoki geografik zona tabiatining namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.

2. Qo‘riqxona – bu tabiat etaloni sifatida tabiat komplekslari yaxshi saqlangan maydonlar hisoblanib, unda TTKlarning rivojlanish qonuniyatini, o‘zaro aloqasini, organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatdan o‘rganiladigan tabiy laboratoriyadir.

3. Qo‘riqxonalar soni va turi kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirishda juda muxim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalar tufayli noyob hayvonlar yoki o‘simlik ko‘paytirilib, boshka joylarga tarqatiladi.

4. Qo‘riqxonalar ov kasbkorlik hayvonlarini saqlash, ularni ko‘paytirishda ham ahamiyatlidir. Barguzin (Baykal kuli sharkida) qo‘riqxonasi misoli (20-30 suvsar (1916 yil) ko‘paytirilib ov qilishga ruxsat berildi).

5. Qo‘riqxonalar tabiatning ajoyib, qiziqarli, noyob joylarini (g‘or, qoya, jar, sharshara, geyzer, buloq, nurash tufayli vujudga kelgan relef shakllari va boshqalar) tabiiy holicha saqlanib qolishida juda muhim vazifani bajaradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling