O`zbekistondagi Katta Quyosh Pechining ekspluatatsion parametrlarini qisman quyosh tutilishi vaqtida o`rganish
Download 225.41 Kb.
|
quyosh tutilishi vaqtida KQP ekspluatatsion parametrlari
O`zbekistondagi Katta Quyosh Pechining ekspluatatsion parametrlarini qisman quyosh tutilishi vaqtida o`rganish Quyosh tutilishining quyosh energetik tizimlariga ta’siri, xuddi uning fotoelementlar va quyosh pechlariga bo`lgan ta’siri kabi muhim ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Chunki ba’zi qurilmalar uzluksiz rejimda ishlashi zarur, ularning ishi to`xtab qolishi ishlab chiqarish va iqtisodiyotga ma’lum miqdorda zarar keltirishi mumkin. Shu sababli bir qancha tadqiqotchi olimlar to`la quyosh tutilishi bilan birga quyoshning qisman tutilish holatlarining sistema ishlab chiqarish qobiliyatiga ta’sirini o`rganishni boshladilar. yil boshlarida O`zbekistonda Tyan-Shan tog` tizmasi etagida quvvati 1 MW ga teng bo`lgan Katta Quyosh Pechi ishga tushirilgan. yil 26-dekabrdagi maksimal fazasini Arab yarimoroli, Hindiston, janubii-sharqiy Osiyoda, shuningdek, O`zbekistonda kuzatish mumkin bo`lgan, 132-sarosdagi halqasimon quyosh tutilishi ro`y berdi. rasm. Quyosh tutilishi vaqtida quyosh diskining o`zgarishi: a) boshlanish (9:05); b) o`rtasi (9:22); v) oxiri (9:54). yil 26-dekabrdagi quyosh tutilishi vaqtida KQP ekspluatatsion parametrlarini o`rganish uchun 33ta geliostat avtomatik boshqaruv rejimiga o`tkazildi. Ular quyosh datchiklari orqali Quyosh harakatiga moslasha olar edi [2]. 1-rasmda KQP fokal zonasida quyosh tutilishining turli fazalariga mos kelgan nurlanish oqimi zichligining taqsimoti ko`rsatilgan. Parkentda quyosh diski maksimal qorong`i sohasining yuzasi 33% ni tashkil etdi. rasm. Quyosh tutilishi vaqtida kelayotgan to`g`ridan to`g`ri nurlanish oqimi zichligining o`zgarishi Ushbu tadqiqot natijalaridan ko`rish mumkinki, agar geliostat quyosh trayektoriyasiga avtomatik ergashish rejimiga o`tkazilgan bo`lsa, quyosh tutilish vaqtida dog` markazining KQP fokal nuqtasidan siljishi deyarli sezilmaydigan darajada bo`lar ekan. Shunday qilib, KQP va shu tipdagi quyosh pechlari qisman quyosh tutilishi vaqtida, ayniqsa, peshingacha va peshindan keyin, effektiv tarzda ishlay olar ekan. Download 225.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling