O‘zbekistondagi o‘rta asrga oid masjidlarning ichki arxitekturaviy muhiti dizayni


Mag‘oki Attoriy (Moh) masjidi. Buxoro


Download 0.81 Mb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#266244
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkinova Durdona Avazjon qizi

Mag‘oki Attoriy (Moh) masjidi. Buxoro
Ilk masjidlar arxitekturasi shakllanishida Buxorodagi Moh, Xazora qishlog‘idagi Deggaron, Termizdagi Chor sutun kabi to‘rt ustunli masjidlar alohida rol o‘ynaydi. Moh masjidi otashparastlik davrdagi Moh ibodatxonasini moslashtirish natijasida vujudga kelgan. Bino o‘rtasida to‘rt ustun mavjud. Ular masjidning ichki muhitiga markaziylikni baxsh etadi. XI asrda masjidning kiraverish qismida qayta qurish ishlari olib borilgan. O‘tgan davr mobaynida masjid atrofi madaniy qatlam hisobiga anchagina ko‘tarilib qolgan. Masjid hozirgi vaqtda. Mag‘oki Attoriy nomi bilan ataladi. XVI asrda ham ta’mirlash ishlari olib borilgan. Sirkor qoplamalari o‘sha vaqtda paydo bo‘lgan.[3]

Mag‘oki Attoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan Buxorodagi bu masjidning arxitekturaviy muhitining o‘ziga xosligi shundaki, binoning ichki va tashqi bezaklarining o‘zaro uyg‘unligi yaqqol sezilib turadi. Masjidga moslashtirish natijasida interyerda bir muncha o‘zgarishlar bo‘lgan. Otashparastlik ibodat elementlari o‘rnida islom diniga xos elementlar (mehrob va boshq.) joylashtirilgan.



Masjidning kirish qismidagi ornamentlar ham murakkab sxematik tuzilishga ega. Bu borada M.S.Bulatov o‘z izlanishlari davomida masjidning bezaklarida matematik qonuniyatlarni chizmalar orqali asoslab bergan.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling