Deggaron masjidi. Buxoro. Xazora qishlog‘i
Masjidning ilk qurilishdagi ko‘rinishi bir muncha ta’mirtalab holatga kelganligi sababli, bir necha bor qayta ta’mirlangan. XX asr boshlarida sharqiy va janubiy tomonlariga ustunli ayvon qo‘shilgan.
IX-X asrlarda Turonda naqqoshlik san’ati jadal rivojlandi. Me’morchilikda g‘isht qadab naqsh solish yuksak darajada taraqqiy etdi. Binolarning ichki tomonlariga ganch, yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash yuksak rivoj topdi.[5]
Ilk o‘rta asr me’morlarining oldida masjidning ham tashqi ham ichki muhitini birgalikda o‘ylab loyihalashtirish maqsadli vazifa bo‘lgan. Ichki g‘ishtlar terimini ham shuning uchun shakllar hosil qilib, ravon terishga harakat qilishgan. Bunda qurilish ashyolari nafaqat konstruktiv, balki bezak vazifasini ham bajargan.
Chorsutun masjidi ichki muhiti ham avvalgi ikki masjidga o‘xshab ketadi. Markaziy gumbazni tutib turuvchi to‘rt ustun o‘qsimon arkalar bilan bog‘langan. Moh masjidi ham shunday usulda yopilgan edi[6]. Ichki muhitni konstruktiv elementlarni biroz bezash orqali boyitilgan. G‘isht maxsus usulda terilgandan keyin ularni ustini boshqa ashyo bilan qoplashmagan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu masjidlarning interyer bezaklari o‘rta asrlardagi ilk bezaklashtirish jarayonlari misolidir. Bunda konstruktiv qurilish materiallaridan foydalanib o‘ziga hos muhit hosil qilingan. Ranglar ham monoxrom tarzda g‘ishtning tabiiy rangidan foydalanib chiqarilgan.
Chorsutun. Termiz. D.A.Nazilov rekonstruksiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |