O‘zbekistondagi o‘rta asrga oid masjidlarning ichki arxitekturaviy muhiti dizayni


Download 0.81 Mb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#266244
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkinova Durdona Avazjon qizi


O‘zbekistondagi o‘rta asrga oid masjidlarning ichki arxitekturaviy muhiti dizayni

Erkinova Durdona Avazjon qizi,

Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti

1- bosqich magistri



Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta asrlar O‘zbekiston hududida qurilgan ilk masjidlardan Buxorodagi Mag‘oki Attoriy (Moh), Hazora qishlog‘idagi Deggaron, Termizdagi Chorsutun masjidlarining ichki dizayn muhiti ko‘rib chiqilgan. Bunda masjidlar ichki muhitini tashkil qiluvchi elementlar, ularni to‘ldirib turuvchi bezaklar, ularning xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: Zardushtiylik, ravoq, peshtoq, gumbaz, sirkor qoplamalar, interer, mehrob, ornament, panno, konsepsiya, girix, kompozitsiya, muqarnas gajak (parus), monoxrom, islom dini.

O‘zbekiston hududidagi masjidlar arxitekturasi shakllanishida bir qancha bosqichlardan o‘tganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bunda ularning nafaqat konstruktiv balki tashqi va ichki dizayn muhitining boyib borganligi, qo‘llanilgan ranglarning monoxromligi, qurilish ashyolarining mustaxkamligining ortib borishi tomoshabinda qiziqish uyg‘otadi.



Jumladan, Markaziy Osiyoda ilk masjidni milodiy 713 yili arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim Buxorodagi zardushtiylar ibodatxonasi o‘rniga, Samarqandda esa hozirgi “Hazrati Xizr” masjidi o‘rnida qurdirgan edi. Shundan beri ushbu hududlarda masjidlar qurilishi avj ola boshladi.[1]

Markaziy Osiyo shuningdek, O‘zbekiston hududida arablar bosqiniga qadar zardushtiylik dini eng keng tarqalgan din hisoblangan. Shuning uchun ibodatxonalar zardushtiylik dini an’analaridan kelib chiqqan holda qurilgan va bezak berilgan. Islom dini kirib kelgach esa ba’zi ibodatxonalar arablar tomonidan buzib yuborilgan, ba’zilari esa masjidlarga aylantirilgan. Shu sababdan masjidlar interyerida zardushtiylik elementlari ham saqlanib qolgan.

Qadimda masjidlar tarxda ko‘proq to‘rtburchak tuzilishda bo‘lgan. Ularning usti qalin g‘ishtin ustunlarga o‘rnatilgan ravoqlar yordamida gumbazlar bilan yopilgan. Ustunlar soni to‘rt, olti va undan ortiq bo‘lgan. Aksariyat holda ustunlar oralig‘idagi gumbaz qolganlaridan keng va balandroq holda qurilgan.[2]





Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling