O‘zbekistondagi o‘rta asrga oid masjidlarning ichki arxitekturaviy muhiti dizayni
Mag‘oki Attoriy (Moh) masjidi tashqi va ichki bezaklari. Buxoro
Download 0.81 Mb.
|
Erkinova Durdona Avazjon qizi
Mag‘oki Attoriy (Moh) masjidi tashqi va ichki bezaklari. Buxoro
Ornament kirish piloni g‘ishtin relyefining o‘yma ganchkorlik bilan to‘ldirilgan 3ta: quyi, o‘rta va yuqori pannolar orqali hosil qilingan. Bulatov ta’kidlashicha, “...o‘rta asr me’morlari matematik bo‘lishmagan va matematika bilan chuqur shug‘ullanish ularda ehtiyoj tug‘dirmagan” degan konsepsiya biroz noto‘g‘ri. Chunki, bunday shakllarni hosil qilish uchun ularda avloddan- avlodga o‘tuvchi bilim va malakaning o‘zi yеtarli bo‘lmagan. Bu davr me’morlari o‘z zamonasining eng ilg‘or fikrlovchi olimlari bo‘lib, mamlakatda yuqori mavqega ega bo‘lishgan [4] Bezaklarda girix shakllar tez-tez qo‘llanilgan bo‘lib, ularda kvadrat, teng tomonli uchburchak orqali sodda shakllardan murakkab shakllar hosil qilingan. Deggaron masjidi ham Buxorodagi ilk o‘rta asr masjidlaridan biri hisoblanadi. Masjid XI asrda barpo etilgan bo‘lib, masjidning ichki qismi tashqarisiga nisbatan bezaklarga boy ishlangan. Kompozitsion va rang mutanosibligi jihatidan loydan yasalgan g‘isht rangi cho‘l muhiti bilan yaxlit bir asarni hosil qiladi. Masjid gumbazlari qum barxanlarini yodimizga soladi. Deggaron masjidining shimoliy va janubiy o‘rta bo‘lmalarining kichik ravoqlari, tepasida sharafani eslatuvchi g‘isht terilmalari oraliqni qisqartiradi. Ular ikki pog‘onali tokchalardan iborat; yuqorisi qaldirg‘och dumidek, ayri g‘ishtin shakllardan tashkil topgan. O‘rta bo‘lmalar (sharqiysidagi mustasno) balxiy gumbaz bilan yopilgan. Shimoliy va janubiy gumbazlarda ikkitadan tuynik bo‘lgan. Bino g‘arbidagi ikki burchak bo‘lmalarining yuqori burchaklarida sodda, biroq, chiroyli g‘ishtni muqarnas gajaklar (paruslar) bo‘lib, shakllari bo‘limlarda biroz farqlanadi. Bu bo‘lmalar ham chuqur gumbaz bilan nihoyalangan. Sharq tomonning avvalgi, asl shakllari ta’mirdan so‘ng saqlanmagan. O‘rta bo‘lma kam uchraydigan qirralik gumbaz bilan, yonidagilari boshqacha usulda yopilgan [3]. Deggaron masjidining ichki yirik to‘rt ustuni o‘sha davrga hos bo‘lgan yirik hajmli o‘lchamda bo‘lib, bino gumbazlari va shift qismi shu ustunlarga tayanib turibdi. Ustunlar g‘ishtlarning o‘zaro gorizontal va vertikal holatda terilishi natijasida estetik jihatidan chiroyli ko‘rinishni olgan. Ustunlarni gumbaz ichki tomoni bilan bog‘lab turuvchi markaziy ravoqlarda ham bo‘linmalarga bo‘luvchi elementlarni ko‘ramiz. Yon tomondagi qo‘shimcha ravoqlar esa bunday bezatilmagan. Bu davrda rangli interyer elementlari ishlatilmagan bo‘lib, bino ichki muhitini monoxrom g‘ishtlarni o‘ziga xos ravishda, turli pog‘onali tekisliklar hosil qilib terishgan. Yorug‘lik va soya orqali elementlar bir-biridan ajralib turgan. Ichki muhitning vazminligi va salqin havosi odamda xotirjamlikni hosil qiladi. Islom dinining ba’zi oqimlari targ‘ibotchilari nazdida masjidlar ichki interyeri o‘zining hashamdorligi bilan ibodat qiluvchini chalg‘itishi emas, balki soddaligi va qulayligi bilan insonni ibodatga chorlashi lozim. Deggaron ham shuning amaldagi isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling