O’zbekistondagi qadimgi gidrotexnik inshootlar
Download 19.51 Kb.
|
Microsoft Word Document (2)
O’zbekistondagi qadimgi gidrotexnik inshootlar Qadim zamonlarda eng qiyin masalalardan biri daryolardan suv oluvchi inshootlar orqali kanallarga suv olish bo’lgan. Ko’p asrlar davomida o’tkazilgan amaliy ishlar shuni ko’rsatadiki, kanallarga suv olish uchun shox-tosh yoki sepoyadan yasalgan pix, dambalar, to’g’on inshootlari ishlatishi kerak bo’lib, oqim o’zanidan bo’ylama dambalar qurilib, Ular kanalning yon devor vazifasini bajargan. Dambaning uzunasini qisqartirib yokicho’zib kanalga oqib kiradigan suv hajmini rostlash imkoniyati yaratilgan. Bungaklassik misol, yelpig’ichsimon So’x irrigatsion kanallaridir. 1930 yillargacha Soxdaryosidan yelpig’ich shaklida tarqalib ketgan yuzta bosh kanallarga suv shox-toshva pix sepoyalardan qurilgan ushlagich damba yordamida olingan.So’xdaryosi uzunligi 12 kmmasofada daryodan chiqib 1,5 km lik vodiyda oqib yoyilib ketadi.Shu joyda har yili 1200 ga yaqin balandligi 6-8 m terak yog’ochlardan 10 km lik masofada sepoyalar o’rnatilgan. So’x daryosidan bu usul bilan suv olish bir necha yuz yillar shu davrning irrigatsiya texnologiyasida ilg’or usuli bo’lib kelgan. Aytib o’tilgan ishlar yilda 2 marta (erta bahor va uning oxirida) o’tkazilib katta mablag’ va ko’p odam kuchi talab qilgan. Amudaryoning etaklarida daryodan kanalga suv olishning boshqa turlari bosh inshootsiz, daryodan bevosita o’zi oqar uslub rivoj topgan. Bu usul qo’shimcha mablag’ talab qilmaydi, faqat daryo suvining sathiga bog’liq bo’ladi. Suv sathi pasayib ketsa, kanalga suv kirishi kamayadi yoki mutlaqo kanalga suv kirmaydi, uvaqtda suv olish nuqtasidan ellik-ikki yuz metr masofa yuqoridan yoki pastda qo’shimcha suv olgich nuqta quriladi. Dambalarni, kanallar va daryolar qirg’og’ini yuvib ketishdan saqlash uchun xalq irrigatsion texnikasi o’ziga mos og’ir shox –shabba to’shak o’ylab topgan. Ular hozirgi zamonda ham yuvilib ketgan kanal qirg’oqlarini va qirg’oq inshootlarini yuvilishdan saqlashda ishlatiladi. O’tmishning ajoyib gidrotexnik inshootlariga hozirgi zamonda ham xizmat qiluvchi yer osti galereyalar-korizlar, yer osti suvlarini bir o’zanga yig’ib, yer yuzasiga chiqaruvchi inshoolar kiradi. Ular tog’ etaklarida, yer osti oqava suvlar yo’q joylarda Nurota, Kattaqo’rg’on, Jizzax rayonlarida qurilgan. Korizlardan tashqari tunnellar ham qurilgan, ular toshloq yerlarda ko’p kuch sarf qilib teshik o’yib uzunasiga o’nlab, yuzlab metr, balandligi 2 m cha va kengligi 1-1,2 m gacha ishlangan. Xalq irrigatsiya texnikasi rivojlanishi tufayli daryo va kanallarda har xil oddiy suv ko’tarma uskunalar paydo bo’la boshladi. O’zi yurar chig’ir va chuqurlashgan suv taqsimlovchi kanallarda - ulov kuchlari yordamida xarakatga keltiriladigan chig’irlar qo’llanilgan. O’zi yurar chig’irlar suvni uch-to’rt metr balandlikka ko’taradi, ulov kuchlari yordamida ishlaydigan chig’irlar esa suvni kanaldan yer yuzasiga chiqarib beradi xolos. Sug’orishning bu usuli ayniqsa, janubiy Xorazm dehqonchiligiga xos usul. Chig’ir yordamida bir qancha o’n minglab gektar yerlar sug’orilgan. Amudaryo etaklarida (Xorazm,Qoraqalpog’iston) 70 mingga yaqin chig’ir ishlagan. Chig’ir inshooti ancha qimmat bo’lgani sababli kambag’al dehqonlar ancha arzon tushadigan har xil sug’orishda ishlatiladigan usullardan foydalangan Masalan: «Nova» degan asbob: o’yilgan terak xoda, bir uchi berk, ikkinchi uchi ochiq bo’lgan. Ikkita qazilgan chuqur chegarasida yog’och o’q o’rnatib, uning ustiga nova qo’yilgan. Suvchi nova yordamida berk uchi tomonini suvli chuqurga bosib 2-dala tomonidagi chuqurga suvni oqizib yuboriladigan bu juda og’ir, kam unumli sug’orish usuli dehqonga faqat o’zining katta bo’lmagan yerida dehqonchilik ishini olib borishga imkoniyat bergan. Aytib o’tilgan uskuna-inshootlardan tashqari ekinlarni sug’orishda O’zbekiston dehqonchiligida boshqa bir qator inshootlardan foydalanganlar. Ko’pincha savdo karvon yullarida qurilgan sardoba usti yopiq suv bo’lgich, to’g’on, akveduk va hokazo. Download 19.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling