Oʻzbekistondagi tarixiy shaharlar. Tarixiy shaharlarning yubileylari keng nishonlanishi


Download 23.37 Kb.
Sana27.07.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1663003
Bog'liq
Tarixiy shaharlar (Samarqand, Buxoro,Margʻilon,Qarshi, Toshkent,Xiva, Shahrisabz)yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi


Mavzu: Tarixiy shaharlar (Samarqand, Buxoro,Margʻilon,Qarshi, Toshkent,Xiva, Shahrisabz)yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi
Reja:

  1. Oʻzbekistondagi tarixiy shaharlar.

  2. Tarixiy shaharlarning yubileylari keng nishonlanishi.

  3. Tarixiy shaharlarning yoshi.



Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari: Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz.
Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo’ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo’li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016); 1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar rayoni (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 280000 (2019).
Xiva – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shim.gʻarbida, viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qad. Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². Aholisi 89,5 ming kishi (2017). Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti va shu bilan birga Markaziy Osiyodagi eng yirik shahardir.Ko’p yillar davomida Toshkent butun dunyodan sayyohlar va ishbilarmonlarni jalb qiladigan mamlakatning eng muhim biznes va madaniy markazi bo’lib kelgan.
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Toshkentda tashrif uchun bir necha kun kerak bo‘ladigan diqqatga sazovor joylarning ro‘yxati juda katta.
✔️ sayr qilish uchun keng va yashil xiyobonlar, favvoralar va ekologik bog‘lar;
✔️ Shahardagi ko‘plab muzeylarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqidagi noyob asarlar;
✔️Buyuk me’moriy ansambllar, masjidlar va minoralar;
✔️ Har didga mos teatr va galereyalar.
Bu yerda har kim shaharning eng diqqatga sazovor joylarini ko‘rish uchun o‘z yo‘nalishini yaratishi mmumkin.
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, milliy davlatchiligimiz va ma’naviyatimizning ko‘hna beshiklaridan biri bo‘lgan, noyob tarixiy-me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolarni o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasini 2007-yilda Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bog‘liq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g‘urur va iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:

  1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005-yil 20-oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Samarqand viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin.
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, tadbirlar dasturi 1 va 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-2007-yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta’mirlash, ijtimoiy hamda kommunal sohasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar dasturini 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin.
* 3-ilova berilmaydi.
4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida 2007-yil may oyida “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak saviyada o‘tkazish, shu mavzu bilan bog‘liq badiiy-tarixiy ko‘rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop etish va keng yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Belgilab qo‘yilsinki, xalqaro ilmiy konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
5. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi yilning har choragida o‘tkaziladigan majlislarida tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
6. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga doir tadbirlar dasturini amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari hamda 2006-2007-yillarda tarixiy obidalarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni bajarishga mas’ul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning 2006-yilda shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan, shuningdek, 2007-yildagi budjet parametrlarida rejalashtirilgan mablag‘lari doirasida va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
1997 yil 20 oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920 – yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. Xiva shahri qadimda Xiyvaq deb atalgan. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan G`arbni bog`lovchi savdo yo`li o`tganligi bilan izohlanadi. Milodning IV asri boshlarida Xiva Xarazm davlati bilan Eron sosoniylari davlati tarkibiga kirgan. XVII asr boshlarida Amudaryo o`zani o`zgarishi oqibatida xonlik poytaxti Urganchda aholi yashashi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelgach, xonlik poytaxti Xiva shahriga ko`chirildi. XVIII asr o`rtalarida Eron shohi Nodirshoh qo`shinlari, keyinchalik turkmalarning yovqut qabilasi hujumi oqibatida shahar vayron qilingan edi. Xiva xoni Muhammad Amin inoq hukmdorligi davrida (1770 – 1790) turkmanlarning yovmut qabilasi qo`shinlari tor – mol etilgan va Xiva shahri qayta teklangan. XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. Bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan. Shahar me`moray ansanbili yaxlitligi jihatdan O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu ansanbilning ichida dastlab Ichan qal`a (ya`ni ichki qal`a; shahriston) bunyod etilgan. Ichan qal`ada – xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Ichan qal`aning umumiy maydoni 26 gektar. Devorning uzunligi 2200 metr. Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan. Xiva shahrida joylashgan me`moray yodgorlik Sayid Aloviddin maqbarasidir. Bu maqbara XIV asrda qurilgan edi. Shuningdek, Xivada ko`hna ark, masjidi jomi`, Oq masjid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg`ozixon maqbarasi, Ollohqulixon karvonsaroyi, Qutlug` Murod inoq madrassasi, Muhammad Amin inoq madrassasi, Ollohqulixon bunyod ettirgan 163 xonadan iborat Toshhovli saroyi va boshqalr muhim tarixiy me`morchilik yodgorliklari bo`lib, ular xivalik o`z kasbining ajoyib ustalari – naqqoshlar, toshganch, yog`och o`ymakorlarining mahoratini ko`z-ko`z qilib turadi. Bularning bari XVIII asr oxiri – XI asr boshlarida O`rta Osiyo me`morchilik san`atining qayta tiklanganligidan, bu borada ayniqsa Xiva xonligi me`morlari dong taratganligidan dalolat beradi. Xiva nafaqat O`rta Osiyoda, ayni paytda dunyoga ham mashhur shahar. Buning isboti – 1997 – yilda YUNESKO qarori bilan shu shahar 2500 yilligi nishonlanganligidir. Bugungu avlod o`z ota-bobolarning madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Xiva xonligining yana bir yirik shahari – Ko`hna Urganchdir. Bu shaharga asos solinganiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim karvon yo`llari kisishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlanga. XVI – XIX asrlar faqatgina o`zoro urushlar, ichki urushlar, nizolar va toji taxt talashuvlari tarixidangina iborat bo`lmay, bu davrlarda ham xonliklarda madaniy hayot to’xtab qolmadi. Hatto, toji taxt uchun, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun qo`shnilarninghududlarini bosib olish uchun ayovsiz kurashgan hukmdorlar orasida ham ijod bilan shug`illangan, ilm-fan va adabiyot ahliga homiylik qilgan, o`z davlatlari tarixini yaratgan hukmdorlar ham bo`lgan. Masalan, Abdulaxon, Ubaydilloxon II, Subhonqulixonlar; Xiva xoni Abdulg`ozixon; Qo`qon xoni Umarxon shular jumlasidandir. Uchala xonlik xalqlarini ma`naviy hayotda birlashtirib turgan kuch o`zbek tili bo`ldi. Ayni paytda davlat idora ishlarida fors tii ham qullanilgan. Ijtimoiy hayota o`zbek va fors tillari qo`llanilgan. An`anaga ko`ra esa fanda va maktabda arab tili muhim o`rin tutgan. Madrasalar uch (boshlang`ich, o`rta va yuqori) bosqichli bo`lib, ularda arab, fors va o`zbek tili mukammal o`rgatilgan. Shuningdek, fiqh, hisob, handasa, astranomiya, axloq, falsafa, antiq, adabiyot, geografiya, tarix tabobat o`qitilgan. Bu bayram dastlab YuNESKO ning Parijdagi Bosh qarorgohida boshlandi. Xiva shahrining Ark maydonida 1997 yil 20 oktyabrda o’tgan teatrlashgan tomosha o’z mohiyati, tarixiy falsafiy teranligi (muallif O.Matjon, rejissyor Rustam Hamidov, bastakor Rustam Abdullayev) bilan e’tiborga molik. Unda shahar tarixi umumlashgan badiiy sahnaviy yechimlarda taqdim etilgan. Massagetlar malikasi To’marisning chavandoz qizlar qurshovidagi shiddatli va keskin harakatlarga boy raqslarida vatan mustaqilligi uchun olib borgan kurashi mujassam etilsa, Xiva shahri haqidagi rivoyat asosidagi “Farishtalar raqsi”da tariximizning o’qilmagan sahifalari qayta jonlandi. Xivaning qutlug’ bayramiga kelgan mehmonlar – vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillari bayramona bezatilgan ark maydonidan joy oldilar. Yig’ilganlar nigohida shahar sehru sinoatidan hayrat, qalbida hayajon: guyo ular shu onlarda olis moziy bag’rida turgandek. Badiiy lavhalarida Xorazm ahlining jo’shqin va jozibali san’ati yana bir karra namoyon bo’ldi. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanalar shodu xurramlik bilan ko’tarinki ruhda o’tdi.
2009 yil 2-10 aprel kunlari YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan yubiley tantanalari bo’lib o’tdi. 2009 yil 26-27 mayda Toshkent shahrida “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi. 2009 yil 1-sentyabrda YuNESKO ishtirokida Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahrining 2200 yilligi oldidan

Xulosa
Mamlakatimiz poytaxtida juda katta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shaharning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga doir belgilangan tadbirlar amalgam oshirildi. Jumladan, Toshkentning qadimgi Mingo’rik shahar xarobasining qoldiqlari konservatsiya qilindi; Ko’kaldosh madrasasining kirish peshtoqi va old qismi sathi, Suzukota maqbarasi ta’mirlandi; “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilishining 2-navbati tugallandi; Yoshlar ijod saroyi, Toshkent Islom universitetining yangi o’quv binosi qurildi; “Paxtakor” markaziy stadioni to’la rekonstruksiya qilindi; Amir Temur shohko’chasi, Abdulla Qodiriy, Parkent, Shahrisabz, Taraqqiyot ko’chalarida keng ko’lamda rekonstruksiya ishlari olib borildi, Toshkent shahar markazida eng muhtasham “O’zbekiston” anjumanlar saroyi qad ko’tardi va shaharning yangi kuranti qurildi.


Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008. 141 b.


[2] Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T.: 2008. 140 b
1 «Guliston», 1998, №2, 5-bet.
[3] Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. 136-bet.
Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling