O’zbekistoning yangi tarixi Tayyorladi: Qiyomiddinova Lobar
Download 111.32 Kb.
|
11-mavzu (4) Lobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- U Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan
- Qiyomiddinova Lobar Tomonidan yaratildi. Ustoz: Muminov U.R.
O’zbekistoning yangi tarixi Tayyorladi: Qiyomiddinova Lobar11-Mavzu: O`zbekiston va jahon hamjamiyati. Reja
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. U Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi O‘zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq, respublika tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi. AQShning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud. O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida yaratilgan. Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an’anaviy keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy tashriflari (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 14 ta doirasi o‘tkazilgan. O‘zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo‘lgan rasmiy tashriflari o‘zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O‘zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi. Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo‘lib o‘tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo‘lib o‘tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o‘tkazilgan. Turkiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o‘rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O‘zbekiston elchixonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.). Qiyomiddinova Lobar Tomonidan yaratildi. Ustoz: Muminov U.R.Download 111.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling