O’zbekistoning yangi tarixi Tayyorladi: Qiyomiddinova Lobar


Download 111.32 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi111.32 Kb.
#1036600
Bog'liq
11-mavzu (4) Lobar

O’zbekistoning yangi tarixi Tayyorladi: Qiyomiddinova Lobar


11-Mavzu: O`zbekiston va jahon hamjamiyati.
Reja
  • O`zbekiston tashqi siyosati prinsiplari
  • O‘zbekiston Respublikasi va amerika davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar
  • O‘zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
  • O‘zbekiston Respublikasining osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi
  • O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari va Gruziya bilan hamkorigi
  • O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi ishtiroki
  • O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) faoliyatidagi ishtiroki
  • O‘zbekiston republikasi va birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) o‘rtasidagi hamkorlik
  • O‘zbekiston Respublikasining BMTning ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari
  • O‘zbekiston Respublikasining bmtning bolalar jamg‘armasi (unicef) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.

U Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • - mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
  • - Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
  • - jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
  • - O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
  • - mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish;
  • - milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;

O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi
O‘zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq, respublika tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi.
AQShning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud.
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida yaratilgan.
Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an’anaviy keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy tashriflari (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 14 ta doirasi o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo‘lgan rasmiy tashriflari o‘zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O‘zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo‘lib o‘tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo‘lib o‘tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o‘tkazilgan.
Turkiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o‘rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O‘zbekiston elchixonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).

Qiyomiddinova Lobar Tomonidan yaratildi. Ustoz: Muminov U.R.


Download 111.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling