O‘zbekistonning agrosanoat majmui
Rеspublika qishlо q хo’jaligida fоydalanilayotgan yеrlar va ularning
Download 170.5 Kb.
|
agrosanoat majmui
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irrigasi ya .
- O‘simlikshunoslik.
- Paxtachilik.
- G‘allachilik.
Rеspublika qishlо q хo’jaligida fоydalanilayotgan yеrlar va ularning
taqsimоti
Irrigasiya. O‘zbekiston hududida sug‘orish ishlari qadim zamonlardan boshlangan. Xorazmda miloddan ancha oldin sug‘orish inshootlari qurilganligi ma’lum. Bunday inshootlarni qurish o‘rta asrlarda ayniqsa avj olgan. Bu davrda O‘rta Osiyoda ilm-fan va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan edi. Bunga Samarqand viloyatidagi Abdulloxon Bandi tug‘onini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu inshoot o‘sha zamonlarda O‘zbekistonda sug‘orish usullari ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tug‘ondan suv yopiq ariq sopol quvurlarda oqib chiqqanligi va ekin maydonlariga taralganligi shundan dalolat beradi. Cho‘lli yo‘llarda sardobalar qurilgan ularning ayrimlari Samarqand va Buxoro viloyatlarida saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda Toshkent viloyati hududida Buzsuv, Zax, Surxondaryo hududida Zang, Zarafshon vodiysida Dargon va boshqa ariqlar qurilgan. Bu davrda suvni chig‘iriqda baland yerlarga chiqarib berish ham keng yoyilgan. O‘zbekiston yer fonlariga qo‘yidagilar kiradi. (ming gektar) 2005 yil Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan jami yerlar -25687.4 Shu jumladan haydaladigan yerlar -4279 Sug‘oriladigan obikor yerlar -3296.3 Bahorikor (lalmikor) yerlar -752.7 Yaylov-pichanzorlar -21215.7 Bog‘lar-tokzorlar va ko‘p yillik o‘simliklar -338.8 O‘simlikshunoslik. O‘simlikshunoslik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lib, qishloq xo‘jalik mahsulotining 4/5 qismini yetkazib beradi. O‘zbek xalqi dehqonchilik, bog‘dorchilik xususan obikor dehqonchilik sohasida ko‘p asrlar mobaynida boj tajriba to‘plagan. Respublikada yer, suv resurslarida oqilona foydalanish dehqonchilik mahsulotini ko‘paytirishning asosiy omili hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida obikor dehqonchilikni rivojlantirish ko‘proq sug‘orish irrigasiyaga bog‘liqdir. Irrigasiya ekinlaridan barqaror hosil olishning asosiy sharti bo‘lib, u iqlimga uning injiqliklariga qaramlikdan qutqaradi. Obikor dehqonchilik yerlarining 2/3 qismida texnika ekinlari yetishtiriladi. O‘zbekiston o‘simlikshunosligining ixtisoslashishi agroiqlim resurslariga bog‘liqdir. Adir tog‘ mintaqasi asosan lalmi dehqonchilik va bog‘dorchilikka, obikor dehqonchilik mintaqasi qimmatbaho texnika ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Paxtachilik. Respublika qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lib, tovar mahsulotining asosiy qismini yetkazib beradi. O‘zbekiston paxtachiligi dunyoda paxta ekiladigan mintaqalarning eng shimoliysi hisoblanadi. Shunga qaramay bu yerda dunyoda paxtadan eng yuqori hosil (gektaridan 31 s.) yetishtirilmoqda. Tabiiyki, mamlakatda paхta maydоnini qis qartirish su g’оriladigan zоnada bu g’dоy еtishtirishning gеоgrafiyasini kеskin ko’paytirish bilan bо g’li q kе chdi. O’z navbatida, paхta chilikni intеnsiv rivоjlantirish masalasi uning yu qоri hоsildоrligini sa qlab qоlish bilan bо g’li q ravishda ta’minlanmо qda O’zbеkistоnda paхta еtishtirishning o’sishi
O‘zbekistonda paxtachilik xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lib, paxta sanoat majmui tarkib topgan. Respublikada yengil va oziq-ovqat sanoati hamda kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari paxtachilik xom ashyosi asosida ishlaydi. O‘zbekiston paxtachiligi MDHdagina emas balki keng xalqaro miqyosda ham kata ahamiyatga egadir. O‘zbekiston paxta yetishtirishda dunyoda Xitoy, AQSH va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadi. Paxtachilik o‘lkamizda uzoq tarixga ega ayrim mutaxassislarning fikricha paxta 5 ming yildan beri ekilar ekan. O‘zbekistonda paxtachilik 1 butun agrotexnika majmuini amalga oshirish yo‘li bilan rivojlantirmoqda. Respublika viloyatlarining paxtachilikdagi hissalari bir-birlariga yaqinlashib qoldi. Hozirda Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida yiliga 500 ming tonna atrofida paxta tayyorlanmoqda. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa 200 ming tonnadan 400 ming tonnagacha paxta yetishtirilmoqda. Buni qo‘yidagi jadvaldan ko‘rish mumkin. Ayniqsa ingichka tolali paxta yetishtirish tez rivojlanmoqda. Bu paxta asosan Surxondaryo, shuningdek Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida yetishtirilmoqda. Bu paxtani ko‘paytirish paxtachilikdagi muhim vazifalardan biridir. О‘zbekistondа pаxtаchilikning о‘sishi.
Paxta ekin maydoni keyingi yillarda qisqardi 1980 yili 2 mln.gektar yerga paxta ekilgan bo‘lsa, u 1991 yilda 1.7 mln.ga yerga ekildi. Endilikda paxtani almashlab ekish tizimi keng amalga oshirilmoqda, natijada yem-xashak va oziq-ovqat yetishtirish ko‘paymoqda. Paxtachilik soxasidabir qancha muammolar turibdi. Ulardan eng muhimlari paxta tolasini yaxshilash, serhosil va tez pishar paxta navlarini yaratish, qori unumli texnikadan foydalanish asosida mahsulot tannarxini kamaytirish va xokazo. O‘zbekistonning iqlim sharoiti paxtadan boshqa texnika ekinlarini ham yetishtirish imkonini beradi. Respublika muhim texnika ekini-kanop yetishtirishda ancha yutuqlarga erishdi. Kanop O‘zbekistonda 1940 yildan buyon yetishtirilmoqda. Samarqand viloyatining Urgut va qo‘shni rayonlarida tamaki yetishtirilmoqda. Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida zig‘ir hamda kunjut yetishtirish ko‘payib bormoqda. G‘allachilik. 1930 yillarga cha O’zbеkistоn i qtisоdiyoti va ayni qsa, uning qishlо q хo’jalik ishlab chi qarishida g’alla va birin chi navbatda, bu g’dоy va arpa еtishtirish mu him a hamiyat kasb qilgan. Birо q sоbi q Ittifо qda “Paхta musta qilligini ta’minlash” shiоrining o’rtaga qo’yilishi va uning hal qilinishi va kеyin chalik paхta yakka hоkimligining qarоr tоpishi rеspublikada g’alla еtishtirishni ikkin chi darajali vazifaga aylantirib qo’ygan edi. G‘alla aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. G‘alla O‘zbekistonda obikor va lalmikor mintaqalarda yetishtiriladi. Obikor yerlarda asosan makkajo‘xori,bo‘g‘doy va sholi yetishtiriladi. Respublikada bug‘doyning 2/3 qismi bahorikor yerlaridan olinadi. Makkajo‘xori chorvachilikda juda muhim ozuqadir. Oqsil va vitaminga boy bo‘lgan bu ekin mollarni tez semirtiradi va sersut qiladi. Makkajo‘xori respublikaning barcha viloyatlarida ekiladi. O‘zbekistonda 18 ixtisoslashgan makkajo‘xorichilik shuro xo‘jaligi tashkil etilgan. Makkajo‘xori paxta bilan almashib ekiladi. Hozir jumhuriyatimizda yiliga o‘rta hisobda 2 mln.tonna don yetishtiriladi. Shuning choragini makkajo‘xori tashkil qiladi. O‘zbekiston g‘allachiligidagi sholikorlik ham muhim o‘rin tutadi. Sholi qimmatli oziq-ovqat ekinidir. Aholining moddiy farovonligi oshgan sari sholiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. O‘zbekistonning iqlim suv sharoitlari sholi yetishtirish uchun qulay. Bu ekin tinmay sug‘orishni talab etadi, shuning uchun u jazirama issiq bo‘ladigan daryo buylarida sho‘r bosgan ortiqcha yerlarga ekiladi. G’alla ekinlaridan mo’l- hоsil еtishtirish оmillaridan biri yaхshi va rayоnbоp navdir. Mamlakat g’alla chiligida (uning su g’оriladigan zоnasida) g’allaning qilti qsiz (bеzоstaya), “Unumli bu g’dоy”, “Sеtе TSеrrоs”, “Sanzar-4”, “Intеnsiv”, “Sanzar-8”, “ Qarshi-7”, “Zafar”, “YOnbоsh”, lalmi еrlarda “ Qizil SHalоla”, “Surхоn-5688”, “O’zrоs-7-13”, “Tоlmas” kabi navlari ekildi. Ekilayotgan bu g’dоy navlaridan su g’оriladigan zоnaning iхtisоslashgan хo’jaliklarida 40-50 tsеntnеrga еtkazib hоsil оlinmо qda. SHuning u chun ham rеspublika g’allakоrlari оldiga su g’оriladigan maydоnlarda gеktaridan o’rta cha 30-35 tsеntnеrdan, lalmikоr еrlardan 9-12 tsеntnеrdan hоsil еtishtirish asоsiy ma qsad qilib qo’yilgan. Ushbu ma qsadning amalga оshirilishi esa mamlakat g’alla musta qilligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan maxsus sholikorlik shuro xo‘jaliklar tashkil qilindi, asosiy sholikorlik Qo‘yi Amudaryo (KK va Xorazm viloyatlari)da joylashgan. Birgina Qoraqalpog‘istonda ixtisoslashtirilgan shuro xo‘jaliklari soni 19 taga yetdi. Bug‘doy va arpa O‘zbekistonning lalmikor yerlarida yetishtiriladi. Adir mintaqasining yuqori va tog‘ mintaqasining past qismlarida bahorikor dehqonchilik qilinadi. “G‘allaorol-1” shuro xo‘jaligi katta maydonda g‘alla ekib, yuqori hosil yetishtirib kelmoqda. Bu xo‘jalikda bahorikor dehqonchilik madaniyati yuqori va ilg‘or agrotexnika tadbirlari muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Bu xo‘jalik lalmikor dehqonchilikning ilg‘or tajriba maktabi bo‘lib qoldi. Respublikada anchagina maydonlarda no‘xat, loviya, mosh, tariq kabi an’anaviy ekinlar ham yetishtiriladi. Bularning ko‘p qismi yordamchi shaxsiy xo‘jaliklardan olinadi. Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling