O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (INDR)
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (INDR)
BMT ning taraqqiyot dasturi 1965 yilda tashkil etilgan. U jahonda katta dastur hisoblanib, dunyoda insoniyatning barqaror rivojlanishi uchun har tomonlama faoliyat olib boradi. U BMT tizimi tomonidan ko'rsatiladigan texnik yordamning katta qismini koordinasiya kiladi. BMT taraqqiyot dasturi oldida uchta muhim vazifa turadi:
Inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirishni ta'minlash uchun BMT ini qudratli, jipslashgan kuchga aylantirishga ko'maklashadi. Ixtiyoridagi imkoniyatlarni inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirishni ta'minlaydigan bosh vazifalarni xal etish uchun to'plash, kambag'allikka barham berish, ish o'rinlarini yaratish va Xotin-qizlar ahvolini yaxshilash; Inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirish uchun muhim resurslarni taqdim etish;
BMT taraqqiyot dasturi 174 rivojlanayotgan mamlakat xududlarida joylashgan o'zining 132 bo'limi orqali xukumatlar, tashkilotlar va aholisi bilan xamkorlikda ish yuritadi. BMT taraqqiyot dasturining ichki mablag'laridan 90 foizi, dunyodagi kambag'al axolining 90 foizi yashaydigan 66 mamlakatga sarflanadi. BMT taraqqiyot dasturining sakson besh foiz xodimlari yordamga muhtoj bo'lgan – rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaydilar. BMT taraqqiyot dasturining moliyaviy mablag'i asosan ixtiyoriy badallar evaziga to'planadi. 1997 yilda bu badallar ichki mablag'ning 760 million dollarini tashkil etdi. Bundan tashqari moliyalashtirishning boshqa mablag'laridan, dastur ixtiyoridagi jamg'armalardan 1,4 milliard dollar kelib tushadi. BMT taraqqiyot dasturi o'zi bilan aloqalar bir necha jamg'armalarni boshqaradi. Ular orasida qo'yidagilar bor: Birlashgan Millatlar Tashkilotining kunchillilar dasturi; Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlar borasidagi taraqqiyot jamgarmasi (YUNIFEM); Ko'rgokchilikka va saxroga aylanishga qarshi kurash boshkarmasi; BMT kapital rivojlanish jamg'armasi; BMT ning taraqqiyotga erishish maqsadidagi fan va texnika jamg'armasi; BMT ning tabiiy resurslarni yangilash bo'yicha jamg'armasi BMT taraqqiyot dasturi rahbariyatni boshqaruv kengashining 36 a'zosi tashkil etadi, ular rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlar vakillaridir. Nashrlari ichida eng kattasi har yili chiqadigan “Inson taraqqiyoti to'g'risida ma'ruza”. Boshqaruvchi: janob Djeyms Gustav Spet (AKSH) Bosh qarorgoh: Nyu-Yorkda (AKSH) Internet: www.und.ford
Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling