O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muxofaza etish dasturi


Download 219.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana08.01.2022
Hajmi219.99 Kb.
#238793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Akmaljon Abdurasulov

Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muxofaza etish dasturi. 

(YUNEP) 

 

   



BMT ning atrof muhit dasturi (YUNEP) ga 1972 yilda asos solingan. Uning 

tashkil etilishidan mAqsad mamlakatlar va xalqlar turmush darajalarini kelgusi avlod  

uchun zarar yetkazmaydigan tarzda yaxshilashni kuzda tutuvchi imkoniyatlar yaratish 

yo'li  bilan  atrof  muhitga  ehtiyotkorlik  bilan  muomala  qilish  bo'yicha  rahbarlikni 

ta'minlash va sherikchilikni rag'batlantirishdir. 

   


Atrof  muhitni  muhofaza  qilishda  YUNEP  bosh  organ  sanalib,  global 

ekologik  dasturni  ishlab  chiqadi.  BMT  tizimida  tabiatni  asrash  jabhasining  barqaror 

rivojlanishi  uchun  izchil  ravishda  faoliyat  ko'rsatadi  va  butun  yer  kurrasida  tabiatni 

ximoya qilishga astoydil ko'maklashadi. 




   

YUNEP  ning  bosh  vazifalari  –  odamlar  istiqomat  qiladigan  global  muhit 

xolatini  urganish,  atrof-muhit  xolatini  urganish,  atrof-muhitdagi  o'zgarishlarni 

baholab  qulay  sharoitda  ogohlantirish  va  atrof  muhit  uchun  xavf-xatar  tug'ilganda 

yo'l-yo'riqlarni  ishlab  chiqish,  konvensiyalarni  o'zaro  muvofiqlashtirish,  ekologik 

muammo    paydo  bo'lganda  zudlik  bilan  kelishilgan  xalqaro  me'yor  va  qoidalarni 

amalga oshirishga ko'maklashish;  tabiatni muxofaza qilish faoliyatini BMT doirasida 

koordinasiya  qilib  turish;  global  ekologiya  jamg'armasi  mablag'larini  taqsimlash 

bo'yicha  muassasalarni  o'z  majburiyatlarini  bajarishga  undash;    ekologik  ta'limni 

rag'batlantirish  va  bunga  jamiyatning  barcha  qatlamlarini  jalb  qilish;  fan  olami  va 

siyosiy qaror qabul qilish uchun shaxslar  bilan amaliy aloqalar urnatish; bu boradagi 

siyosatni  ishlab  chiqishga  yordam  berish    va  muhim    masalalar  bo'yicha  tegishli 

institutlarni  tashkil  etish    xususida  xukumatlar  o'amda  tashkilotlar  bilan 

maslaxatlashishdan iboratdir. 

   

YUNEP  ning  1996-1997    yilarga  mo'ljallangan    ish  rejalaridan    tabiiy  



resurslardan  foydalanish  va  uni  oqilona    boshqarishni  tashkil  etish;  ekologik 

xavfsizlik,  ishlab  chiqarish  va  iste'foda  etish;  insonlar  salomatligi  va  farovonligini 

barqaror etish maqsadida atrof-muhitni yaxshilash; iqtisodni globallashtirish va atrof 

muhit muhofahasi kabi masalalar joy olgan. 

   

YUNEP  ning asosiy nashrlaridan  biri – ikki yilda bir marta chop etiladigan  



“Jahon atrof-muhit muhofazasining istiqboli” sharhidir. Bu nashrda xududiy ekologik 

muammolar  tahlili  va  ularni  xal  etish  strategiyasi,  shuningdek  tabiatni  muhofaza 

qilishda  kelajakda  matematik  modellashtirishdan  foydalanish  istiqbollari  bilan 

tanishtiriladi. 

   

YUNEP  xukumatlarni  maqsadli  jamg'armalarini  jalb  etishdan  ixtiyoriy 



tarzda    tushgan  badallar  hisobiga  tashkil  etilgan  Iqtisodiy  jamg'arma  tomonidan    va 

BMT  doimiy    byudjetidan  ajratilgan  kichik  miqdordagi  pul  mablag'lari  evaziga 

moliyalashtiriladi. 1996 va 1997 yillardagi byudjet 90 va 105 million dollarni tashkil 

etdi. 


   

YUNEP ning rahbar organi 58 mamlakat vakillaridan iborat boshqaruvchilar 

kengashidir, ular har yili to'planadilar. 



   

Ijrochi direktor: janob Klaus Topfer (Germaniya ) 

   

Bosh qarorgoh: Nayrobi (Keniya) 

   

Internet:   www.unep.org  

 


Download 219.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling