O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg'armasi (YUNISEF)


Download 219.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana08.01.2022
Hajmi219.99 Kb.
#238793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Akmaljon Abdurasulov

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg'armasi (YUNISEF) 

 

 

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Bolalar  jamg'armasi  (YUNISEF)  BMT 



tarkibidagi  butun  faoliyatini  bolalarga,  ularning  ximoyasiga,  Bolalar  huquqlari 

konvensiyasi 

doirasida 

ularning 

rivojlanishi 

va 


hayot 

kechirishlariga 

bag'ishlaydigan yagona tashkilotdir. Yevropada urushdan keyin favqulodda bolalar 

ehtiyojlarini  qondirish  uchun  Bosh  assambleya  tomonidan  1948  yilda  tashkil 

etilgan  Ushbu  jamg'arma  bugungi  kunda  ayniqsa  rivojlanayotgan  davlatlarda 

bolalar  hayotini  har  tomonlama  yaxshilashga  qaratilgan  dasturlarni  qo'llab-

quvvatlamokda.  U  1989  yilda  Bosh  Assambleya  tomonidan  yuz  foiz  ovoz  bilan 

qabul qilingan  va  qariyib  bir vaqtda  ratifikasiya  qilingan  Bolalar  huquqi haqidagi 

konvensiyaning  to'laligicha  amalga  oshirilishiga  yordam  beradi  va  1990  yilda 

Butunjahon  Oliy  darajadagi  uchrashuvida  bolalar  manfaatlari  borasidagi 

masalalarni 2000 yilda hal etishni o'z oldiga maqsad qilib quygandir. 

 

YUNISEF  BMT  ning  boshqa  muassasalari,  xukumat  va  noxukumat 



tashkilotlari  bilan    xamkorlikda  va  butunjahon  periferiya  tarmog'i  orqali  jamoa 

darajasida  birinchi  tibbiy  yordam,  oziq-ovqatlar,  boshlang'ich  ta'lim,  suvlarni 

tozalash  va  sanitariya  shart-sharoitlarini  yaxshilash,  gender  tengsizligini  bartaraf 

etish  va  taraqqiyot  sohasida  arzon  ko'mak  ko'rsatish  bo'yicha  dasturlarga 

ko'maklashadi.  U    inson  huquqlarining  bolalarga,  ayniqsa  qiz  bolalarga  nisbatan 

amal  qilinishi  tarafdori.  Shuningdek  YUNISEF    shoshilinch  yordam  ko'rsatishni 

davom ettiradi va favqulodda xodisalar yuz berganda tiklash ishlarini olib boradi. 



 

YUNISEF 1965 yilda xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 

 

YUNISEF  36  kishidan  iborat  Ijroiya  kengash  tomonidan  boshqariladi. 



Ijroiya  kengash  siyosatni  belgilaydi,  dasturlarni  ko'rib  chiqadi  va  byudjetni 

tasdiqlaydi.  YUNISEF  tarkibidagi  6200  dan  ortiq  xodim  113  mamlakatdagi  242 

joyda  ishlaydilar.  Ularning  84  foizi  bevosita  rayonlarda  shug'ullanishadi, 

qolganlari  Nyu-Yorkdagi  bosh  qarorgohda,  Kopengagen  va  Florensiyada, 

shuningdek    Jenevadagi  BMT  xududiy  bo'limida  mehnat  qiladilar.  YUNISEF  

to'ligiga  xukumatlar  va  noxukumat  ixtiyoriy  badallariga  tayanadi:  jamg'armaning  

30 foizdan ortiq, daromadi noxukumat va xususiy manbalardan tushadi. 1997 yilda 

umumiy  daromad  902  million  dollarni  tashkil  etdi.  Dasturni  amalga  oshirishning 

umumiy sarfi 822 million dollar jami xarajatlarning 89 foizini tashkil etdi, buning 

33 foizi, ya'ni dastur sarfining katta qismi bolalar salomatligini saqlashga ketadi. 

 

Jamg'arma bosh nashrlari “Jahonda  bolalar ahvoli” va “Millat taraqqiyoti”. 



Ijrochi direktor: xonim  Kerroll Bellami (AKSH) 

Bosh qarorgoh:  Nyu-Yorkda 

Internet:   www.unicef.org  

 


Download 219.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling