O’zbekistonning eng yangi tarixi 2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Download 240.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу. Энг янги тарих e05bbc95cd7e219fd810dc1bfa1f0b7c
1991 yil avgust voqealari:
1991 yil 19-21 avgust kunlari sobiq ittifoqni saqlab qolishga tish-tirnog`i bilan harakat qilgan qora kuchlar Moskvada harbiy to'ntarish qilib, hokimiyatni qo'lga olish maqsadida GKCHP - favqulodda holat davlat qo'mitasini tuzib, amalda o'zlarining demokratiya, oshkoralik, jamiyatni yangilash, islohotlarga, umuman halqqa qarshi ekanliklarini ko'rsatdi. Moskva va boshqa bir necha yirik shaharlariga qo'shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi Ular ittifoqda yashovchi barcha halqlarga mustaqillik bermaslikka, mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolishga urinishdi. 1991 yil avgust voqealari amalda SSSRning chuqur tanazzuli edi. Mamlakatdagi demokratik kuchlar GKCHP faoliyatiga chek qo'yib, hukmron partiya - KPSS faoliyati to'htatildi. O'zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstituciyaga qarshi davlat to'ntarilishini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi ig`vokorona harakatlarga uchmaslik uchun o'zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O'zbekiston o'z nuqtai nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan beriladigan qonunga xilof bo'lgan har qanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi. O'sha paytda O'zbekiston rahbari davlat viziti bilan Hindiston safarida edi. U safardan qaytgach, 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda O'zbekiston nuqtai nazarini ma'lum qildi. 20 avgustda O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma majlisi bo'ldi. Unda O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish yo'li qat'iy ekanligi ta'kidlandi. O'zbekiston Prezidenti Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo'mitasining g`ayrikonstituciyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko'rsatmalari noqonuniy, deb e'lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya'ni markaz va respublikalar o'rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo'qotgan, har bir respublika o'z holiga tashlab qo'yilgan bir sharoitda tarihiy vaziyatni to'g`ri baholagan I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. 21 avgustda fitnachilar mag'lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda xolat davlat qo'mitasi (GKCHP) a'zolari qamoqqa olindi. Mazkur holat KPSSning 1991 yil yozidagi umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy xolat edi.
Download 240.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling