O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021


Download 1.14 Mb.
bet23/43
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461633
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
2022 OZB tarix maruza matni

Soliq tizimidagi islohotlar. Davlatning soliq siyosati mazmunan keng va boshqa iqtisodiy-moliyaviy siyosat turlari bilan bog’langanligi uning murakkab jarayonlarni qamrab olishini ifodalaydi. Aslida soliq siyosatining yadrosini jamiyatda ishlab chiqilgan yalpi milliy (ichki) mahsulotning va yangidan yaratilgan qiymat-milliy daromadning qancha qismini davlat manfaatlari yo’lida markazlashtirilgan pul fondlari (asosan davlat byudjeti)ga jalb qilish masalasini hal etish yotadi. Mana shu masalaning hal etilishiga qarab fiskal va byudjet siyosatining yo’nalishlari aniqlanadi. Agar, davlat milliy daromadni qayta taqsimlashda iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash maqsadida soliq yukini haddan tashqari kamaytirsa, u holda davlat byudjet siyosatini ham shunga moslashtirish zarur bo’ladi. O’z navbatida byudjet daromad manbalarini bilan shug’ullanuvchi fiskal siyosatning mazmuni ham shunga bog’liq bo’ladi. Agar davlat milliy daromadning byudjetga jalb qilinadigan qismini oshiradigan bo’lsa, u ishlab chiqarish sohasidagi takror ishlab chiqarish jarayonining holatiga, u yerdagi investision jarayonga ta’sir qilishi bilan
birgalikda monetar, fiskal va byudjet siyosatiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida Davlat soliq organlari haqida»gi qarori mamlakat hayotida muhim voqyea bo’ldi. Amalda shu qaror asosida O’zbekistonda eng zamonaviy shaklda, butunlay yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 12 avgust «Soliqchilar kuni» deb e’lon qilindi va u kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasining davlat solik bosh boshqarmasini O’zbekiston Respublikasining soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi Farmoni soliq tizimini mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab berdi. O’zbekiston soliq organlari 1991 yilda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonun, 1995 yil 22 dekabrda ushbu qonunga kiritilgan o’zgartirishlar, 2008 yilda yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda. Ushbu qonun hujjatlarida umumiqtisodiy hisoblangan soliqqa tortishning to’rt tamoyiliga asoslaniladi:
1. Daromad manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlarni soliqqa tortishning majburiyligi.
2.. Mahalliy hokimiyatlar imkoniyatini hisobga olgan holda butun mamlakatda yagona umumdavlat soliq siyosatini olib borish.
3.Korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik masalalarni hal etayotganligini hisobga olib, ularni manfaatdor qilish maqsadida imtiyozlar berish orqali soliqing manfaat keltiruvchilik rolini ta’minlash.

  1. Soliq to’lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan moliyaviy nazorat o’rnatish. Bu tamoyil soliq idoralarining bosh vazifasi bo’lib qolmoqda.

Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarilib, savdoda ilgari to’lab kelingan uchta to’lov o’rniga esa yagona soliq to’lovi joriy etildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklarasiya qilish tartibi joriy qilindi.
2008 yildan keiyngi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu ko’rsatkichning 5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag’batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017-2021 yillarda O’zbeyekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Oxirgi yigirma yil davomida davlat byudjeti prognoz ko’rsatkichlarining yillik oraliq farq ko’rsatkichlari o’rtacha 3–3,5 trln. so’mdan ortiq bo’lgan. O’z navbatida agar oxirgi 15 yillik davrda davlat byudjetiga soliq tushumlari prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishga e’tibor beradigan bo’lsak, 2012 va 2015 yillarda o’rtacha 0,8 %ga, 2011 yilda 5,4 %, 2014 yilda 5,1 %ga ortig’i bilan bajarilgan bo’lsa, 2017 yilda esa bu ko’rsatkich 11,7 %ga teng bo’lgan. Ta’kidlash joizki, bu jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo’lgan davrdan buyon eng yuqori ko’rsatkich 2018 yilga tegishli bo’lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga soliq tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so’m qilib belgilangan bo’lsa, dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko’ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan, bu esa qariyb 20 %ga ortig’i bilan bajarildi. Oxirgi ikki yildagi prognoz ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishining asosiy sabablari sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, farmoni, 2018 yil 29 iyundagi «O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risida»gifarmoni, 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi bo’yicha soliq ma’murchiligining yanada takomillashtirilishi va soliqlarni undirish mexanizmlarining soddalashganligini keltirish mumkin.
2019 yil 1 yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat’i nazar, tovar aylanmasi 1 milliard so’mdan yuqori bo’lgan subektlar umumbelgilangan soliq to’loviga o’tdi. Chunki yagona soliq to’lovchi bilan umumbelgilangan soliq to’lovchilar o’rtasida soliq yukidagi farq haddan tashqari yuqori bo’lib, bu kichik biznesning yiriklashuvini rag’batlantirmaydi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling