Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja
Download 52.99 Kb.
|
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja: O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar munosabati. 1.O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi. Vijdon erkinligi kishilarning biror dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. CHunki, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolliga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.SHuning uchun ham, bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifasi hoyat muhimdir. Uning mazmuni va darajasi har bir ijtimoiy tuzumda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Davlatimizning vijdon erkinligi borasida nuqai nazari ana shu qoidadan kelib chiqadi. Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31-moddasida o‘zining quydagicha qonun ifodasini topgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda mamlakatlarning Konstitutsiyasi va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy Dekloratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va diniy erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligi, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zgacha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini , ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi. Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi.SHu sababli ushbu Dekloratsiyada turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi , davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi. Vijdon erkinligi qandaydir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda,albatta, namoyon bo‘ladi.SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. SHuningdek, «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham, albatta nazarda tutish kerak. Vijdon erkinligi va e’tiqod hurligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoidalarni amalda ta’minlash maqsadida 1991 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. Unda mazkur o‘ta muhim hamda nufuzli huquqni ro‘yobga chiqarishning butun bir tizimi (mexanizmi) yaratilgan. Dastlab «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1991yili 14 iyunda qabul qilingan edi. Bu qonun demokratik dunyoviy davlatda dinning o‘rnini adolatli tarzda belgilab berishda dastlabki ijobiy qadam bo‘ladi. O‘zbekiston suveren davlatchilikni barpo etishning dastlabki etti yilida mazkur qonun beshak samarali rol o‘ynadi. Davlat idoralari bilan turli diniy konfessiyalar o‘rtasida demakratik tamoyillarga asoslangan huquqiy munosabatlarni shakillantirdi. Diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash asosida mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishga sezilarli hissa qo‘shdi. Mustaqillik yillari ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy- madaniy hayotda amalga oshirilgan ulkan islog‘otlar , o‘zgarishlar , yangilanishlar qatori vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatda ham davlatning adolatli siyosati o‘rnatildi. Dinning mamlakatda siyosiy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi o‘rni va rolini hisobga olib, yana bir bor vijdon erkinligiga e’tibor qaratish lozim deb topildi. 1998 yil birinchi mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida jamiyat rivojida din bilan bog‘liq muammolarga aniqlik kiritish va turli xavf- xatarlarning oldini olish uchun vijdon erkinligi qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Unda 1991 yilda qabul qilingan Qrnunga muayyan vaziyatdan kelib chiqib, qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Bu diniy bag‘rikenglikni ta’minlashmasalasini mustahkamladi. Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu Qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: “Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini , dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat”. Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo‘lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi , u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlanadi. 4- moddasida fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar , teng huquqligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik vatotuvlikni qo‘llab- quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga , xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti- harakatlarga , missionerlikka yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi. 7- moddada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturiga diniy predmetlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Qonunning keyingi boblarida esafuqarolarining diniy e’tiqod, urf- odat va marosimlarda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligi huquqining ta’minlanishi natijasida ko‘p millatli diyorimizda hech qaysi din vakillariningdiniy nafsoniyatlari kamsitilmaydi; diniy hissiyotlar avj oldirilmaydi; din fuqarolarning shu jumladan, yoshlarning ham ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Fuqarolar dinga munosabatlaridan qat’i nazar, ta’limning xilma- xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9- moddasida ko‘rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi. Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun- qoidani buzganlar qonun oldida javobgardirlar. SHuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling