Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja
Download 52.99 Kb.
|
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. DAVLAT VA DIN
Tayanch so‘zlar:
Vijdon erkinligi, e’tiqod, konfessiya, bag‘rikenglik, diniy tashkilot, diniy o‘quv yurtlari, diniy ta’lim, ibodat, mafkura, hurfikrlilik. Takrorlash uchun savollar: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida vijdon erkinligiga qanday munosabat bildirilgan? Vijdon erkinligi nima? Vijdon erkinligi Konstitutsiyaning qaysi moddasida ifodalangan? Diniy tashkilot deganda nimani tushunasiz? O‘zbekistonda diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganmi? Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlar olib boradi? 10.2. DAVLAT VA DIN O‘zbekiston qadimdan diniy ta’limotlar rivojlangan mamlakat bo‘lib, islomdan avval zardushtiylik va boshqa o‘nlab dinlar, mazhab, oqimlar mavjud bo‘lib kelgan. Islom G‘alaba qilgandan keyin, u nafaqat imon-e’tiqodimiz bo‘lib qoldi, balki milliy ma’naviyatimiz, milliy odatlarimizga ham chuqur ta’sir etdi. Islom tasavvuf ko‘rinishida Markaziy Osiyoda ma’naviy va G‘oyaviy birlashtiruvchi kuch sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Sohibqiron Amir Temurning sarbadorlar bilan birga mug‘ullarga qarshi olib borgan kurashida va undan keyingi markaziy davlat tuzish uchun olib borgan qizg‘in faoliyatida so‘fiylar faol ishtirok etgan. Tarixdan ma’lumki, Amir Temur islom dinini o‘ziga xos ravishda, mutaassiblikdan xoli, erkin e’tiqod deb tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo‘lmagan va bu jihatdan u nafaqat o‘z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham ibratlidir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakat aholisining ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, islom dini ravnaqiga keng yo‘l ochib berildi. SHu kabi boshqa din vakillari ham ateistik targ‘ibot zug‘umidan qutulib, emin-erkin ravishda diniy marosimlarini o‘tkazadigan bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston siyosatini belgilab berar ekan, dinga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtiradi. YUrtboshimizning ta’kidlashicha, «Din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan. Xudoga qarshi kurashganlarning ahvoli nima kechganini ko‘rdik. Endi bu xil besamar va quruq inkor yo‘li yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda katta ahamiyatga ega».1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18, 31, 57, 61-moddalarida insonlar uchun boshqa erk va huquqlar qatorida vijdon erkinligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik erki kafolatlangan. Davlatimiz din va vijdon erkinligiga katta e’tibor berib, xalqimiz ruhiyatiga mos keladigan imon-e’tiqod, adlu insof, diyonat, mehru oqibat, or-nomus, pokiza axloq belgilari bo‘lgan iffat, hayo, halollik, rostgo‘ylik kabi ezgu fazilatlarni rivojlantirish, mustahkamlashni asosiy vazifa qilib qo‘ydi. Bundan tashqari, Konstitutsiyamizda O‘zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroning manfaatlari, huquq va burchlari qonun asosida belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling