Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja
Vijdon erkiligi va diniy tashkilotlar
Download 52.99 Kb.
|
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
2. Vijdon erkiligi va diniy tashkilotlar.
Diniy tashkilot- diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z- o‘zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri hisoblanadi. Diniy tashkilotlarning eng muhim belgisi – ularning o‘z- o‘zini boshqarishidir, ya’ni , ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. Diniy tashkilotlarning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o‘z ustav(nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo‘lgan kamida 100 kishi a’zo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to‘lgandan keyin ma’lum diniy jamoaga a’zo bo‘lishi mumkin. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish , ibodat, rasm- rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar va b.) Diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav(nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ruyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan Diniy tashkilotlar tegishli viloyatlar,shuningdek, Toshkent shahar hokimiyati adliya boshqarmalari tomonidan ruyxatga olinadi. Diniy tashkilotlar o‘z mulklariga ega bo‘ladilar. Binolar, din bilan bog‘liq buyumlar , ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo‘ljallangan inshoatlar, pul mablag‘lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa mol- mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy mulkiy xayriyalardan , shuningdek, fuqarolardan tushgan mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi. Dinning jamiyatdagi o‘rni shakllanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi. YAngi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda. Mustaqillik yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din,dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini ham o‘z ichiga oladi. Binobarin O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. Mustaqillik yillarda vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. Ibodat, diniy rasm- rusum va marosimlar o‘tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3- moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini , boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erknligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Qonunda diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqli ekanliklari belgilangan. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarining ishchi- xizmatchilari bilan baravar soliq to‘laydilar, ijtimoiy ta’minlanish va sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda nafaqa olish huquqiga egadirlar. Qonunning 23- moddasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko‘rsatilgan. Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy roliga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar , mafkuralar va fikrlarning xilma- xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladilar. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda eo‘rsatilganidek, ular Konstitutsiya oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12- moddasida mamlakatimizda hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qayd etilgan.SHunga asosan hechqanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki ularga o‘z ta’sirinio‘tkazishga intilishi mumkin emas. Istiqlol yillari maboynida diniy e’tiqodimiz qadr topdi. SHo‘rolar davrida man etilgan masjidlar ochildi, yangilari qad ko‘tardi. Diniy bayramlarimiz, xususan Iyd- Ramozon va Iyd - Qurbon hayit bayramlari Prezident farmonlariga ko‘ra dam olish kunlari deb e’lon qilindi. YAratilgan imkoniyatlar musulmonchilikda yuksak e’zozlanadigan halollik , sahovatlilik kabi insoniy fazilatlarning kamol topishga xizmat qilmoqda. Ushbu mavzu bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot olish uchun quyidagi adabiyotlarni o‘qishingizni maslahat beramiz: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.T.,2012; O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni(yangi tahriri).O‘zbekistonning yangi qonunlari, T.,”Adolat”,1998; Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda.T.,1999; Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T.,1997; Karimov I. A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.T.,1992; Readon B. Bag‘rikenglik: tinchlik sari olg‘a.T., 2002; Xo‘jamurodov I.R.Bag‘rikenglik: davlat va din.2008;Xristian – Islom muloqati.T.,2003; Xo‘jamurodov I.R.,Abduraimova M.E. Siyosat,din va milliy o‘zlikni anglash.T.,2010. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling