Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja


Download 52.99 Kb.
bet5/8
Sana12.11.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1768281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

DIN MOHIYATIGA KO‘RA:
-imon-e’tiqod;
-shariat, marosim, amallar majmui;
-muqaddaslik (sakral) tafakkuri;
-axloqiy-ma’naviy tarbiya;
-diniy ilmlarni o‘z ichiga oladi va muayyan tizimga ega
totalitar (mutloq) mafkurani tashkil etadi.




DUNYOVIY DAVLAT o‘Z TABIATIGA K¡RA:
-demokratik tamoyillarga;
-sekulyar (dunyoviy) tafakkurga;
-mafkuralar xilma-xilligiga;
-xalq irodasiga tayanadi va hech bir mafkuraning mutloq
ustunligiga y¢l q¢ymaydi;

Bularning hammasi rivojlanayotgan hozirgi dunyoda dunyoviylik asosida davlat qurish eng oqilona va to‘g‘ri yo‘l ekanini isbotlaydi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrir) Qonunning 5-moddasida ta’kidlanishicha, «O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalarga nisbatan biron bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi». Hech bir dinga imtiyoz yoki cheklashlar berilmaydi, deganda davlatning biron bir din tarafida turib, boshqa dinlarni ta’qib ostiga olishi tushuniladi. Masalan, O‘zbekiston aholisining ko‘pchiligi musulmonlar bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston davlati Islomni qo‘llab-quvvatlab, boshqa dinlarni tahqirlayotgani yo‘q. Agar shunday qilinsa, bunday harakat Konstitutsiyaga zid, boshqa dindagi fuqarolar huquqi cheklangan bo‘lardi, demokratiya prinsiplari buzilardi. Qonunda yana qayd etiladi: «Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini hamda dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatini mablaG‘ bilan ta’minlamaydi».
Bunda davlat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatning to‘rt jihati aniq belgilangan. Bular:
1) Davlat diniy tashkilotlarga hech bir vazifa yuklab, uni bajarishni talab qilmaydi.
2) Diniy tashkilotlarning qonunga zid bo‘lmagan ishlariga aralashmaydi.
3) Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi.
4) Davlat diniy tashkilotlar faoliyatini, ayni vaqtda, ateistik targ‘ibot faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan:


Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling