O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021


Download 1.14 Mb.
bet28/43
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461633
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
2022 OZB tarix maruza matni

Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor. Ma’naviyati yuksaklikning asosiy ko’rinishlaridan biri — bu o’z tarixini bilmoq, o’tmish ajdodlarni tanimoq, hamisha yodda tutmoqdir.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari VMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti – YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Masalan:

  • 1991 yil (28 sentyabr) – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

  • 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;

  • 1993 yil (18 dekabr) – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;

  • 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi;

  • 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;

  • 1997 yil (28 noyabr) – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon tavalludining 100 yilligi;

  • 1998 yil (24 oktyabr) – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi;

  • 1999 yil (6 noyabr) – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi (Termizda milliy epos qahramoni Alpomish xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmui barpo etildi);

  • 2000 yil (16 noyabr) – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi;

  • 2000 yil, (noyabr) – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;

  • 2001 yil (3 noyabr) – “Avesto” yaratilganligining 2700 yillik yubileyiga bag’ishlab tantanali marosim o’tkazildi va yodgorlik majmui bunyod etildi;

Respublika miqyosida ham bunday tadbirlar amalga oshirildi. Masalan:

  • 1993 yil 16 sentyabr – Buxoroda buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi;

  • 1994 yil 24-25 sentyabr – Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi;

  • 1995 yil – ulug’ shayx, tasavvufning taniqli namoyondalaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;

  • 1998 yil 23 oktyabr – Farg’ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi;

  • 1998 yil 23 oktyabr – Samarqandda ulug’ vatandoshimiz, hadiss ilmining sultoni Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi (mazkur marosimda dunyoning 40 ta mamlakatidan mehmonlar ishtirok etdi. Shu kuni Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimmi bo’ldi);

  • 1999 yil, yanvar – Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi;

  • 1999 yil, 5 noyabr – Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;

  • 1999 yil 17 dekabr – Xorazmda o’zbek shoiri, tarixchi Ogahiy tavalludining 190 yilligi;

  • 2000 yil 17 noyabr – Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uniing islom olamida tutgan mavqyeiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o’tkazildi);

  • 2003 yil 10 may – taniqli o’zbek shoiri G’afur G’ulom tavalludining 100 yilligi (yubiley munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog’iga G’afur G’ulom nomi berildi va bog’da shoir haykali ochildi);

  • 2003 yil 27 noyabr – Buxoro va G’ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda nishonlandi.

Yurtimizning buyuk allomalari va davlat arboblarining nomlarini ulug’lash maqsadida yillarga ularning nomi berildi. Masalan:

  • 1991 yil – Alisher Navoiy yili;

  • 1993 yil – Ahmad Yassaviy yili;

  • 1994 yil – Mirzo Ulug’bek yili;

  • 1995 yil – “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” yili;

  • 1996 yil – Amir Temur yili deb e’lon qilindi.

Bundan keyingi yillar ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga qaratildi:

  • 1997 yil – Inson manfaatlari yili;

  • 1998 yil – Oila yili;

  • 1999 yil – Ayollar yili;

  • 2000 yil – Sog’lom avlod yili;

  • 2001 yil – Onalar va bolalar yili;

  • 2002 yil – Qariyalarni qadrlash yili;

  • 2003 yil – Obod mahalla yili;

  • 2004 yil – Mehr va muruvvat yili;

  • 2005 yil – Sihat va salomatlik yili;

  • 2006 yil – Homiylar va shifokorlar yili;

  • 2007 yil – Ijtimoiy himoya yili;

  • 2008 yil – Yoshlar yili;

  • 2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili;

  • 2010 yil – Barkamol avlod yili;

  • 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili;

  • 2012 yil – Mustahkam oila yili;

  • 2013 yil – Obod turmush yili;

  • 2014 yil – Sog’lom bola yili;

  • 2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili;

  • 2016 yil – Sog’lom ona va bola yili;

  • 2017 yil – Xalq bilan muloqot va Inson manfaatlari yili;

  • 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili;

  • 2019 yil – Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili;

  • 2020 yil – Ilm–ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.

Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab nodir va noyob asarlari o’zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o’rnatildi, ziyoratgohlari obod qilindi, bog’lar yaratildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Tyermiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg’oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko’rgazmalar ochildi. «Al­Jome’, as­Sahiyh» (Ishonarli to’plam), «Al­adab al­mufrad» (Adab durdonalari) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g’arbda mashhur bo’lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg’oniy al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o’tildi.
Mustaqillik, erk va ozodlik singari mo’tabar onlarning qo’lga kiritilishida jonbozlik ko’rsatgan, hatto o’z jonini-da ayamagan yurtdoshlarimiz, ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida ham mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi, xususan, xalqimizning milliy o’zligini uyg’otish va mustahkamlash yo’lida butun hayyotini bag’ishlagan Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir, Ubaydulla Xo’jayev singari elimiz ardog’idagi insonlarning nomlarini abadiylashtirish uchun “Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi – O’zbekiston fan tizimidagi ilmiy-ma’rifiy muassasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001 yil 1 maydagi farmoni qabul qilindi va shuning asosida Toshkent shahrida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui 2002 yil 31 avgustda barpo etildi.
2014 yil 31 oktyabrda o’z hayoti va ijodini faqat xalqi, uning orzu umidlarini madh etishga bag’ishlagan, o’zbek xalqining suyukli qizi “Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi Prezident Qarori e’lon qilindi.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to’g’risidagi YuNESKO tomonidan Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan muqaddam mavjud bo’lgan “Insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro’yxati”ga O’zbekistondan kiritilgan nomoddiy madaniy meros obyektlari (“Boysun tumani madaniy muhiti” va “Shashmaqom”) “Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro’yxati”ga o’tkazildi. Ushbu ro’yxatga 2009 yilda “Katta ashula” va “Navro’z”, 2014 yili “Askiya — so’zamollik san’ati”, 2016 yilda “Palov madaniyati va an’analari” kiritildi. Shunday qilib, hozirgi kunda Reprezentativ ro’yxatda O’zbekiston bilan bog’liq 6 ta nomoddiy madaniy meros mavjud.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling