O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021
-Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Download 1.14 Mb.
|
2022 OZB tarix maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy hayot.
10-Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
REJA : Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog’istonda mustaqillik yillarida siyosiy sohasidagi o’zgarishlar. Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy hayoti Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi hayotida ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. Ijtimoiy hayot. Totalitarizm davrida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o’zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo’jayli hamda Qo’ng’irot tumanlari hududida Qozog’iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili bo’ldi. SHu yili ular o’z taqdirini O’zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi. Qadimiy turkiylarning ikki qavmining yillar mobaynida tillari, qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlari, iqtisodiy hamkorligi natijasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O’zbekiston respublikasi tarkibida o’tgan 84 yillik tarix (2020 yil) qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o’zgarishlar davri bo’ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, sanat va adabiyotdagi yuksalish, qishloq. xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita o’zbek xalqining yordami va ko’magi bilan dunyoga keldi. Qoraqalpoq va o’zbek xalqi bir necha o’n yilliklar mobaynida to’planib qolgan muammolarni mustaqillik yillarida birga hal etishdi. Qoraqalpog’iston hududida asosan qoraqalpoq va o’zbeklar shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreyslar va boshqalar yashaydi. SHahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari o’zbek va qoraqalpoq tillari. Etnik tarkibi 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % o’zbeklar, 4,2 % Qozoqlar va boshqa millatlardan tashkil topgan Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o’zbek xalqi ko’magida erishdi va o’zining kelajagini yaratishga erishdi.. O’zbekiston Respublikasi Qoraqalpog’iston Respublikasini har tomonlama qo’llab - quvvatlab kelmoqda. 1996 yili O’zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun 10 mlrd.so’m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qildi. Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o’sib bormoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy ko’magi tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholining turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bormoqda. Ayni paytda sanoat, qishloq. xo’jalik va savdoda bu ko’rsatkich 90 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi “Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq tumanini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida atigi 32 ming aholisi bor bitta tuman uchun 1 trilion 485 milliard 176 million so’m mablah ajratildi. 2020-2021 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasining Bo’zatov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari bo’yicha Vazirlar mahkamasining 2020- yil 18-apreldagi 243-son qarori qabul qilindi va moliyalashtirildi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’istonda ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. 1991-1996 yillarda Qoraqalpog’istonda ma’lum demografik o’zgarishlar ro’y berdi. Tug’ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga kamaydi. Demografik o’zgarishning asosiy sabablaridan biri ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy yashash sharoitlariga bog’liq. 1991-1996 yillarda respublikadan 26,7 ming kishi ko’chib ketdi. 1993 yilda aholisi 1.342,8 ming kishini tashkil qilgan 1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga o’sgan bo’lsa, 2001 yil 1 yanvarga kelib 1.527,0 ming, 2013 yilda esa 1.711.800 kishiga o’sdi. Nukus shahrida 2001 yil 1 yanvarga kelib 210,5 ming kishini tashkil qildi. Qoraqalpog’iston hududi-166,59 ming kv km.ni egallaydi. Qoraqalpog’istonda 15 ta tuman 12 shahar, 16 shaharcha, 107 ovul mavjud. (Amudaryo, Beruniy, Bo’zatov, Kegeyli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, CHimboy, SHumanay, Ellikqala, Qonliko’l) 12 shahar (Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Nukus, Taxiatosh, To’rtko’l, Xo’jayli, CHimboy, SHumanoy, Qo’ng’irot, Xalqobod) 16 shaharcha (Vodnik, YOshlik, Kegeyli, Komsomolsk-ustyurt, Leninobod, Oltinko’l, Oqmang’it, Oqsholoh, Pristan, Sumiktov, Taxtako’pir, Qizketken, Qozoqketken, Qoratov, Qorao’zak, Qoraqalpog’iston). Qoraqalpog’iston Respublikasi doimiy aholi soni 2018 yil 1-aprel holatiga 1847,6ming kishini tashkil etadi. Ushbu ko’rsatgich 2018 yilning yanvar-mart oylarida 5,3 ming kishiga yoki 0,3 % ga o’sdi. 2019 yil yanvar-martda tug’ilganlar soni 8152 kishini tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga (7933 kishi) nisbatan 219 kishiga ko’p yoki 2,8 % ga oshdi. Tug’ilish darajasining ko’payishi reapublikaning deyarli barcha hududlarida kayd etildi. Bu ko’rsatgichning yuqori darajasi Taxiatosh (15,0 dan 17,2 promillega), Mo’ynoq (14,6 dan 16,4 ga), Nukus shahri (16,2 dan 17,6ga) va Qo’ng’irot (16,7 dan 17,9 ga) tumanlarida kuzatildi. 2019 yilning yanvar-martida respublikada o’lganlar soni 1783 kishini tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga (1890 kishi) nisbatan 107 kishiga yoki 5,7 % ga kamaydi. Bundan tashqari, 2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolg’iz fuqarolar, pensionerlarga, boquvchisi nogiron oilalarga hamda boshqa kam ta’minlangan toifadagi aholi va oilalarga qishloq (mahalla) fuqarolar yig’inlarining komissiyalari qaroriga binoan tayinlanadigan eng kam ish haqining 2 barobaridan 5 barobarigacha miqdorda bir marta beriladigan moddiy yordam shaklidagi ijtimoiy nafaqaning yangi turi joriy etildi. SHu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq ichki yo’llar kapital ta’mirlandi va rekonstruktsiya qilindi. Mustaqillik yillarida respublikada ishchi va xizmatchilarning o’rtacha ish haqi izchil o’sib bordi. 1996 yilda u 1409 so’mdan, 2761,1 so’mga yoki 1.96 martaga ko’paydi. Siyosiy hayot. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi tarixida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki Respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 70-75 moddalarida o’z aksini topdi. Konstitutsiyaga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston tomonidan himoya qilinadi (70 modda). Qoraqalpog’iston fuqarosi ayni paytda O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi (21 modda). Bu Qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Konstitutsiyaning 82-moddasida belgilab qo’yilganidek Qoraqalpog’iston Juqorig’i Kengesi raisi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlis raisi o’rinbosari hisoblanadi. 98 moddaga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.107 moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy,Oliy Xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’istonning xuddi shunday sud organlarining rahbarlari ham kiradi. 115 moddaga ko’ra sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi. 71 moddada belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’istonRespublikasi o’z konstitutsiyasiga ega bo’lishi kerak. SHu qonunga ko’ra 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining X1 sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan X11 sessiyasida Davlat gerbi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul ( 6 bo’lim, 26 bob, 120 modda) qilindi. 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan X1V sessiyasida Davlat madhiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning tarkibiga muqobillik asosida 75 deputat saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesi deb ataladi. Juqorig’i Kengesning Nukus shahrida 1995 yil 11 yanvarda bo’lib utgan I chaqiriq birinchi sessiyasida Juqorg’i Kenges raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning a’zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesining xuquqiy makomi Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi (1993 yil, 9 aprel’) va «Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesi to’g’risida»gi Qonun (1994 yil sentyabr’: yangi taxrirda 1998 yil 28 yanvar’) da belgilab berilgan. Qoraqalpog’iston Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi, uning tarkibiga Rais, 2ta birinchi o’rinbosar va to’rtta tarmoqo’rinbosarlari kiradi. SHuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga Vazirliklar va qator tarmoqqo’mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Iqtisodiy hayot.Respublika iqtisodiyotining boshqa sohalarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. 1996 yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 17ta ko’tara savdo bozori hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli, 19ta supermarket do’konlari, faoliyat ko’rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 mln. so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab - quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. 2019 yili Nukus shahrida “Nukus siti” majmuasi uchun yer maydoni ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi, “Do’stlik” kanalining qirg’og’idagi “Nukus Siti” da hozirgi kunda 16 - 20 qavatli uylarni ko’rish mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini bera boshladi.Respublikada 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Jumladan, 1993 yil «Nukus kabel’» korxonasi ishga tushirilishi bilan kabel’ sanoati vujudga keldi.1993 yilda Qo’ng’irot un zavodi, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlari zavodi, 1996 yilda Qo’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasi, 1997 yilda «To’rtko’l don» un kombinati, «Nukusun» zavodida spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to’qimachilik, 1995 yilda Ellikqala tumanida «Elteks» to’qimachilik korxonalari foydalanishga topshirildi. Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqala tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kaltsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurila boshlandi va ishga tushirildi. 2003 yili Xo’jayli shahrida soatiga 1150 dona shisha yog’ ishlab chiqaradigan qo’shma korxona sexi, 2017 yil avgustda Nukus shahrida “Nukuselektroapparat”qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi. 60 ta ish o’rniga ega bo’lgan “Nukuselektroapparat” qo’shma korxonasida 8-10 kVt quvvatiga ega bo’lgan transformator podstantsiyalari ishlab chiqarilmoqda. Bunday podstantsiyalar yurtimiz shahar va qishloqlari uchun suv va havodek zarur. 2018 yil 19 dekabrda Qorauzak tumanida qiymati 37-38 mln. AQSH dollariga teng, 200.000 tonna sement ishlab chiqaradigan “Titan sement” zavodi qurilib ishga tushirildi. 2011 yilga qadar kredit sarmoyasi asosida 48 ta qo’shma korxona ro’yxatdan o’tdi. Respublikada 2006 yilda 17402 ta, 2011 yilda 20.000 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatdi. Agar 2008 yilda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun 37,7 mlrd so’m kredit mablag’lari ajratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2010 yilda 106 mlrd so’mga yetdi. Engil sanoat.2011 yilga kelib Qoraqalpog’iston Respublikasi yengil sanoatida “Nukus tekstil”, “To’rtko’l Asaka tekstil”, “Astera tekstil” va “Amudaryo tekstil” kabi korxonalarda jami 25 million AQSH dollaridan ortiq modernizatsiya ishlari olib borildi. yengil sanoat, oziq-ovqat, yog’-moy, paxta tozalash va don korxonalarida ham yangilanishlar yaqqol ko’zga tashlana boshladi. SHu bilan birga, kapital qo’llanmalarning umumiy ko’lamida chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi 13,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, shundan bevosita chet el investitsiyalari jami 32,6 milliard so’mdan oshib ketdi. 2011 yilning to’rtinchi kvartalida Nukus shahrida Angliya davlati sarmoyadorlari ishtirokida “White Macine Tehnology” (“Nukus – Samsung”) qo’shma korxonasi ishga tushirildi. Qo’shma korxona loyiha quvvati 1,9 million AQSH dollari bo’lgan korxonada chang yutgichlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Bugungi kunga kelib qo’shma korxona sexida uch yillik kafolat sifati bilan uch xil turdagi chang yutgichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlaydigan har uch xodimdan bittasini kollej bitiruvchilari tashkil qilmoqda. 2012 yilning o’tgan besh oyi ichida qo’shma korxona tomonidan konveyer usulida jami 2 milliard so’mlik bo’lgan 16 ming dona chang yutkichlar ishlab chiqarildi. Ushbu qo’shma korxonada 2011 yilning oxirigacha 8178 dona chang yutgich ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2012 yilda bu ko’rsatkich 43 ming 689 donani tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ichki bozorga 5 milliard 236 million so’mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa ish hajmining deyarli besh barobar oshganligini ko’rsatadi. 2010 – 2012 yillar mobaynida 12 ta yirik yengil sanoatkorxonalari faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida 74 milliard so’mdan ziyod mablag’lar o’zlashtirildi. 2012 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida 9242 nafar kishilar kasanachilikishlariga jalb qilindi.2019 yili Nukus Erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) tashkil etildi. Qishloq xo’jaligi.Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1, kartoshkachilikda 99,7 sabzavotchilikda 98,7 polizchilikda 95,1 bog’dorchilikda 98,5 pillachilikda 100, go’sht yetishtirishda 98,9 sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 qorako’l, teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba to’plandi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu tajribani ma’qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Respublikada 1991 yilda 1000 nafar, 2006 yilda esa 8884 nafar fermerlar faoliyat yuritdi. Tashqi iqtisod. Qoraqalpog’iston tashqi iqtisodiy aloqalarni ham rivojlantirib bormoqda. 1996 yilda tashqi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1996 yildagi savdoda asosiy sheriklarining hissasi: Rossiya-11,4 AQSH-14,1 Janubiy Koreya-11,1 SHveytsariya-9,4 Niderlandiya-7,2 foiz bo’ldi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 mln. AQSH dollariga teng bo’ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln. AQSH dollarini, MDH mamalakatlariga jo’natilganlari esa-9,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft maxsulotlari sotildi. Xorijdan esa shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Biroq respublikaning iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim omil bo’lgan imkoniyatlaridan to’la foydalanilmaganligi sezilmoqda. Manaviy va madaniy soha. Tibbiyot tizimi.Respublika aholisiga 44 ta shifoxona muassasalari, 242 ta ambulotoriya -poliklinika muassasalari, shu jumladan 184 ta qishloq vrachlik punktlari, 16 ta SHTB, TTB lari, 17 ta DSNM va boshqa muassasalar tomonidan tibbiy - profilaktika yordami ko’rsatilib, ushbu muassasalar tarkibida 3620 ta vrach, 15944 ta o’rta tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.(2018 y) Ushbu muassasalarda doimiy davolash o’rinlar soni 8790 tani tashkil etib, 2009 yilga nisbatan (8790 o’rin) o’zgarish ro’y bermadi. Aholining doimiy davolash o’rinlari bilan 10 ming aholiga ta’minoti 53,3 ni tashkil etadi (2009 yilda 53,8). 2010 yil davomida shifoxonalar doimiy davolash o’rinlarida 269412 ta bemor davolanib, ularning salomatligi tiklandi. Bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatan shifoxona muassasalari doimiy davolash o’rinlarining samara bilan ishlashi natijasida davolangan bemorlar soni 3,8% ga ko’paydi (10037 taga). Statsionar muassasalarni 2011 yilda optimallashtirish rejasi bo’yicha shu jumladan, silga qarshi muassasalar sonini 16 tadan 7 taga, binolar sonini 136 tadan 66 taga, o’rinlar sonini 1425 tadan 1075 taga kamaytirishga va 4 ta hududda Respublika tumanlararo silga qarshi shifoxonalar tashkil qilish taklif qilinmoqda. Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi onalar o’limi soni kamaydi. 1996 yilda onalar o’limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 martaga, chaqaloqlar o’limi esa 1.8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug’ishgacha bo’lgan davolanishdan o’tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi. Tibbiy xizmat tarmog’ini moliyalashtirishda davlat mablag’lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika» va «Tib ta’minoti» dorixona muassasalari to’la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. 2010 yil 14 ta tumanlardagi 841237 ta qishloq aholisiga birlamchi tibbiy sanitariya yordam (BTSYO) ko’rsatuvchi 184 ta qishloq vrachlik punktlariga o’rtacha 13817 (10011) so’mdan, jami 11 mlrd. 623 mln. 545 ming so’m (2009 yilda 8 mlrd. 195 mln. 546 ming 300 so’m) mablag’ sarflandi Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Boysun-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Parkent -farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo’nalishida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirildi. 1992 - 1996 yillarda Tuyamo’yin suv omboridan aholi punktlariga 2 ming 885 km suv quvuri tarmog’i olib kelindi. Respublika aholisini elektr energiyasi bilan 100 foiz, gaz bilan ta’minlash - 95 foizni, markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlash 70,9 foizni (2017 yil) tashkil qildi. Jahon andozalari darajasida bunyod etilayotgan O’zbekiston milliy avtomagistrali - “G’uzor – Buxoro – Nukus - Beyneu” yo’lining Qoraqalpog’iston Respublikasidan o’tuvchi 132 kmlik qismida bugungi kunda rekonstruktsiya ishlari olib borilib, 2011 yilda avtomagistral qurilishida 193 mlrd. so’mlik ishlar bajarildi. Bunday yirik avtotrassaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining yanada yuksalishiga eksport va import imkoniyatlarining ortishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 2019 yili “Miskin – Nukus - Beynau” poyezdining qatnovi yo’lga qo’yildi. Talim tizimi.Davlatimiz rahbarining 2018 yil 5-apreldagi “Maktabgacha talim tizimini yanada rahbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan O’zsanoatqurilishbank ko’magida Qoraqalpog’istonda tashkil etilishi rejalashtirilgan 179 ta maktabgacha talim muassasalaridan 129 tasi bo’yicha uch tomonlama bitimlar tuzilgan. 2020 yilning birinchi choragida Moliya vazirligi tomonidan 13 ta bog’chani moliyalashtirish uchun 6 milliard 400 million so’m mablag’ jalb qilindi. 1996 yil respublikada 743 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatdi. 2019 yili Nukus shahrida 168 o’ringa mo’ljallangan Prezident maktabi ochildi. Bu maktabning qurilishi uchun mahalliy byudjet hisobidan 83 milliard so’m mablag’ ajratildi. 2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi, ayrim fanlar chuqur o’rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi ta’minoti uchun, «Barkamol avlod» markazlaridagi, musiqa va san’at maktablaridagi mashg’ulotlar uchun ota-onalarning har oylik to’lovi miqdorlari, shuningdek, aholining madaniyat va dam olish markazlaridagi to’lov miqdorlari respublika bo’yicha belgilanganidan 2 barobar kam darajada o’rnatildi. Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi”,-deb ta’kidlandi. Bevosita davlat rahbarining tashabbusi bilan Qoraqalpog’istonning ko’pmillatli xalqining talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yilda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirildi. Respublikada 91 ta kasb-hunar kollejlari (2011 yil) va Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat pedagogika universitetlari faoliyat ko’rsatmoqda. 2011 yilga kelib respublikada oltita, 2020 yil boshiga kelib esa sakkizta (2019 yili O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali hamda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tashkil etildi) oliy o’quv yurtida barcha sohalar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti T.G.SHevchenko nomidagi Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti asosida 1976 yili tashkil qilindi va keyinchalik universitetga Nukus davlat universiteti nomi berildi. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 oktyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O’zbekiston RespublikasiBirinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikattsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Talim Vazirligining 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan. O’zbekiston Davlat sanat instituti Nukus filiali Qoraqalpoq xalqining betakror sanati va madaniyatini yanada ravnaq toptirish, istetodli yoshlarni milliy va jahon sanatining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, zamonaviy teatr va kino, televideniye va radio yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali aktyorlar va sanatshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karoimovning 2008 yil 28-aprel PQ-845 sonli “O’zbekiston Davlat sanat institutining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida tashkil etildi. 1992 yilda O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limiga akademiya maqomi berildi. Uning tarkibida 3 ta institut tashkil etildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bioekologiya institutlari ham bo’lim tarkibiga kiritildi. Botanika bog’i bo’linmasiga bo’lim maqomi berildi. 1994 yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan 30 foizi O’zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldi. Ilgari fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylangan CH.A.Abdirov, S.K.Kamolov hamda muxbir a’zolar A.B.Baxiyevlar qatoriga 1994 -1995 yillarda yana ikki olim T.Eshanov va A.Dauletovlar a’zolikka qabul qilindi. Respublikada OAKning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlarning tashkil etilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Olimlar chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birga 1993 yildan beri Orolbo’yi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Manaviyqadriyatlar. Mustaqillikdan so’ng, birinchi masala milliy madaniyatni tiklash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada qoralpoq dostonlari va ertaklari to’planib hozirda uning 100 jildli turkum variantlari kitobxonlar qo’liga tegdi. “Edigey” dostonining 16, “Qoblan”ning 9, “Maspatsha”ning 4,”Ersho’ra”ning ham variantlari, Bundan tashqari “Guliston,” ”Omonboy botir,” ”Bo’z yigit,” ”Bozarman,” ”Qurbonbek botir,” ”Izzat qiz,” ”Ilimxon,” “Hotamtoy,” “Salimxon,” “Ramuz shoh,” “Aydosbiy,” “YUsup mergan,” ”O’tash botir,” ”Qorabek” kabi avval nashr etilmagan dostonlar ham ushbu turkumga kiritildi. 1991 - 1996 yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, 2003 yil 12 sentyabrda Prezident Islom Karimov «Jayhun sohilidagi gavhar» deb nomlangan mavzuda Nukus shahrining 70 yilligida nutq so’zladi. 1993 yili To’rtko’l shahrining 120 yilligi, 1995 yil 31 martda Ajiniyoz Qasiboy o’g’lining 170 yilligi keng nishonlandi. Qoraqalpog’iston Respublikasida arxeologik yodgorliklar o’lkaning qadimiy madaniyatidan darak beradi. Arxeologik topilmalar orasida Qo’yqirilgan qal’a ibodatxona – observatoriyasi (Mil. avv. IV asr va mil. IV asr), Tuproqqal’a ibodatxona majmuasi (mil. II - III asr), Xo’jayli shahri yaqinidagi Mizdakxon xarobasi (XIII - XIV asrlar), Qavatqal’a (mil. avv. IV asr), O’rinboy qal’a, Beruniy tumanidagi Gavr qal’a (mil. IV asr) ayniqsa mashhurdir. Madaniyat. Qoraqalpoq zaminidan yetishib chiqqan iste’dodlar O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Suluvxon Mambetova (1933 yil 1 yanvarda tug’ilgan), Muyassar Razzoqova, Eleonora Qutlipo’latova, Anifa Ortiqova, Ziyoda SHaripova, Jenisbek Piyazov (O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist) lardir. Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marotaba 1996 yilda «Oyjamol» nomli qorakalpok baleti saxnalashtirildi. 1996 yil «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq tanlovida Roza Kutekeeva «Mustaqillik gullari» qo’shig’i bilan 2-chi o’rinni oldi. A.Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashdi. 2011 yilga kelib Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqa teatri, Sapar Xo’janiyozov nomidagi yosh tomoshabinlar teatri, Respublika qo’g’irchoq teatri, “Ayqulash yulduzlari”, “Amu to’lqini” singari ijodiy jamoalar qoraqalpoq xalqining manaviyatini boyitishga xizmat qilib kelmoqda. Xalq ertakchilari (jirovlari) va qo’shiqchi sozchilari (baxshilar)ning an’anaviy musiqa san’ati hozirgi kunda ham har tomonlama rivojlanmoqda. Esemurot Jirov, Amet Tariqov va boshqa shu kabi xalq ertakchilari o’z san’atlarini zo’r mahorat bilan namoyish qilishmoqda. SHu bilan bir qatorda SH. SHomuradov, A.Xalimov, A.Sultanov, K.Turduqulov, A.Xayriddinov, Muhammeddinov, K. Abdullayev, J.Jismuradov, A.Saparov, T.Omonniyozov, S.Polvonov va boshqa bir necha zamonaviy kompozitorlar va musiqachilar yetishib chiqdi. Ular musiqali dramaga musiqa yozib bermoqdalar. Qo’shiqlar, xorlar, kantatalar, simfonik poemalar, syujetlar, rabsadiyalar, uvertyuralar va shu kabilarni yaratmoqdalar. Qardosh respublikalarning kompozitorlari G. Komanets, V.SHafrennikov, A.Petrosyan, M.Burxonov, A. Kozlovskiy va shu kabilar Qoraqalpoq musiqasini rivojlantirishga katta yordam berdilar. I.Sovetskiy, K. Soyipov, K.Berdimurodov, A.Erimbetov, R.Motivasyan, F.Matgazin, J.Bekanov kabi rassomlarJ.Qutlimurodov, E.Matkarimov, D.Turaniyozov kabi haykaltaroshlar va suratkashlarning asarlarini ko’pchilik taniydilar. Ularning san’ati tobora rivojlanmoqda (masalan, Saidnazar va Bekturxon va boshqalarning mohir qo’li bilan yaratilgan dutorlar juda mashhur). Qorakalpog’iston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshkalar bo’yicha mamlakat musobakalarida faol ishtirok etib kelmokdalar. Qorakalpog’istonda 14 ta stadion, 467 ta sport zali, 3159 ta sport maydonchasi, 3 ta suzish havzasi, tennis kortlari va boshka sport inshootlari ishlab turibdi (2005 y. ma’l). Birinchi og’ir atletika bo’yicha jahon kubogi sovrindori Bavurmon Kozdayev, Muaytay - boks bo’yicha besh marta jahon chempioni YOrkin Kugiboyev, milliy kurash buyicha jahon chempioni Bahrom yermatov, Osiyo chempioni Baxtiyor Nurillayev, Olimpiada o’yinlari bo’yicha kumush medali sovrindori Sergey Sirtsov, 12 - Osiyo o’yinlarida boks bo’yicha Alisher Avazboyev, futbol bo’yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo’yicha Baxtiyor Davletyarovlar faxrli o’rinlarni egallab kelmokdalar. Respublikada “Vesti Karakalpakstana” (1919 yil iyunidan), «Erkin Qaraqalpaqstan» (1924 yildan), “Karakalpakstan jaslarы” (1931 yildan), “Amudaryo (1932 yil), “Vestnik” (1960 yil), “Aral kыzlari” (1991 yil), “Ilim xem jemiyet” (1991 yil), 1992 yil 25 iyuldan chikadigan “Amu tongi” (gazeta), Qoraqalpog’iston xabarlari», “Bilim xem ondiris”, “Jipek jolы” (1999 yil), “Karakalpakstan” (2002 yil), ”Saniyat” (2003 yil),”Ekogomika xem bank” (2003 yil), Qoraqalpog’iston YOzuvchilar uyushmasining yangi nashri - “Karakalpak adabiyatы”(2011 yil yanvaridan boshlab) gazetalari, «Amudaryo» jurnali va boshqalar nashr etilib turibdi.2019 yili Qonliko’l tumanida “YOshlar markazi” foydalanishga topshirildi Qoraqalpog’iston televideniyesidastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko’rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilar edi. Xozirgi kunda esa ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko’rsatuvlar olib borilmoqda. 2019 yili Nukus shahrida zamonaviy kino - kontsert zali foydalanishga topshirildi. Orol fojiasi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov 1993-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil oktabrdagi 50-sessiyalarida so’zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi yekologik halokat bo’lgan Orol va Orolbo’yini qutqarishda ko’mak berishga chaqirdi. Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko’magisiz amalga oshirish mumkin yemasligiga BMTning ye’tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ) tashkil yetildi. 2010-yil «O’rta Osiyoning transchegaraviy yekologik muammolari: ularni hal yetishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo’llash» mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada birinchi prezidentimiz Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat tamoyiliga rioya yetish zarurligi, aks holda mintaqaning yeko olamiga ulkan fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi. 2013-yilda Orolbo’yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil yetish, sho’rsizlantiradigan qurilmaga yega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o’rmonini tashkil yetish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga mablag’lar ajratish rejasi tasdiqlangan. 2013-yilda O’zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o’sha paytdagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi yekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi. Global miqyosda va mintaqamizda yekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbayi bo’lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlagan. Hukumatning Orolbo’yi muammolari to’g’risidagi tashabbuslari mintaqadagi qo’shni mamlakatlardagi xalqlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo’yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammosini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o’z samarasini berishiga qat’iy ishonch bildirmoqdalar. Hududda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga alohida etibor qaratilayotganligi bois, O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2009 yil 3 avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy - joy qurilishi ko’lamini kengaytirishga oid qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga ko’ra bugungi kunda Orolbo’yida 400 dan oshiq xonadonlarda yangi zamonaviy uy - joylar qurib berilib hovli to’ylari o’tkazildi 2011 yilgi ma’lumot). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning «2017 – 2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida» 2017 yil 18 yanvardagi PQ–2731-sonli qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolbo’yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yo’naltirilgan loyihalar, tadbir va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori bilan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Ana shu mablag’lar hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda.2019 yili Nukusda “Orol bo’yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” mavzusidagi xalqaro anjuman o’tkazildi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling