O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021


Download 1.14 Mb.
bet35/43
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461633
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
2022 OZB tarix maruza matni

tegishli fan tarmog’i bo’yicha fan doktori (Doktor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
2018 yilda yurtimizda xalkaro talablarga javob beradigan oliy ta’lim tizimini yaratish buyicha keng kamrovli ishlar kilindi. 2018 yilda mam- lakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarkandda «Ipak yo’li» turizm xalkaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim mu­assasasi «Milliy texnologik tadkikotlar universiteti»ning Olmalik shauridagi filiali, Toshkent shaurida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali fao- liyat boshladi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Maxkamasi uuzurida «El-yurt umidi» jamg’armasi tashkil etildi. Ushbu jamg’arma chet ellarda faoliyat ko’rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek iktidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olishi, etakchi xalkaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko’maklashadi. 2018 yilda ilk bor xalkaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadkikot jarayonlari tahlil kilindi. Mazkur tahlil sohada kator muammo hamda kamchiliklar borligini ko’rsatdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalari kabul kvotasi kamrovi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-uunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tash­kil etadi. 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzusida O’zbekiston - Rossiya ta’lim forumi o’tkazildi. Unda Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 dan ortiq rektori ishtirok etishdi. Ushbu forum yakunida rossiyalik xamkorlar bilan ta’lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, O’zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo’shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. UzMU, BDU, FarDU, Uz FA va boshqa O’zbekiston oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi. «Vernadskiy – Ulug’bek» loyixasi bo’yicha qo’shma ilmiy maktablar yaratildi. Ver­nadskiy universiteti ilmiy-ma’rifiy Konsortsiumlari bilan 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi imzolandi.
Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga kutarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifa­tini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir
Ilm-fan yutuqlari — Vatan ravnaqi uchun. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot va inno­vatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg’or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustaxkamlash hamda tegishli xududiy va tarmoq muammolarini xal qilishda ularning faol ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, keyingi ikki yilda shu borada ko’p ish qilinmoqda. Xususan, shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zolarini tasdiqlash tug’risida»gi Farmoni (2017 yil 29 dekabr) qabul qilindi.
Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995 yilda o’tkazilgan edi. Shundan buyon bu masala e’tibordan chetda qolib kelgani mazkur Farmonning tarixiy axamiyatini ko’rsatib turibdi. O’tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko’proqqisqardi va 2017 yil dekabr oyiga kelib akademiyaning atigi 63 nafar xaqiqiy a’zosi qolgan edi. Davlatimiz raxbarining topshiriqlari ijrosi doirasida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqot faoliyatining normativ-xuquqiy bazasi va moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik saloxiyatini mustaxkamlash va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Fanlar akademiyasi aloxida o’rin tutadi. 9 ta ilmiy-tadtsitsot muassasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akade- miyasining fan yunalishi buyicha 3 ta bo’limi va Navoiy bo’limi tashkil etildi, O’zbekistonning eng yangi tarixi buyicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo’lga quyildi. «2017-2021 yillarda ilmiy tadqiqot muassasalari infratuzlmasini mustaxkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi» qabul qilinib, bu soxada tizimli ishlar amalga oshrilmoqda.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Xarakatlar strategiyasi”da fan va ta’lim sohalarini ri- vojlantirishning eng muhim yo’nalishlari sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag’batlantirish, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexnazimlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari xuzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi Xarakatlar strategiyasini amalga oshirish yo’lida yana bir katta amaliy qadam bo’ldi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki berdi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akade­miyasining xaqiqiy a’zolarini tasdiqlash to’g’risda»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanafusdan so’ng akademiklikka tasdiqlash uchun eng munosib olimlar tanlov asosida saralab olindi. Farmonga muvofiq, akademiyaning Xay’ati va faoliyat ko’rsatayotgan xaqiqiy a’zolari tavsiyasiga ko’ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi xaqiqiy a’zosi tasdiqlandi. Akademiklar qatoridan fizika-matematika, kimyo, bio­logiya, texnika, qishloq xo’jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san’atshunoslik sohalarida ko’zga ko’ringan, muhim mezonlar bo’yicha ko’p bosqichli saralashdan o’tgan olimlar o’rin oldi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda imzolangan “ Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tashkil etildi. Bu vazirlikning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:
-davlat va jamiyat qurilishida;
-iqtisodiyot tarmoqlarida;
-qishloq xo’jaligi;atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga ilg’or innovatsin texnologiyalarni joriy etishda tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag’batlantirishdan iborat.
2019 yil 8 oktyabrda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi bo’yicha Prezident farmoni e’lon qilindi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling