O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha O‘ q u V –uslubiymajmu a termiz – 2021
Download 1.14 Mb.
|
2022 OZB tarix maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRJA
- GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ
- MILLATNING MA’NAVIY KAMOLOTI
BARQAROR IQTISODIY O’SISH– makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlagan xolda iqtisodiy o’sishga erishish tushuniladi.
BANDLIK – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali meyehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. BIRJA – qimmatbaho qog’ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xomashyo sotiladigan va xarid qilinadigan muassasa. BOZOR SEGMENTI – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’mol maqsadi bir bo’lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi. VALYUTA – ma’lum bir davlatning qonun bilan o’rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko’rinishidagi jahon rezerv pullari, Xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a’zolari tomonidan ko’p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari. GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ – jahonning deyarli barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi. MA’RIFAT - ma’naviy kamolot yo’li, insonning ko’ngil ko’zgusini sayqallash jarayoni, ya’ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o’zligini anglash, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o’z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’unlashtirib borish yo’lidagi harakati. MILLATNING MA’NAVIY KAMOLOTI - uning butun tarixi davomida yuz beradi, u ba’zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba’zan ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda ba’zan asrlar kunlarga, va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Ma’naviy takomil jarayonining o’ziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqyealar o’tkinchi bo’lsa, moddiy madaniyat unsurlari vaqt o’tishi bilan yemirilsa, ma’naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va www.ziyouz.com kutubxonasi 33 teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, ko’lam va mazmunda o’zi yetishgan kamolot bosqichini yo’qotmaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling