173. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) qaysi shaharda joylashgan.
A) Parij B) Chikago C) Pekin D) Nyu-York
174. O’zbekiston Respublikasida yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i to’g’ri keltirilgan javobni toping?
A) 50 foiz B) 50 foizdan yuqori C) 60 foizdan yuqori D) 70 foiz
175. Tarix so’zi qanday ma’noni anglatadi
A) hikoyalar bayoni B) tadqiq etish, tekshirish C) qo’lyozma asarlarni o’rganish D) barcha javoblar to’g’ri
176. Quyidagi javoblar ichidan O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari va tamoyillari to’g’ri keltirilganini toping?
A) Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o‘rganish va tahlil qilish
B) Tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish
C) Tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish
D) Barcha javoblar to’g’ri
177. O’tkir Hoshimovning qaysi asarida afg’on urushining oqibatlari ko’rsatib berilgan?
A) “Tushda kechgan umrlar”. B) “Nur borki, soya bor”. C) “Ikki eshik orasi”. D) “Afg’on shamoli”.
178. Mustaqillik qo’lga kiritilgunga qadar O‘zbekiston tarixi eng qadimgi davrdan boshlab nechta taraqqiyot bosqichiga bo’lingan edi?
A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta
179. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga ta'riflab berilgan?
A) 7-bobida B) 8-bobida C) 10-bobida D) 14-bobida
180. Quyidagi javoblarning qaysi birida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi to’g’ri keltirilgan?
A) Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlarni anglatish
B) Amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish
C) Jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatish
D) Barcha javoblar to’g’ri
181. Amir Temur xotirasiga atab bunyod etilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tdi?
A) 1996- yil 9- aprel B) 1996- yil 18- oktyabr C) 1997- yil 21- aprel D) 1997- yil 18- oktyabr
182. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 27-mart sanasida mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan qaysi atoqli davlat arbobi xotirasini ulug‘lash maqsadida ushbu shaxs tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkan edi?
A) Ozod Sharafiddinov B) Sharof Rashidov C) Jaloliddin Manguberdi D) Amir Temur
Do'stlaringiz bilan baham: |