Birinchi bosqich: О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tо‘g‘risidagi Nizom О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktabrdagi "О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi 270-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi "Ichki ishlar organlarida xizmat о‘tashning vaqtinchalik nizomini tasdiqlash tо‘g‘risida"gi 16-sonli qarori va boshqa xuquqiy hujjatlar bilan tartibga solina boshlandi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiritildi, Ichki ishlar vazirligi "О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi Nizomga asosan hamda Konstitusiya va Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanishi belgilandi.
Ikkinchi bosqich: О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash Konsepsiyasi tо‘g‘risida"gi qarori respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Mazkur konsepsiya asosida hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlovchi yangi tizimni shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |