O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
Tо‘rtinchi bosqich: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "О‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi Farmoni respublikamizda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilishda juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi.
Mazkur Farmonda ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Jumladan, ichki ishlar idoralari tizimida kadrlar tayyorlash hamda ichki ishlar idoralari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil sentabrdagi "О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralarida mutaxassislar tayyorlovini takomillashtirish choralari tо‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga ichki ishlar idoralari uchun bir necha mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlash vazifasi belgilab berildi. Bevosita О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida tizimni tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarini aholiga о‘z vaqtida va sifatli yordam kо‘rsatadigan, har bir xodim tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qilish»ni о‘z xizmat burchi deb biladigan ijtimoiy yо‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan keng kо‘lamli islohotlar davri bо‘ldi. 2016 yil 16-sentabrda mustaqil О‘zbekistonning 25 yillik tarixida ilk bor “Ichki ishlar organlari tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, unda ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyatining yо‘nalish va tamoyillari belgilab berildi. О‘z navbatida, О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish bо‘yicha mutlaqo yangi davr boshlandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan 5 ta ustuvor yо‘nalishning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bо‘limlarni о‘z ichiga oladi. Jumladan, ikkinchi ustuvor yо‘nalish sifatida mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan kо‘plab vazifalar belgilab berildi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida bosib о‘tilgan yо‘l va orttirilgan tajriba, erishilgan yutuqlar, yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni xolisona baholash, ayni vaqtda bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni tahlil qilish asnosida ichki ishlar organlari oldiga о‘z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bо‘yicha yangi vazifalar qо‘yilmoqda. О‘tgan qisqa davr ichida ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Ushbu keng kо‘lamli islohotlarning huquqiy asosi sifatida tizim samaradorligini oshirish bо‘yicha 6 ta qonun, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlari hamda 150 dan ortiq hukumat va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli farmonida keyingi yillarda ichki ishlar organlari faoliyatida tо‘planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar tahlil qilinishi barobarida, ularni bartaraf etish, ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning eng muhim yо‘nalishlari hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor ichki ishlar organlari rahbarlarining parlament, deputatlar va keng jamoatchilik oldida о‘z vazifalarining bajarilishi yuzasidan hisobot berish tartibi belgilab berildi. Farmon bilan “Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi” ham tasdiqlandi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligi tо‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida qisqa davr ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Bunda, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga faqatgina ichki ishlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi deb emas, balki barcha davlat organlari va aholi qatlamlarining vazifasi, ya’ni umumdavlat va umumxalq ishi sifatida qarash, bu borada barcha davlat va nodavlat tashkilotlari va keng jamoatchilikning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday kо‘rinishiga murosasizlik muhitini yaratish yо‘li bilan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishini ta’minlashga e’tibor qaratildi. Ichki ishlar organlari faoliyatiga doir bо‘lgan boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizimda juda katta islohotlar amalga oshirildi. Xususan: - ichki ishlar organlarining yagonalik prinsipini ta’minlash uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5602-son farmoni asosida IIVning bayroq va emblemasi tasdiqlandi; - О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarori bilan tizimning boshqaruv apparati 70 foizga maqbullashtirib, tuman-shahar IIOlarining shtatlar soni tо‘rt barobarga oshirildi; - О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2896-son qarori bilan mavjud profilaktika inspektorlari soni maqbullashtirildi; - О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2906-son qarori bilan profilaktika inspektorlariga biriktirilgan xizmat hududlarida ularga xizmat uylari va imtiyozli kreditlar asosida shaxsiy avtomashinalar ajratilish tizimi yо‘lga qо‘yildi; - jinoyat ishlarining sifatli va qisqa muddatlarda tergov qilinishini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2898-son qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida nisbatan yangi surishtiruv instituti joriy etildi; - О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2940-son hamda 2017 yil 11 iyuldagi “Yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3127-son qarorlari bilan jamoat tartibini saqlash hamda yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlash samaradorligi yanada oshirilib, patrul-post va yо‘l-patrul xizmatlari sohaga oid bо‘lmagan bir qator vazifalardan ozod etildi; - aholiga pasport xizmatlarini kо‘rsatish borasida qо‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish; sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3126-son qarori bilan sohaga elektron navbat kabi zamonaviy axborot kommunikatsiyalari hamda xorijga chiqish zamonaviy “Biometrik” pasportlar bilan ta’minlash ishlari yо‘lga qо‘yildi; - ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarni jamiyatga tо‘liq moslashuvini ta’minlash uchun ularni kasbga о‘rgatish va ish bilan ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bо‘lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3200-son qarori bilan jazoni ijro etish tizimi tubdan isloh qilinib, ularda ishlab chiqarish tizimi yо‘lga qо‘yildi; Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida yuz bergan о‘zgarish va yangilanishlarda, yuksalishlarda ichki ishlar xodimlarining ham о‘ziga xos о‘rni va xissasi bor, albatta. Ichki ishlar idoralari huquq-tartibot xizmatlari bilan hamkorlikda el-yurt osoyishtaligi, bunyodkorlik mehnati, xaq-huquqi himoyasini mustahkam ta’minlab kelmoqda. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling