O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI


Download 0.52 Mb.
bet58/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

11-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI


Reja:
1.Totalitarizm va Qoraqalpog‘iston.
2.О‘zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog‘iston davlatining barpo etilishi.
3.Qoraqalpog‘istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.
4.Qoraqalpog’iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat.
5.Orol muammosi.
Adabiyotlar.

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”. 2019.

  2. Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О‘zbekiston”. 1996.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. -T.: “О‘zbekiston”. 1996.

  4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2000.

  5. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2011.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Asarlar 1-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2018.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2018.

  8. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2019.

  9. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.: “O’zbekiston”. 2020.

1.Totalitarizm va Qoraqalpog‘iston.
XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta о‘zgarishlar yuz berdi. 1925 yil 16 fevralda Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xо‘jayli hamda Qо‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yil 20 iyuldan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqdar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi. Chunki shu yili 5 dekabrda ular о‘z taqdirlarini О‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va tanlagan yо‘lining istiqbolli ekanligini kо‘rsata bildi.
О‘zbekiston о‘zining davlat mustaqilligini qо‘lga kiritgach, Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi mustaqil О‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan о‘zbek xalqi о‘rtasida dо‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbо‘yi kengliklarida qadimiy о‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. О‘zlarining taraqqiyot yо‘llarini bosib о‘tishdi.
Qadimiy turkiylarning ikki qavmi yillar mobaynida haqiqiy og‘a-inichilik fazilatlarini kо‘rsatdilar, о‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning о‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bо‘lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
О‘zbekiston tarkibida о‘tgan 85 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy о‘zgarishlar davri bо‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xо‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh о‘zbek xalqining beg‘araz yordami, kо‘magi bilan dunyoga keldi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling