O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirziyoyev Sh.M.
- Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: О‘zbekiston, 1997. B. 167,325
- Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. B.111.
- Karimov I.A. Bunyodkorlik yо‘lidan. 4-j. -T.: О‘zbekiston. 1996. B. 30-38.
- Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar.
- Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 248.
- Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2018.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2019. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.: “O’zbekiston”. 2020. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. -T.: “O’zbekiston”. 2021. 1.О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Mustaqillik davrida О‘zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning о‘z ovoziga ega bо‘lgan teng huquqli subyekti sifatida namoyon bо‘la boshladi. XX asrning sо‘nggi о‘n yilligida dunyoda tub о‘zgarishlar yuz berdi. Turli qarama-qarshiliklar avj olib, xalqaro vaziyat alg‘ov-dalg‘ov holatiga kelib qoldi. Tabiiyki, О‘zbekistonning boy tabiiy zahiralari, muhim geografik joylashuvi, buyuk merosi, bag‘rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator о‘ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otar, ayrim g‘arazli kuchlarning "ishtahasini" qо‘zg‘otar edi. Mamlakatimiz tevarak atrofida unga gо‘yoki "beg‘araz yordam" qо‘lini chо‘zayotgan, nima qilsa "tо‘g‘riyu", nima qilsa "notо‘g‘ri" bо‘lishini chetdan turib "о‘rgatishga”, "yо‘riqnomalar” berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yо‘q emasdi. Bu davrda qо‘shni mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik, ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi О‘zbekistonning tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy Osiyoda takrorlanishi yoki Afg‘oniston mojarosi mintaqani о‘z domiga tortib olishini "bashorat” qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg‘onlashuvi” haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab qо‘yilgan edi. Mustaqillikning ilk yillarida va undan keyin ham О‘zbekiston juda katga sinovlarga duch keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar tо‘xtovsiz yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va barqarorligini ta’minlash mamlakat rahbaridan о‘ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab etardi. Prezident Islom Karimov О‘zbekiston aholisini ana shunday sinovlardan, bо‘hron va larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bо‘ldi. Jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, biron mustaqil davlatning jahon siyosat maydonidagi о‘rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yо‘lda xorijiy hamkorlar tomonidan kо‘rsatiladigan dо‘stona munosabat, qо‘llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga, kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba’zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik, ochiqdan-ochiq tazyiq о‘tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga mustaqil О‘zbekiston tarixi misol bо‘la oladi. Har bir davlat va uning rahbari, avvalo, о‘z xalqi kuchiga ishonib, beminnat tashqi hamkorlikka tayangan holda, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlashga, mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog‘i darkor. Hozirgi kunda Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina о‘z davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat’iyatli, eng sobitqadam xalq uchungina munosib bо‘lishini tasavvur qilish qiyin emas. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini о‘zida aniq va ochiq-oydin ifoda etgan alohida bob kiritildi. Qomusning "Tashqi siyosat" deb nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yо‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deya bayon etildi. 17-moddada "Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdо‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin", degan qoida muhrlab qо‘yildi. Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish О‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yо‘nalishlari etib belgilandi. Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar о‘rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa О‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bо‘lgan xalqaro munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta’minlab borish maqsadida 1992 yil 23 sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bо‘lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ochildi. 1991-2001 yillarda О‘zbekistonni dunyoning 165 ta davlati tan oldi, 120 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik munosabatlar о‘rnatildi. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning tо‘laqonli a’zosi bо‘ldi. О‘zbekiston dunyoning 46 davlatida о‘zining diplomatik va konsullik vakolatxonalarini ochdi. Mamlakatimiz poytaxti Toshkentda 44 xorijiy davlatlarning elchixonalari, 9 konsullik vakillari, 15 xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat kо‘rsata boshladi. О‘zbekiston nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqaror mamlakat, xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida, balki global va mintaqaviy xavfsizlikni, xalqaro barqarorlikni ta’minlashga bevosita daxldor davlat sifatida ham jahon hamjamiyatidan munosib о‘rin egalladi. Bu borada О‘zbekiston xalqaro "xavfsizlikning bо‘linmasligi tamoyiliga" amal qildi (Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: О‘zbekiston, 1997. B. 167,325), globallashuv davrida har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qо‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini yaxshi anglagan holda ish tutdi (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. B.111.). О‘zbekiston bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga amal qildi. О‘zi ilgari surgan ilk xalqaro tashabbuslardayoq О‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga va shu orqali global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qо‘shish yо‘lidan borishi aniq namoyon bо‘ldi. Xususan, О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish va shu orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari qatorida BMT Bosh assambleyasining minbaridan turib, (1993 yil 28 sentabr) Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tuzish g‘oyasini aytib о‘tish о‘rinlidir. Ushbu tashabbusni amalga oshirish bо‘yicha olib borilgan xalqaro muzokaralar, tinimsiz say-harakatlar natijasida 2009 yili 21 martda mintaqadagi beshta davlat tomonidan imzolangan "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tuzish tо‘g‘risida”gi shartnoma kuchga kirdi. Bu xalqaro hujjatga binoan, mintaqa davlatlari yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik va uni о‘z hududida joylashtirmaslik majburiyatini zimmalariga oldilar. Mazkur shartnomaning о‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u Markaziy Osiyodagi beshta davlatni bir-biriga bog‘lab turuvchi xavfsizlik sohasidagi eng birinchi va shu kungacha yagona fundamental shartnomadir. Mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlashga yо‘naltirilgan eng muhim tashabbuslardan biri sifatida Islom Karimovning qо‘shni Afg‘onistondagi qurolli mojaroga chek qо‘yish, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga xavf solayotgan terrorizm va aqidaparastlik, noqonuniy qurol va giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish bilan bog‘liq ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy masalalarni qamrab olgan qator amaliy takliflar majmuasini aytib о‘tish mumkin (Karimov I.A. Bunyodkorlik yо‘lidan. 4-j. -T.: О‘zbekiston. 1996. B. 30-38.). Jumladan, 1997 yili Prezident Islom Karimov Afg‘oniston bilan qо‘shni olti mamlakat, shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtrokida BMT shafeligi ostida afg‘on muammosini muzokaralar yо‘li bilan yechishga qaratilgan "6+2" muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar kо‘rildi. Toshkent, Nyu-York va Afg‘oniston hududida mazkur mamlakatda davom etayotgan qurolli tо‘qnashuvlarning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999 yilga kelib, О‘zbekistonda BMT shafeligida "6+2" muloqot guruhining Afg‘oniston muammosi yechimiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanini о‘tkazishga erishildi. Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg‘onistonda о‘zaro nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq bо‘lindi. Bu о‘zbek diplomatiyasining tarixiy yutuqlaridan biri edi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur yig‘ilishda qabul qilingan "Afg‘onistondagi ziddiyatni tinch yо‘l bilan hal etilishining asosiy tamoyillari" tо‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi BMTning muhim hujjati sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillikning ilk davridanoq davlatimiz rahbariyati Afg‘onistonda yig‘ilib qolgan muammolarga о‘z vaqtida e’tibor qaratilmasa, tegishli xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, mazkur mamlakatda yuz berayotgan qonli voqealar avj olishi, oxir-oqibatda, nafaqat qо‘shni davlatlarga, balki, xalqaro barqarorlikni ta’minlashga ham salbiy ta’sir kо‘rsatishi haqida ogohlantirib keldi. Jahon hamjamiyatini afg‘on muammosini hal etishga chorlovchi chaqiriqlar BMT Bosh assambleyasi majlisi minbaridan turib aytilgan paytlarda, "bu muammo О‘zbekiston uchun juda dolzarbdir, lekin biz uchun juda yiroqda" degan fikrda befarq о‘tirgan siyosatdonlar qattiq yanglishdilar. Terrorchi kuchlar tomonidan 2001 yil 11 sentabrda aynan BMT qarorgohi joylashgan Nyu-York shahrini larzaga solgan dahshatli terroristik tajovuz natijasida minglab kishilarning qurbon bо‘lishigina ularni uyg‘ota oldi. Ushbu voqeadan keyin Afg‘onistonda harbiy operatsiyalarni boshqarayotgan NATOning 2008 yil 2 aprelda Buxarestda о‘tkazilgan yalpi yig‘ilishida Prezident I.A.Karimov "afg‘on muammosi"ni faqat harbiy kuch ishlatish yо‘li bilan bartaraf etib bо‘lmasligi, bu zaminda tinchlik va xotirjamlikka asosan muloqot yо‘li bilan erishish mumkinligini ta’kidladi. О‘z paytida ijobiy natija bergan "6+2" muloqot guruhini "6+3" shaklida, yani mavjud voqelikni inobatga olib, ushbu guruh tarkibiga Afg‘onistondagi vaziyatga bevosiga aloqador bо‘lgan NATOni qо‘shgan holda qaytadan ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi. Eng muhimi, О‘zbekiston о‘zining taklif va g‘oyalarini amaliy ishlar bilan mustahkamlab bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg‘onistonda yо‘llar, temir yо‘llar, kо‘priklar qurilishida faol ishtirok etdi. Afg‘oniston tarixida eng birinchi zamonaviy temir yо‘l aynan О‘zbekiston tomonidan "Termiz-Hayraton-Mozori-Sharif" yо‘nalishida qurib bitkazildi va 2010 yili ishga tushirildi. Qо‘shni mamlakat poytaxti Qobul shahrini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlay boshlagan mamlakat ham aynan О‘zbekiston bо‘ldi. Hozirgi kunda ham О‘zbekiston mazkur qо‘shni mamlakat iqtisodiy infrastrukturasini rivojlantirishga katta hissa qо‘shib kelmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarda о‘zaro foydali savdo-sotiq aloqalarini ravnaq toptirish, siyosat borasida ichki ishlarga aralashmaslik, yaxshi qо‘shnichilik an’analariga sodiq qolish yо‘lidan bormoqda. Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar. Jahon tarixidan ma’lumki, globallashuv davrida mustaqil taraqqiyot yо‘liga kirgan hech bir mamlakat о‘z qobig‘iga о‘ralgan, xalqaro hamjamiyatdan ajralgan holda rivojlana olmaydi. О‘zbekiston ham bundan mustasno emas, Prezident Islom Karimov "Iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon xо‘jaligiga qо‘shilishiga bog‘liq", deb ta’kidlagan edi (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 248.). Bunga erishishning muhim shartlaridan biri sobiq mustabid tuzumdan qolgan yopiq, ma’muriy buyruqbozlik asosida ishlaydigan iqtisodiyotni ochiq, bozor munosabatlari negizida rivojlana oladigan butunlay yangicha modelga о‘tkazishdan iborat edi. Shu bois О‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari uchun mustahkam poydevor yaratish, zarur siyosiy, huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni shakllantirish yо‘lidan bordi. Bu yо‘lda uchragan mashaqqatli vaziyatlarni qat’iyat bilan yengib о‘ta boshladi. SSSR parchalanganidan keyin ilgari yagona mexanizmni hosil qilgan ishlab chiqarish tizimi ham parokandalikka yuz tutdi. Markaz esa MDH doirasidagi qator kelishuvlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini "ortiqcha yuk" deb hisoblay boshladi, о‘z muammolarini hal qilish bilan band bо‘lib, sherik davlatlardagi dolzarb masalalarga kerakli darajada e’tibor qaratmadi. Bundan tashqari, MDH davlatlari bilan savdo-sotiqda erkin valyuta bilan emas, imkon qadar barter yо‘li bilan hisob-kitob qilishga urinish avj oldi. Sobiq Ittifoq davridan qolgan markaziy bank tizimi esa, asosan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari doirasida ish yurita boshladi. Butun MDH doirasida pulning qadrsizlanishi jarayoni misli kо‘rilmagan giperinflyatsiya darajasiga kо‘tarildi, Hamdо‘stlik davlatlarining barchasida iqtisodiy beqarorlik vujudga keldi. О‘zbekiston bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘lini tanlash jarayonida rivojlangan mamlakatlarning kо‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, о‘zbek xalqining milliy tarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyatiga tayandi. Prezident Islom Karimov tomonidan xalqimizning "Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmang", degan fikriga asoslanib, "Davlat – bosh islohotchi" tamoyili asosida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yо‘naltirilgan bosqichma-bosqich usuli tanlab olindi. Milliy iqtisodiy tizim asoslari, institut va boshqaruv mexanizmlarini yaratishda, milliy valyuta, milliy bank va moliya infratuzilmasini shakllantirishda, tashqi savdo, iqtisodiy hamkorlik, chet el sarmoyalarini jalb etish sohalarida о‘ta mas’uliyatli tarixiy qadamlar tashlandi. 1992 yil 26 martda О‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat tо‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy tamoyillarni belgilab berdi, bu borada yagona davlat siyosatini olib borishda muhim omil bо‘ldi. Bu "avval iqtisod, keyin siyosat" shiori ostida ish tutib, xalqaro hamkorlar bilan ularning mafkuraviy qarashlaridan qat’i nazar, teng huquqli va о‘zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini о‘rnatishga kirishildi. Bunda umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish, xalqaro tartiblar va standartlarga izchillik bilan о‘tish kо‘zda tutildi. 1993-1994 yillar davomida bosqichma-bosqich tarzda о‘ta mas’uliyatli vazifa milliy valyutani joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirildi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 122-moddasi va "О‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari tо‘g‘risida"gi Qonunning 11-moddasi, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, О‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy tо‘lov vositasi bо‘lgan milliy valyuta "sо‘m" muomalaga kiritildi. 1994 yildan О‘zbekiston Jahon Savdo tashkilotining savdo va tariflar bо‘yicha bosh bitimi (GATT)ga qо‘shildi va uning xalqaro savdo-sotiq borasidagi qoidalarini bosqichma-bosqich tarzda amalga tadbiq qila boshladi. Shu bilan birga, О‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi о‘rnini mustahkamlash va tobora kengaytirib borish maqsadida tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini tartibga soluvchi qonunlar, normativ hujjatlarning dastlabki majmuasi yaratildi. О‘zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari tо‘g‘risida"gi (1998 yil 30 aprel), "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tо‘g‘risida"gi (1998 yil 30 aprel), "Xorijdan mablag‘ jalb qilish tо‘g‘risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat tо‘g‘risida"gi (2000 yil 26 may) va boshqa qator qonunlar shular jumlasidan. Ularda yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng kо‘lamli hamkorlik о‘rnatishi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratib berildi. Milliy istiqlolning ilk davridanoq chet el investorlari ishtirokida strategik ahamiyatga ega bо‘lgan qator ustuvor loyihalarni amalga oshirishga erishildi. Ulardan eng yiriklari qatorida AQSH va Yaponiya firmalarining "Kellog-Nisho Ivai" konsorsiumi bilan hamkorlikda Kо‘kdumaloq konida zamonaviy kondensant kompressor stansiyasi qurilishi, Fransiyaning "Teknip" va Yaponiyaning "Marubeni Djey Djisi" kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurib bitkazish, Markaziy Osiyodagi eng yirik Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini Yaponiyaning "Mitsui" firmasi kо‘magida modernizatsiya qilish, AQShning "ABB Lummus Global" firmasi bilan SHо‘rtan gaz-kimyo majmuini qurish va boshqa shu kabi yirik loyihalarni sanab о‘tish mumkin. Xalqaro hamkorlar bilan samarali sherikchilik asosida ishlab chiqarish va eksport borasida О‘zbekiston uchun mutlako yangi sohalar yaratildi. Bunga misol tariqasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Asaka shahrida qurilib, 1996 yilning 19 iyulida ishga tushirilgan avtomobil zavodini aytib о‘tish joiz. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining, mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat ishlab chiqarishining yorqin timsollaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoati mustaqil О‘zbekiston iqtisodiyotining eng yosh, ammo shiddat bilan rivojlanayotgan muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Yurtimiz dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat safiga qо‘shildi. Avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan, neft va gazni ilg‘or zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlaydigan, zamonaviy uy jihozlari va boshqa qator yangidan-yangi mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanishi natijasida mamlakatimizning dunyo bozorlaridagi о‘rni mustahkamlanib bordi. Mamlakatda 900 turdagi yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yо‘lga qо‘yildi. Dunyo bozorlari mahsulotlarida "O’zbekistonda ishlab chiqarilgan" "Made in Uzbekistan" degan belgi paydo bо‘ldi. 2000 yilda respublika eksporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bozorlariga kirib bordi. Bu davrga kelib, О‘zbekiston uzoq xorij mamlakatlarining 38 tasi bilan о‘zaro qulay savdo-iqtisodiy rejimiga ega bо‘lib, ular bilan "Sarmoyalarni о‘zaro himoya qilish tо‘g‘risida” bitimlar tuzdi. Bunday bitimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlyandiya, Koreya Rsspublikasi, AQSH, Fransiya kabi davlatlar bilan imzolandi. Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya banklari va firmalari bilan hukumatlararo 32 ta yirik kredit bitimlariga imzo chekildi. Shu asnoda mustaqillikning dastlabki yillaridan beri izchillik bilan bilan hayotga tadbiq etib kelinayotgan va xorijiy mutaxassislar tomonidan "taraqqiyotning о‘zbek modeli" deb e’tirof etilgan islohotlar strategiyasi amaliyotda о‘z ijobiy natijasini berayotgani yaqqol namoyon bо‘ldi. Bu jarayonlarga izoh berar ekan, Prezideng Islom Karimov о‘zining BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida shunday dedi: "Biz avval boshdan "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga urinishlardan, "bozor iqtisodiyoti о‘zini о‘zi tartibga soladi", degan о‘ta jо‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik, "yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, ma’muriy buyruqbozlik, mustabid tizimdan boshqaruvning bozor tizimiga о‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni tanladik" (Karimov I.A. Demokratiya: islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: О‘zbekiston, 2011-B. 19.) 2008 yil 14 iyulda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ijrochi direktorlari kengashi О‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning yuqori iqtisodiy о‘sish sur’atlari, makroiqtisodiy barqarorlikni izchil mustahkamlash va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tarkibiy о‘zgarishlarda о‘z ifodasini topayotgan natijalarini yuksak baholadi. XVJ mutaxassislari О‘zbekistonda yuritilayotgan qat’iy soliq-byudjet siyosati, puxta о‘ylangan makroiqtisodiy strategiya va izchil amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlar yuqori iqtisodiy о‘sish sur’atlari barqarorligi, savdo va tо‘lov balansining ijobiy saldosini yanada mustahkamlash, oltin-valyuta zahirasini kо‘paytirish, shuningdek, mamlakat qarzini о‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlar orasida eng past darajagacha kamaytirishni ta’minladi, degan xulosaga kelishdi. Jahon iqtisodiy inqirozi davrida О‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining yillik о‘sishi 8 foizdan kamaymadi. Bunday о‘sish sur’atini dunyoning kamdan-kam davlatlarida kuzatish mumkin. 2008-2011 yillari global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli kо‘plab rivojlangan mamlakatlarda ishlab turgan zavod va fabrikalar faoliyati tо‘xtab qolayotgan bir paytda О‘zbekistonda yangi zavodlar ishga tusha boshladi. Toshkent viloyatida "Jeneral Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda 2009-2011 yillarda qurib ishga oshirilgan General Motors Powertrain Uzbekistan avtomobillar uchun motor ishlab chiqarish korxonasi bunga misol bо‘la oladi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan О‘zbekiston yutuqlarining, qolaversa, uning global retsessiya paytida ishlab chiqilib, amalga oshirilgan "Inqirozga qarshi choralar dasturi" muvaffaqiyatining tan olingani 2010 yili Osiyo Taraqqiyot banki boshqaruvchilari yillik yig‘ilishi mamlakatimiz Toshkent shahrida о‘tkazilganida ham yorqin namoyon bо‘ldi. Hozirgi kunga kelib, О‘zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo-iqtisodiy aloqalar о‘rnatgan, tashqi savdo bо‘yicha geografik qamrovini sezilarli darajada kengaytira olgan. Respublikamiz tashqi savdo aylanmasi muttasil о‘sib bormoqda. Bu kо‘rsatkich 2011 yilda 25,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 4,1 barobar о‘sdi. Eksport hajmining 2011 yilda 2010 yilga nisbatan о‘sishi 15,4 foizni tashkil etdi. 2000-2011 yillar davomida eksportni diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida 165 milliard dollardan ortiq kapital mablag‘ о‘zlashtirilgan bо‘lib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalar. 2013 yil kapital investitsiyalar hajmi 14 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etdi. Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 yilda О‘zbekiston eksporti hajmining о‘sishi 10,9 foizdan iborat bо‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi umumiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. Sо‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan о‘sib borayotgani yaqqol kо‘zga tashlanmoqda. 2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizidan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga tо‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimizning diversifikatsiya qilinayotgani, unda modernizatsiya jarayonlari jadal kechayotganidan dalolat. 2013 yilning 1 yanvar holatiga kо‘ra, "О‘zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu kо‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bо‘yicha "о‘rtachadan ham kam" darajada baholangani buni isbotlab bermoqda". О‘zbekistonning jahon xо‘jalik tizimida munosib о‘rin egallashida mamlakatimizda tashkil etilgan tarmoqlararo kо‘rgazmalar о‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. "Paxta va ipak", "Neft va gaz mahsulotlari", "Qurilish mollari" va boshqa qator shu kabi muhim xalqaro yarmarkalar mamlakatimizning dunyo bozorlarida о‘z о‘rniga ega bо‘lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda О‘zbekistonda yana boshqa qator sohalarda xalqaro kо‘rgazmalar muntazam о‘tkazilib kelinmoqda. Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini о‘rganish va targ‘ib etish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarini izchil rivojlantirish, shu yо‘l bilan umumbashariy taraqqiyotga hissa qо‘shish borasida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli davlat siyosati О‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi о‘rnini mustahkamlashda, uning xalqaro miqesda keng tanilishida muhim omillardan biri bо‘lib xizmat qilmoqda. О‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda. Aloqalarimizning ushbu sohalardagi muhim yо‘nalishlari xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, TSESCO va boshqa tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda. 1993 yil 26 oktabrda О‘zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat bо‘yicha tuzilmasi YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a’zo bо‘lib kirdi, u bilan faol, о‘zaro manfaatli hamkorlikni yо‘lga qо‘ydi. 1996 yil 26 aprelda mazkur tashkilot Bosh direktori Federiko Mayor taklifiga binoan Prezident Islom Karimov YUNESKOning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan hamkorligi istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar О‘zbekiston va YUNESKO о‘rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bо‘ldi. 1997-2001 va 2009-2013 yillari О‘zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YUNESKOning Jahon madaniy merosi rо‘yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olindi. "Shashmaqom" va Navrо‘z bayrami insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e’lon qilindi. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur’oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi nodir qо‘lyozmalar "Jahon xotirasi" rо‘yxatiga kiritildi. YUNESKO qaroriga muvofiq, 2001 yilda Buxoro "Tinchlik shahri" deb e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan YUNESKO shafeligi ostida dunyoning eng qadimiy shaharlaridan bо‘lmish Samarqandda tashkil etilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar о‘rtasida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qо‘shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otish, mushtarak tomirlarni bir-biriga yaqinlashtirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda. Milliy madaniyatni rivojlaitirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qо‘shgan hissasi, xalqlar о‘rtasidagi dо‘stlik rishtalarini, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy rang-baranglikni qо‘llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov 1998 yilda YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006 yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan taqdirlandi. ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham alohida e’tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qо‘lga kiritish О‘zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bо‘ldi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling